1– ma’ruza. Mavzu: Kirish. Faning tarixiy rivojlanishi. Hozirgi zamon olimlarining fan taraqqiyotidagi roli. Metallarning ichki tuzilishi. Kristall panjaraning turlari va undagi nuqsonlar. Reja


Fanning rivojida olimlarlarning hissalari


Download 234.48 Kb.
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi234.48 Kb.
#1305413
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza

Fanning rivojida olimlarlarning hissalari
Metallshunoslik faning yaratilishi va taraqqiy etishida rus olimlarining qo’shgan hissalari g’oyat katta bo’ldi. Masalan, ulug’ rus olimi M.V.Lomonosov (1711 – 1765) metallarga xos bo’lgan yaltiroqlik va plastiklik xossalarini birinchi bo’lib tasvirlab berdi va talabdagi zarur xossali qotishlmalar hosil qilish yo’llarini topdi. D.I.Mendeleev (1834 – 1907) o’z asarlarida metallardan qotishmalar hosil qilish masalalarini o’rtaga tashladi. P.P.Anosov (1797 – 1815) metallar strukturasini o’rganish uchun 1831 yilda mikroskopdan birinchi bo’lib foydalandi va uni amalda tadbiq etdi. U uglerodi kam bo’lgan gaz muxitida uglerodga to’yintirish yoki tsementitlash metodini kashf etdi.Olimning yuqori sifatli po’latlar hosil qilishdagi buyuk xizmatlari katta va muhim axamiyatga ega bo’ldi.P.P. Anosovdan keyin uning ishlarini iste’dodli shogirdlari: D.K. Chernov,A.R. Lavrov,N.V. Kalakutskiy va boshqalar muvaffaqiyatli davom ettirdilar. Bulardan D.K. Chernov ( 1838-1921) metalshunoslikning ilmiy asoslarini yaratdi va uni takomillashtirdi. U po’latning xossalari faqat uning kimyoviy tarkibigagina emas, balki ularning tuzilishiga ham bog’liqligini amalda isbotladi.D.K. Chernov kritik vaziyatning po’lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog’liqligini aniqladi va temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasini tuzish asosini yaratib berdi. Ayniqsa, uning quymalarning tuzilishi va kristallanish jarayoniga bag’ishlangan bir qator asarlari katta va muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular hozirda ham o’z kuchini yo’qotmagan.
Rus olimi A.A. Bochvar (1870-1947) ishqalanishga chidamli (antifriksion) yangi qotishmalar tayyorlab, ularga nisbatan qo’yiladigan zarur va asosiy talablarni belgilab berdi.
Tegishli xom ashyoni ma’lum bir texnologik jarayonlar orqali qayta ishlash usullari bilan metallar, qotishmalar hamda metalmas materiallar ishlab chiqarish konstruktsion materiallar texnologiyasi deb ataladi.
Metalshunoslik haqida qisqacha ma’lumot.
Metallshunoslik asosan, metall va qotishmalarning tarkibiy qismlari, tuzilishlari va xossalarini umumiy holda bog’lab tashqi ta’sirlar (issiqlik,mexanik yoki ximik) natijasida o’zlarining xossalarini o’zgartirish qonuniyatlarini o’rgatuvchi fandir.
Metallshunoslik mustaqil fan sifatida Rossiyaga XIX asrda «metallografiya» nomi bilan kirib kelgan. Bu sohaning fan sifatida Rossiyaga vjudga kelishi birinchi navbatda Rossiyada sanoat tarmoqlarining, ayniqsa, metallurgiya va mashinasozlik sanoatining rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, turli moddalar (jismlar)ning kristallarini o’rganish aslida XVII – XVIII asrlarda boshlangan. M.V.Lomonosov 1763 yilda o’zining «Er qatlamlari haqida trakt» asarida olmos kristallari uchun burchaklar doimiylik qonuniyatlarini kashf etib, ular o’zaro bir xil burchak ostida joylashadi» deb yozgan edi. Bu kashfiyoti bilan M.V.Lomonosov har xil jismlar kristallarining to’g’ri geometrik formalarini, ulardagi atomlarning fazoda ma’lum bir tartibda joylashganliklarini isbotlab bergandi. SHu bilan birga, bir turdagi jism atomlari o’zaro bir xilda joylashgan bo’lib, ular orasidagi burchaklar ham bir xildir, degan xulosaga keladi. Mazkur masala bo’yicha olim o’z zamondshlaridan ancha ilgarilab ketdi va fan sohasida buyuk burilish yasadi.
Metalshunoslik P.P.Anosov (1797 – 1851) va D.K.Chernov (1838 – 1921) nomlari bilan ham chambarchas bog’liq. P.P. Anosov metallarning strukturasini o’rganishda mikroskopik analiz qilishni birinchi bo’lib tatbiq qildi. P.P. Anosov yuqori sifatli po’latlar olishning printsiplarini ilmiy asosda ishlab chiqdi. D.K.Chernov ham bu sohada jahonda mashhur bo’lgan bir qator yangiliklarni joriy etdiki, bular 1868 yilda kashf etilgan po’latlardagi kritik nuqtalarni izlash, 1878 yilda aniqlangan quyma po’latlardagi krisstallik strukturalaridir. Bu bilan D.K.Chernov metallar va qotishmalar sohasida hozirgi zamon fanining asosini yaratdi.
Bulardan tashqari, metalshunoslik fanining keyingi taraqqiyoti N.S. Kurnakov, A.A. Baykov, S.S. Shteynberg, N.P. Chijevskiylarning kashfiyotlari bilan ham uzviy bog’langandir.Masalan,N.S. Kurnakov (1860-1941)ning qotishmalarni fizik va ximik analiz qilish metodlarini ishlab chiqqanligi,A.A. Baykov (1870-1946)ning bir qator metallurgik jarayonlarning fizik-ximik mohiyatlarini ochishi, S.S.Shteynberg (1872-1940)ning qotishmalarning turli temperaturada austenitga aylanish hodisasini umumlashtirishi, N.P.Chijevskiy (1873-1952) ning birinchi bo’lib azotning po’latlar xossalariga ta’sirini o’rganishi hamda mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining, ilmiy-tekshirish tashkilotlarining metall to’g’risidagi fanni rivojlantirish uchun qo’shgan ilmiy hissalari shular jumlasidandir.



Download 234.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling