Badiiy obraz musiqa asarlarida o’ziga xos tarzda,
ya’ni, ma’lum tovushlar va ohanglar sintezi
sifatida aks yettiriladi. Musiqa asarlarida shakl va
mazmun bir-birini to’ldiruvchi unsurlar
sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Musiqa musiqiy obrazlar orqali ochib beriladigan u yoki
bu mazmunga ega bo‘ladi. Bu tabiat manzaralari,
ijtimoiy hayotdagi hodisalar va vaziyatlar, insonning
ichki ma’naviy olamidir. Musiqa kishining hissiyoti,
kayfiyatini ifodalashga qodir. Shu bilan birga uning
tabiat manzaralarini tasvirlash, harakat obrazlarini
gavdalantirish, hayotning samimiy ovozlari
(qushlarning sayrashi, momaqaldiroqning guldirashi)ga
taqlid qilishga ham layoqati bor.
2. Musiqiy tovush va uning
xususiyatlari.
Tovush fizik hodisadir. O‘z
navbatida “tovush” tushunchasi
yana bir necha uzviy bog‘langan
turli hodisalar zanjirini o‘z ichiga
oladi. Tovush manbai birorta
jism (masalan, simli tor)ning
tebranish harakatlaridir. Bunday
harakatlar natijasida, havoda
to‘lqinsimon tеbranishlar, ya’ni
tovush to‘lqinlari yuzaga kеladi.
Ular esa eshitish organga ta’sir
qilib, eshitish nеrvi orqali bosh
miyaga o‘tadi va tovush
sеzgisini vujudga kеltiradi.
Musiqaning elementar nazariyasi
kursida tovush so’zi ikki xil
tushunchani bildiradi:
– fizik holatdagi
tovush;
– sezgi holatidagi
tovushdir.
Birinchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |