1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


MAVZU: YOD TANQISLIK XOLATI (YTX) VA TEMIR TANQISLIGI BILAN BOG‘LIQ KAMQONLIK VA ULARNI DAVOLASHDA O‘Z-O‘ZIGA YORDAM BERISH TAMOYILLARI


Download 319.52 Kb.
bet70/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

7-MA’RUZA


MAVZU: YOD TANQISLIK XOLATI (YTX) VA TEMIR TANQISLIGI BILAN BOG‘LIQ KAMQONLIK VA ULARNI DAVOLASHDA O‘Z-O‘ZIGA YORDAM BERISH TAMOYILLARI.


Reja:

          1. Yod tanqislik holatlarining tarqalganligi, uning oldini olish va davolashda retseptsiz ishlatiladigan dori vositalari.

          2. Kamqonlikning respublikamizda tarqalish sabablari, turlari, belgilari.

          3. Temir tanqislik kamqonligini davolashda retseptsiz ishlatiladigan dori vositalari to‘g‘risida tushuncha.

Yod tanqisligi holati (YTX) er yuzidagi axolilar o‘rtasida keng tarqalgan. VOZni bergan ma’lumotiga qaraganda dunyo axolisining 200mln-da «endemik bo‘qoq» kasalligi xolatida, 3mln-ga yakinida «kretinizm» xolatida qayd etiladi. Bolalar o‘rtasida 15%ga yaqinida aqliy qoloqlik, etishmovchilik kabi xolatlar mavjud…!


YTX-ti 1983 yildan boshlab «endemik bo‘qoq» deb kelinmoqda. Bu xolat bizning respublikamizda xam juda keng tarqalgan. Masalan: SSV qoshidagi endokrinologiya ITI-tini bergan ma’lumotiga qaraganda YTX-Toshkentda 50%-ga yaqin, Termizda-82%, Samarqandda-60%, Andijonda-60%-dan ortiq xolatlarda qayd etiladi. Bularning xammasi endemiyani og‘ir darajasidan xabar bermoqda…!
Jaxon bo‘yicha xozirgi kunda 43mln odam aqlan va jismonan zaiflik va 11mln. odam kretinizmdan zarar ko‘rmoqda, 760 mln odamda esa bo‘qoq bor…!
Sizlarga ma’lumki, YTK insonning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi, va barcha yoshdagi odamlarda bo‘qoqni vujudga keltiradi.
Endemik kretinizm ko‘pincha aqliy qoloqlik, kar-soqovlik, spastik displegiya (xarakatni buzilishi) bilan xarakterlanadi. YTK-ayollarda ko‘pincha bola tashlashlar sonini orttiradi, o‘lik tug‘ilishlar, perinatal o‘lim xolati va yangi chaqaloqlarning o‘limi sonini ko‘paytiradi.
YTK-bolalar va o‘smirlarda jismoniy, aqliy va jinsiy rivojlanishini susaytiradi. Bu kasallikda qalqonsimon bez gormonlarining darajasi kamayadi, chunki tireoid gormonlarining tarkibiga yod atomlari kiradi…!
Kattalarda miksedema kuchayadi, yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan tashqari xom semizlik, ishga layoqatlik xisini susayishi, jismoniy mexnat darajasini kamayib ketishi yuzaga chiqadi…! CHunki YTK-da organizmda almashinib bo‘lmaydigan, o‘rnini bosaolmaydigan tireoid gormonini kamayishi yosh bolalarda va kattalarda miyaning rivojlanishini susaytiradi. Yod MNS-sining barcha etaplarida uni normal formaga tushishida va normal funksiyasini yuzaga chiqishida qatnashadi.
YTX-ti qayd etilgan zonalardagi bolalarning 2/3 qismida u yoki bu darajadagi etishmovchiliklar, ayniqsa aqliy va intellektual qoloqliklar qayd etiladi. Bunga shu regionda qayd etiladigan quyidagi holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

  1. Asfiksiya yoki

  2. travma bilan tug‘ilishi;

  3. Neyronlarga bog‘liq infeksiyalar;

  4. Etarli darajada ovqatlanmaslik;

  5. Go‘daklarda qayd etiladigan giperbilirubinemiya;

  6. Yod, sink va temir etishmovchiligi;

  7. Sotsial dipravatsiya holati…!

YODNI NORMADA ORGANIZMGA TUSHMASLIGI





Nisbiy gipotiroksinemiya rivojlanadi




Etarli darajada etilmagan miyani yuzaga kelishi




Nerv xujayralarining normal etilishi va migratsiyasi buziladi




¡sish faktorini va nervni normal sintezi buziladi.




Nerv tolalarini mielinizatsiyasi buziladi.




Sinoptogenez o‘simtalarining buziladi




Neyropeptid va neyromediatorlar buziladi




Miyaning yuqori darajadagi ruxiy jarayoni buziladi,
Dezontogenez yuzaga chiqadi.



Nima qilmoq kerak? Bularni oldini olish va ularni davolashni optimal variantlaridan foydalanish kerak bo‘ladi…!
7 sentyabr 2006 yilda Uz. Respublikasi Oliy majlisini Qonunchilik palatasini navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bunda «Yod etishmovchiligi kasalliklarining oldini olish to‘grisida»gi qonun loyixasi muxokama qilindi va deputatlar qonun loyixasini asosiy qoidalarini ma’qullab, uni birinchi o‘qishdayoq qabul qildilar (Halq so‘zi, 8.09.06 y №177 (4076)
SHu qonun va UzR Vazirlar maxkamasining 2005 yil 26.09. dagi «¡zbekistonda 2005 2009 yillarda YTX va YTK-ni oldini olish va ularni kamaytirish bo‘yicha Davlat dasturi» asosida YTX va YTK-ni oldini olish va davolash rejalari ishlab chiqildi va ular turmushga tadbiq etilmoqda. Bu boradagi eng samarali va arzon usul bu tuzni yodlashtirish dedik. CHunki axolimiz xar kuni 10-15gr yodlangan osh tuzini iste’mol qiladi.

Demak, bu yo‘l bilan xar kuni, bir miqdorda, doimiy ravishda butun axoli ichida oddiy va engil usul bilan YTX-ni oldini olish tadbirlarini kam xarakat va xarajatsiz o‘tkaziladi.


Ammo bizda tuz zahiralaridan axoli yodlanmagan osh tuzini o‘z kuchi va ishbilarmonlar yordamida induvidual xolatda oladilar va tarqatadilar (mashinalarda…). Bu tuzlarni sifati talab darajasida emas.
Ishbilarmonlar yodlashtirishda polietilen qopchalarida «yodlangan osh tuzi» yozilgan maxsulot deb sotsalarda, unda normal yod miqdori yo‘q…!
Tuzni yodlashtirishda JSST tavsiyasi mavjud. Ammo bizda:

  1. Tuzdagi yodni yo‘qolishi ishlab chiqarilgan eridan to iste’molchiga etib borguncha 20%-ni tashkil etadi.

  2. 20%-i ovqat tayyorlanayotganda yo‘qoladi.

Normada 20-40mg/t yoki 34-66mg/t kaliy yodid konsentratsiyasi zarur bo‘ladi. Peshob bilan ajralishi esa 100-150mkg/l.ni tashkil etadi.
¡rtoqlar! Bo‘qoq kasalligi tarqalishi juda yuqori. Masalan, bu kasallikga tarqalishi keyingi 10 yilda 36%ga ko‘paydi. Umuman bu xolat 30%ga oshsa «og‘ir xolat» deyladi. Masalan: 30 yillarda ya’ni qatag‘on yillarida shunday «og‘ir xolat» qayd etilgan. Xususan, ¡zbekistonda yod etishmovchiligi 10 yil oldin 20%-ni tashkil qilgan bo‘lsa, xozirda 60%-ga ko‘paygan.
Bo‘qoqga chalinish Respublikamiz poytaxtida 52%-ga ko‘tarilgan. Bolalar o‘rtasida bu xastalik 60%dan ko‘proqni tashkil etadi. Bu esa 2 barobar «og‘ir xolat» demakdir.
Yod etishmovchiligini asoratlari:



  1. aqliy zaiflik;

  2. bo‘qoq;

  3. asab tizimini buzilishi;

  4. jismoniy zaiflik;

  5. reprduktiv faoliyatni buzilishi;

  6. kar-soqovlik;

  7. pakanalik (10-12sm);

  8. Jinsiy moyilning susayishi;

  9. CHaqaloqni chala va o‘lik tug‘ilishi;

  10. Mushak, yurak, buyrak, jigar va miyaning emirilishi.

SHuningdek keyingi 10-12 yilda (40-50 yillar) axolini o‘rtacha yoshi 5-6 yoshga kamaydi.


Sabablar: ekologik muxitni yomonlashishi;
aholini tibbiy savodsizligi;
oziq-ovqatlarda yod tanqisligi va b.
Tekshirishlar xozir ¡zbekistonda «og‘ir yod etishmovchiligi» mavjudligini ko‘rsatdi (50-60%).
YUqoridagilarni inobatga olib 2000 yilda BMT «Bolalar jamg‘armasi» tomonidan Respublikaga 5ta osh tuzini yodlash qurilmasi, 15 tonna kaliy yodati va 5ta osh tuzida va peshobda yod miqdorini aniqlovchi laboratoriyalar keltirildi.
Kuzatuvlar axolini faqat 17%-gina yodlangan osh tuzini iste’mol qilishini ko‘rsatdi.
Vazifalar: 1) vodoprovod, quduq suvlari, mineral sularni, non, sut va sut maxsulotlarini, yog‘ va yog‘ maxsulotlarini, osh tuzini yodlash lozim.

  1. Yod ushlovchi tabletkalar, saqichlar, choylarni ishlab chiqarish lozim.

  2. Bir kunda sog‘lom odam 150mkg miqdordagi yodni iste’mol qilishi kerak.


Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling