Stilistik sintaktik figuralar poetik sintaksis


Download 58.3 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi58.3 Kb.
#1553625
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Poetik figuralar


Poetik figuralar
Reja:



  1. Stilistik sintaktik figuralar – poetik sintaksis

  2. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza, Parallelizm va h. vositalar

  3. Poetik fonika



Tayanch tushunchalar: Stilistik sintaktik vositalar. Intonasiya. Ritorik murojaat. Ritorik so’roq. Antiteza. Parallelizm. Takror. Anafora. Epifora. Apostrofa. Ellipsis. Inversiya. Poetik fonika: alliteratsiya, assonans, dissonans, monorim.

Haqiqiy filolog bo’lim uchun, har bir shaxs ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik ilmlarini chuqur o’zlashtirishi lozimligini, tahlilga tortilayotgan ushbu mavzu ham (nisbatlaudi) talab qiladi.


Darvoqye, stilistika predmeti deb fonetik, morfologik, sintakik va leksik birliklarni tushunsak (jumladan, fonetik stilistika nutq tovushlarining ta’sirdorlik qonuniyatlarini o’rgansa, leksik stilistika so’zni ishlatish va undan foydalanish(ekspressiv) xislatlarini o’rgatadi; grammatik stilistika esa grammatika qoidalarining qaysi birini qanday holatda qo’llashni fikrga buyoq va ohang beruvchi vosita sifatidagi fazilatlarini tekshiradi), bu birliklar nutqli turli-tuman ko’rinishlarini yuzaga chiqaradi, bu ko’rinishlar nutq stillari deb yuritiladi. Nutq stillari tilning vazifa-funksiyasi bilan bog’liqligi sababidan ular funksional stillar deb yuritiladi. Bular: 1) so’zlashuv stili; 2) rasmiy stil; 3) ilmiy stil; 4) publisistik stil; 5) badiiy stil. Ular ichida badiiy stil inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umumga taaluqligi, barchaga barobarligi, eng asosiysi obrazliligi (estetik ta’sir ko’rsatish) bilan ajralib turadi.1
Bu muammlning hamma tomonlarini tekshirishni kellajakdagi sa’yi harakatlarimizga – mustaqil izlanishlarimizga havola etamizda, hozircha badiiy stilning adabiyotshunoslikda stilistik figura (ibora) deb atalgan (stilistik sintaksis) vositalarini – poetik sintaksisni o’rganishga kirishamiz.
Bu vositalarning obrazliligi, emosional-ekspressivligi (hissiy-ta’sirchanligi) – ularning estetik ta’sirini voqye qiladi. Bu ta’sirni yuzaga chiqarish uchun so’z san’atkorlari tildagi gap bo’laklari tartibi qoidalaridan chekinadi, ayrim so’z, iboralarni qayta-qayta va turli-tuman o’rinlarda takrorlaydi, jonsiz narsaga jonliday murojat qiladi, poetik mazmun talabidan kelib chiqib, so’zlardan yangi so’z ijod qiladi va h.
1. Intonatsiya(lat. Intonate-qattiq talaffuz etish) – ohang – badiiy asar bilan birga tug’iladi. Uni ilg’ash – asardagi har bir so’z va gapning asosida yotgan mazmuni to’g’ri anglash uchun, albatta, uning ohangini sezish talab qilinadi. Uni sezishda asarda ishlatilgan turli tinish belgilari (nuqta, vergul, tire, so’roq, undov, qo’shnuqta, nuqtali vergul kabi), misralarning joylashishi, turoqlanishi, qofiyalanishi (she’riy asarlarda), muallif remarkalari (dramatik asarlarda) yordamga keladi. Ular ovozning pasaytirishi, ko’tarilishi, so’nishi, tez yoki sekinlashishini, turfa xil tembrini anglatadilar. Mazmun va ohang yuzaga chiqqanidagina-asarning emosional ta’siri beqiyos bo’ladi, g’oyasi ko’zlangan nuqtani zabt etadi.
Jumladan, eng bag’ri keng, eng samimiy shoir Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumidagi “Yengajon”ini tinglaylik:

Download 58.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling