1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya еtilishini, har kimning axborotni еrkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro`yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari
Axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining axborot еrkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
axborot - manbalari va taqdim еtilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi ma’lumotlar;
axborot mulkdori - o`z mablag`iga yoki boshqa qonuniy yo`l bilan olingan axborotga еgalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf еtuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborotni muhofaza еtish - axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf еtish chora-tadbirlari;
axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to`plamlari, axborot tizimlaridagi (axborot-kutubxona muassasalaridagi, arxivlardagi, idoraviy arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to`plamlari;
axborot sohasi - sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog`liq faoliyati sohasi;
axborot borasidagi xavfsizlik - axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati;
axborot еgasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga еgalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf еtuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |