Barmoq tizimi nazariyasiga oid ritm, bo'g'in, turoq
Download 436.71 Kb.
|
Slayd 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Mavzu: Barmoq tizimi nazariyasiga oid ritm, bo'g'in, turoq She'r shoirning voqelikdan ta'sirlanishi natijasi bo'lib, uning qalb qo'ridan otgan, o'zgacha jilo topib shakllangan fikr va tuyg'ulardir. Sher musiqiyligini vujudga keltiradigan bir qancha unsurlar bo'lib, ularni bajaradigan vazifasiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Asosiy unsurlar: ritm, vazn, qofiya, band. 2. Yordamchi unsurlar: intonatsiya, poetik sintaksis, sheriy sanatlar. Ritm- she'r misralaridagi bir-biriga keng nutq bo'laklarining bir tekisda izchil takrorlanib kelishidan paydo bo'ladigan ohangdoshlik. She'r ritmi, odatda, vazn, bo'g'in, turoq, turkum, pauza, band, qofiya, intonatsiya, poetik figuralar, poetik fonetika, she'r sanatlari bilan uzviy bog'liq. Ritmni yuzaga keltiruvchi asosiy unsurlardan biri – vazndir. Vazn esa bo'birinchi gin, turoq, turkum, pauza, urg'u kabi unsurlardan paydo bo`ladi. Masalan, 6 5 Hayot degani shu, / qalbning tubida // 6 Qolgusi shodlik ham, / qayg'u ham qator// 6 5 Va lekin umrimni / avval-songida // 6 5 Vatansiz tasavvur / etmog`im dushvor // Bo'g'in – bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi bo'lib, she'riy nutq o'lchovida dastlabki ritmik birlikdir. Barmoq tizimida bo'g'inlar turoqlarni, turoqlar turkumlarni, turkum vaznni, vazn ritmni, ritm musiqiylikni, musiqiylik poetik g'oyani vujudga keltiradi. Sheriy unsurlarning ketma-ketligi va bog'liqligini shunday ko'rsatish mumkin: Bogin-turoq- turkum –vazn- ritm- musiqiylik- poetik- g'oya-she'r. Bo'g'in mumtoz she'riyatda hijo deb yuritiladi, unda qisqa va choziq hijolarning miqdori va tartibi muhim rol oynaydi. Bo'g'in barmoq sistemasida turoqni, aruz sistemasida rukini tashkil etadi. Turoq- bo'g'inlarning misralar bo'yicha muayyan tartibda takrorlanib kelishidir. Turoqlar aruzda rukn deb yuritiladi. Barmoq vaznida turoqlar bo'g'inlarning miqdoriga, aruz vaznida esa ruknlar hijolarning ham miqdoriga, ham sifatiga qarab farqlanadi. Hozirgi ozbek sheriyatida bir bo'g'indan tartib 8 hatto undan ortiq bo'g`indan tarkib topgan turoqlar ham uchraydi. 3 3 5 Yuksak tog' / oralab // o'kirgan sherning 6 5 Narasiga tengdir // aksi sadosi. 3 3 5 Besh yuz yil / yangradi // tog'day Vatanda, 6 5 Buyuk Alisherning // asriy nidosi. E‘TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 436.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling