1– ma’ruza. Mavzu: Kirish. Faning tarixiy rivojlanishi. Hozirgi zamon olimlarining fan taraqqiyotidagi roli. Metallarning ichki tuzilishi. Kristall panjaraning turlari va undagi nuqsonlar. Reja
Download 234.48 Kb.
|
1-ma\'ruza
Metallarning ichki tuzilishi.
Rengen nurlari ta’sirida qattiq jismlarning ichki tuzilishi o’rganilganda, ularning atomlari fazoda tartibli va tartibsiz joylashganligi aniqlangan. Atomlari fazoda tartili joylashgan jismlar kristall jismlar deyiladi. Atomlari fazoda tartibsiz joylashgan jismlar esa amorf (shaklsiz) jismlar deyiladi. Amorf jismlarning xossalari ulardagi atomlarning tartibsiz joylashganidan kelib chiqadi. Ularning fizikaviy va ximiyaviy xossalari har xil yo’nalishda bir xil bo’ladi. Bu izotropiya (bir xil xarakterli) deb ataladi. Kristall jismlarniki esa har xil yo’nalishda turlicha bo’ladi. Bu xodisa anizotropiya deyiladi (anizo-tengmas, tropiya-xossa). Masalan misni asta sekin sovitish yo’li bilan olingan monokristallning (bitta kristall) turli kristallografik tekisliklar yo’nalishda kesib olingan namunasi sinab ko’rilganda uning cho’zilishdagi mustahkamligi 14.6 kg/mm dan 35 kg/mm gacha, nisbiy uzayishi esa 10 % dan 55 % gacha o’zgarishi aniqlangan. Kristall panjaraning o’zi nima: Agar metall atomlarini sharchalar deb faraz qilsak, bu sharchalardan bir guruhi faraziy tekislikda shunday joylashgan bo’ladiki, sharchaning markazlari orqali o’tkazilgan to’g’ri chiziqlarning yo’llari bir biriga teng panjara hosil qiladi. Atomlari to’g’ri joylashgan faraziy tekislik kristallografik tekislik yoki atomlar tekisligi deyiladi. Bir biriga paralel joylashgan bir qancha kristallografik tekisliklardan fazoviy panjara hosil bo’ladi. Ana shu fazoviy panjara kristall panjaradir. Metall kristall panjaralarning tugunlarida shu metall atomlarining musbat zaryadli ionlari turadi. Kristall panjaraning eng kichik qismi ya’ni bo’lagi uning elementar katakchasi deyiladi. Elementar katakchadagi qo’shni ikki atom markazlari oralig’i krisstall panjaraning davri yoki parametri deb ataladi. a-oraliq ma’nosida, (A) Angestrom yoxud kiloiks (kX) hisobida o’lchanadi. XIX asrda Fyodorov krisstall panjaralar haqida kashfiyotlar o’tqazgan bo’lsa, rentgen nurlari buni isbotlaydi. Krisstall panjaralar asosan quyidagi ko’rinishda ko’p uchraydi: a) Hajmi markazlashgan kub panjara.(1-rasm a) Fe , Sr, V, W, Mo; b) Yoqlari markazlashgan kub panjara (b). Fe, Al, Cu, Ni, Co, Pv. v) Geksogonal panjara (v): 12 ta uchida, 2 ta asosida va 3 ta o’rta qismida atomlari birikkan. a) b) v) Download 234.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling