1– ma’ruza. Mavzu: Kirish. Faning tarixiy rivojlanishi. Hozirgi zamon olimlarining fan taraqqiyotidagi roli. Metallarning ichki tuzilishi. Kristall panjaraning turlari va undagi nuqsonlar. Reja
- rasm. Kristall panjara tuzilishlari
Download 234.48 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm - 3. Kristallning o’sish tezligi va markazlar sonining o’ta sovish darajasiga qarab o’zgarish sxemasi.
1 - rasm. Kristall panjara tuzilishlari.
Ma’lumki har qanday modda sharoitga qarab gaz, suyuq va qattiq holatda bo’lishi mumkin. Sof materiallarning bu agregat holatlarning o’zgarishi (o’zgarmas bosimda) muayyan temperaturada boradi. Materiallning atomlari tartibsiz harakatda bo’lgan suyuq holatdan atomlar batartib joylashgan qattiq holatga o’tish jarayoni birlamchi krisstallanish deyiladi. Har qanday modda sharoit o’zgarganda kichik erkin energiyali, barqaror holatga o’tishiga intilishi sababli bu jarayonda yo issiqlik ajraladi yoki yutiladi. Rasm-2. Kritik temperaturaning o’zgarishi. Grafikda ko’rsatilganidek Tkr dan yuqori temperaturada suyuq holatdagi moddaning erkin energiyasi qiymati (Fc), kattik moddaning erkin energiyasi qiymati (Fk) dan kichik va aksincha (Fc Metall suyuqligida uni temperaturasi pasaygan sari atomlar harakati sekinlashib boradi va ma’lum bir temperaturadan boshlab kristallanish markazlari bo’lgan atomlar gruppasi vujudga keladi. Bu tug’ma kristallanish markazi deyiladi. O’sayotgan kristallar bilan atomlar to’qnashishi natijasida kristallar o’sish yo’lini o’zgartiradi. Shunday qilib kristallanish to’la tugaganda turli shaklli, o’lchamli va turli tomonga yo’nalgan donalar hosil bo’ladi. Donalar o’lchami kristallarning o’sish tezligiga va kristallanish markazlari soniga bog’liq bo’ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling