1-Ma’ruza Mavzu: Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni. Fizik o’lchashlar xaqida asosiy va umumiy tushuncha
Download 0.74 Mb.
|
1 2
Bog'liq5-Maruza - O\'IA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O‘lchash vositalarining xatoliklarini baholash.
5-Ma’ruza Mavzu: O’lchov xatoliklari, ularning yuzaga kelishi va xatolik turlari.Reja:1. O‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi.2. O‘lchash vositalarining xatoliklarini aniqlik sinfi asosida me’yorlash.3. O‘lchash vositalarining xatoliklarini baholash.O‘lchash xatoliklari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: -Xatoliklar namoyon bo‘lishi xarakteriga ko‘ra (muntazam, tasodifiy va qo‘pol xatoliklar); -Sonli ifodalanish usuliga ko‘ra (absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar); Kirish kattaligining vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakteriga ko‘ra (statik va dinamik); -O‘lchanayotgan kattalikka bog‘liqligiga ko‘ra (additiv va mul’tiplikativ); -Atrof-muhit parametrlarining ta’siriga ko‘ra (asosiy va qo‘shimcha). -Statik xatoliklar quyidagi manbalar orqali sodir bo‘ladi: ekalogik va tavsiflash xatoliklari. Statik xatoliklar: yuqori va quyi chegaralarga bo‘linishi aniq o‘lchashni beradi. Sanash xatoligi esa paralaks, interpolyatsiyalarga olib keladi. Bu xatolik o‘zaro bog‘liqligi bo‘lmagan xolatlarda o‘lchashlar tuzilishi, chegarasida o‘tkaziladi. Bu xatoliklarni yo‘qotish yoki kamaytirish usullari qo‘llash mumkin.Amaliyotlarda aniqlik sinfi asosida me’yorlangan o‘lchash vositalaridan keng foydalanilmoqda. O‘lchash vositalarini aniqlik sinfi bo‘yicha tasniflash MOZM-34 “O‘lchash vositalarining aniqlik sinflari” tavsiyalarida va GOST 8.401-80 GSI “O‘lchash vositalarini aniqlik sinfi. Umumiy talablar”, hamda GOST 8.009-84 GSI “O‘lchash vositalarining me’yorlanadigan metrologik xarakteristikalari”da o‘rnatilgan. Aniqlik sinfi o‘lchash vositalarining umumlashgan tavsifi bo‘lib, asosiy va qo‘shimcha xatoliklarning yo‘l qo‘yiladigan chegaralari bilan aniqlanadi. 5.2 rasm Absolyut va nisbiy xatoliklar qiymatining o‘lchanayotgan kattalikka bog‘liqligi. 5.1 rasm O‘lchash vositalari xatoliklarining me’yorlanishi. Bu grafik holda 5.1, a- rasmda ko‘rsatilgan.Xatolikning bunday ko‘rinishi additiv deb nomlanadi. Bunday xatolik ko‘rsatkichli asboblarda o‘lchashlardan oldin “0” o‘rnatilmagan bo‘lsa mavjud bo‘ladi.5.1-rasmda y=f(x) o‘lchash vositasining o‘zgartirish xarakteristikasi ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda o‘lchash vositasi ko‘rsatishining kirish signaliga bog‘liqligi ifodalanadi. O‘zgartirish xarakteristika-sining ehtimolli chetlanish sohasi ushbu holda shtrixlangan (5.1, b-rasm). Bu sohaning chegaralari ideal o‘zgartirish xarakteristika-siga parallel bo‘lib, 5.1, b-rasmda punktir chiziq bilan belgilangan. 5.1, v-rasmda pribor xatoligi Δcheg = ±(a + bx) ifodalangandagi hol uchun joizlik maydonining ko‘rinishi taqdim etilgan. O‘lchash vositasining mos o‘zgartirish funktsiyasi va joizlik maydoni 5.1, g- rasmda keltirilgan. Xatolikning ikkinchi tashkil etuvchisi o‘lchanayotgan kattalikka bog‘liq bo‘lib, mul’tiplikativ xatolik deb nomlanadi. 5.2 ifodadagi “a” xatolikning additiv tashkil etuvchisini ifodalaydi, “b” – mul’tiplikativ tashkil etuvchisi. Agar “b” koeffitsient “0”ga teng bo‘lsa, 5.2 ifoda 5.1 ifodaga aylanadi. Amalda keltirilgan xatolik deb, nomlangan, ya’ni absolyut xatolikning asbobning o‘lchash chegarasiga bo‘lgan nisbatidan foydalaniladi. Xatolik qiymati o‘lchash asbobi aniqligini, demak, o‘lchash natijasini ham xarakterlaydi Keltirilgan xatolik asbobning aniqlik klassini Ka xarakterlaydi. O‘lchanayotgan kattalikka bog‘liqligi hisobga olingan holda xatoliklar additiv (absolyut) xatolik va mul’tiplikativ xatoliklarga ajratiladi. Additiv xatolik o‘lchanayotgan kattalikka bog‘liq emas, mul’tiplikativ xatolik esa o‘lchangan kattalikka proportsionaldir. Additiv xatolik “0” ning xatoligi, mul’tiplikativ xatolik esa sezgirlik xatosi deb aytiladi. Amalda o‘lchash vositasi ikkala xatolikni o‘z ichiga oladi. Atrof-muhit parametrlarining ta’siriga ko‘ra xatoliklari: asosiy xatoliklar: Harorat, bosim, namlik; qo‘shimcha xatoliklar: harorat, ta’minlash kuchlanishi, elektr tarmoq kuchlanishi va xalaqitlar, magnit maydoni kuchlanganligi, atmosfera bosimi, havoning nisbiy namligi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling