1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Faninig predmeti, ob`ekti maqsadi va vazifasi. Rеja: 1.Kirish. Faninig maqsadi va vazifasi. 2.Tоlalarning sinflanishi. 3.To’qimachilik tоlalarining kimyoviy tuzilishi va хоssalari. Fanni o’qilishidan maqsad–to’qimachilik materiallarini pardozlash korhonalarida qo’llaniladigan asosiy va yordamchi kimyoviy moddalar turlari, tuzilishi, ishlatilish ko’lami va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalishga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir. Fanining vazifasi – talabalarga to’qimachilik materiallarining turlari, tarkibi, xossalari va turli kimyoviy moddalarga bo’lgan munosabati; To’qimachilik materiallarini bo’yashga va gul bosishga tayyorlash jarayonlari; To’qimachilik materiallarini turli sinf bo’yovchi moddalari bilan bo’yash va gul bosish texnologiyalari; Tayyor mahsulotlarga yakunlovchi pardoz berish mohiyati va texnologiyalari bo’yicha bilim va ko’nikmalar berishdan iborat. - Fanni o’qilishidan maqsad–to’qimachilik materiallarini pardozlash korhonalarida qo’llaniladigan asosiy va yordamchi kimyoviy moddalar turlari, tuzilishi, ishlatilish ko’lami va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalishga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir. Fanining vazifasi – talabalarga to’qimachilik materiallarining turlari, tarkibi, xossalari va turli kimyoviy moddalarga bo’lgan munosabati; To’qimachilik materiallarini bo’yashga va gul bosishga tayyorlash jarayonlari; To’qimachilik materiallarini turli sinf bo’yovchi moddalari bilan bo’yash va gul bosish texnologiyalari; Tayyor mahsulotlarga yakunlovchi pardoz berish mohiyati va texnologiyalari bo’yicha bilim va ko’nikmalar berishdan iborat.
- «Yengil sanoatda kimyoviy texnologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- –tabiiy va kimyoviy tolalar, ularning sinflanishi, tarkibi va tuzilishi; to’qimachilik materiallarini bo’yashga va gul bosishga tayyorlash; to’qimachilik materiallarini bo’yash va ularga gul bosish va yakunlovchi pardoz berish; kimyoviy pardozlsh jihozlarining umumiy tuzilishi va ishlash prinsiplari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- –to’qimachilik tolalarini taxlil qilish usullarini, turli toqimachilik materiallarini bo’yashga va gul bosishga tayyorlash jarayonlari uchun vanna tarkibini tanlashni, to’qimachilik materiallarini bo’yash, gul bosish, yakunlovchi pardoz berish jarayonlarini bajarish uchun lozim bo’lgan texnologik hisoblashlarni; har bir texnologik jarayon uchun tanlangan jihozning samarali ishlashini taminlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- –to’qimachilik tolalarini bir-biridan ajrata olish, aralash tolali mato tarkibini aniqlay olish; to’qimachilik materiallarini turli sinf bo’yovchi moddalari bilan turli usullarda boyash va gul bosish; to’qimachilik materiallariga turli maqsadda yakunlovchi pardoz berish; har bir kimyoviy pardoz turi uchun samarali texnologik jihoz tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |