1 Ma'ruza Mavzu: Kirish. Ilm-fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining umumiy tavsifi. Reja
Download 430.74 Kb. Pdf ko'rish
|
мавзу 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Fan-texnika taraqqiyoti
- Zamonaviy fan – texnika taraqqiyoti va uning mazmun - mohiyati.
- Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining zarurligi.
- Nazorat savollari.
1 - Ma'ruza Mavzu: Kirish.
umumiy tavsifi. REJA: 1. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida malakali kadrlar o‘rni; 2.
Ilm-fan texinika va texnologiyalar taraqqiyotining umumiy tavsifi; 3.
Jamiyatning rivojlanishida konchilik sanoatining ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar: TDTU, NDKI, talaba, professional kadr, zamonaviy mutaxassis, korxona, fan-texnika, taraqqiyot, texnika texnologiya, ishlab chiqarish, loyihalash, amaliyot, integrasiya, eksport, konchilik sanoati, kompyuter texnologilari. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida malakali kadrlar o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda malakali kadrlarni tayyorlash uchun yetarli ishlar qilinib kelinmoqda, jumladan konchilik sonoatida ham malakali kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muasssasalari hamda kasb xunar kollejlari yetarli. Professional konchi elektromeniklar tayyorlaydigan Toshkent davlat texnika universiteti hamda Navoiy davlat konchilik institutlari faoliyat yuritib kelmoqda. Bu oliygohlarni yiliga yuzlab kadrlar bitirib o‘z olgan bilimlarini konchilik korxonalarida tadbiq etib kelmoqdalar. Bu oliygohlarda jumladan bizning NDKI, Konchilik fakultetida “Konchilik elektr mexanikasi”, “Texnologik mashina va jixozlar” yo‘nalishi bakalavrlari va “Kon mashinalari va jihozlari” mutaxassisligi magistrlari tayyorlanib konchilik korxonalarida, loyihalash, montaj qilish, sozlash tashkilotlarida va ilmiy tekshirish muassasalarida o‘z faoliyatlarini ko‘rsatib kelmoqdalar. Hozirgi zamon talablariga ko‘ra zamonaviy mutaxassis yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak, alo bilimli, keng eruditsiya va madaniyatli, vatanparvar va ziyoli bo‘lishi lozim. O‘zining bilimlarini doimo oshirib borishi, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llab bilishi kerak. Zamonaviy mutaxassislik quyidagilarni bilishi va amalga oshira olishi kerak: - kon korxonalarida qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarni elektr, elektron mikroproprotsessor texnikasi vositasida ishlaydigan elektr taminoti va avtomatlashtirish tizimlarini, ishlab chiqarishda va ularni ishlatishga tadbiq qilishda loyihalash - konstruktorlik va hisoblash ishlarini bajarishni, ularni o‘rnatish, yig‘ish, mantaj qilish, sozlash, ulardan samarali foydalanishni taminlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni, o‘rsatilgan texnik vositalarni va tizimlarni ishlab chiqarish uchun texnik o‘artlar va topshiriqlar tuzishni; - sohaning ishchi mashinalarini va texnologik jarayonlarini boshqarish obyekti siftida tahlil qilinishi; ishlab chiqarish operatsiyalarini modellashtirish va bajarilayotgan ishning sifatini nazorat qilinishni amalga oshirishni; ishdagi vujudga kelgan nosozliklarning sababini o‘rganish va aniqlashni hamda bularni oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarga qatnashish; yangi ilg‘or texnologik jarayonlarni va mexnatni tashkil qilish uslublarini keng qullashda ko‘maklashish. - loyihalash va texnik echimlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini hisoblashni; ihtisoslik bo‘yicha tekshirishlar va ilmiy tadqiqotlar o‘tqazishni; olingan natijalarni taxlil qilishni va qayta ishlashni. - zamonaviy ahborot tehnologiyalar vositalaridan foydalanishni. - mustaqil qaror qabul qilishni; tehnilaviy hujjatlarni ishlab chiqishni va yurgizishni; - ishchilarni malakasini oshirishni tashkillashtirishni; ijodkorlik harakatini rivojlantirishga ko‘maklashishni;
- ishlab chiqarish jarohatlanishlarini va kasbiy kasalliklarini oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni; - ilmiy - texnikaviy axbortlarni qidirishning ratsional va ilg‘or usullariga ega bo‘lish.
taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o’rtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bog’liq holda sodir bo’ldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika ta’siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy ta’sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo’nalishi sifatida yuksala borgan. 16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o’zgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uyg’onish davri g’oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot bo’ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qo’llanilishi ba’zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak g’ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish ta’limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog’liq bo’lib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda i.t. faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da’vat etuvchi fanning maxsus bo’g’inlari paydo bo’ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bog’liq. Uning ta’sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan-texnika taraqqiyotit., shuningdek, ijtimoiy fanlar yo’nalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta’sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo’ladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O’z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qo’yadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, tibbiyot, ta’lim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir. Zamonaviy fan – texnika taraqqiyoti va uning mazmun - mohiyati. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalar tashkil bo’la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo’nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo’nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Jumladan, Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi
fanlar rivojida uyg’onish davrlari, ya’ni Sharq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo’lsa, bugungi kunda ham ma’lum va mashhurligini yo’qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo’nalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik, kimyo, o’simlik moddali va yuqori molekulalar birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va medisina, biokimyo, biofizika va geologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko’pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo’lamiz. Fanlarning o’zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo’la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi va bular o’z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo’jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o’z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo’yilgan talablardan biridir. Ta’lim mazmunida “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining zarurligi. Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo’lishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur. Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng
ko’lamda qo’llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fizika,
matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan
yutuqlarini mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko’maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda. Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi. Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir. Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish; shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish; uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish; uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish, “Fan ta’lim
amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish; uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k. Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy hususiyatga ega: Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi FTI ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo’lishi mumkin. Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi. Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi. To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo’ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun “sovuq urush” davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi. Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko’p qirrali bo’lib, yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o’zaro juda bog’lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism:
2.Texnika va texnologiya.
3. Boshqaruv.
4. Ishlab chiqarish. Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi. FTI davrida fan bilimlarning juda murakkab majmuaga aylandi. Shu bilan birga ilm-fan inson faliyatining juda keng sohasiga aylandi.; jahondagi ilmiy hodimlar soni 5,5 mln. ga yaqin, ya’ni yer yuzida yashagan barcha ilmiy hodimlarning 9G’10 qismi bizning davrimizda yashamoqda. Fanning ishlab chiqarish bilan aloqalari juda o’sdi, ishlab chiqarish tobora ko’proq fantalab bo’lib bormoqda. Lekin bunda rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar orasidagi farqlar juda katta. Butun jahonda bajariladigan ilmiy ishlarning 4G’5 qismi 10 ta rivojlangan mamlakatga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlarda IYAMning 2-3 %i fanga sarflanadi. Hamma rivojlanayotgan mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 4-5%i to’g’ri keladi. Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li. Texnika va texnologiya ilm va kashfiyotni o’zida mujassamlashtiradi. Yangi texnika va texnologiyadan foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini oshirishdir. Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, Yaponiya va Koreya Respublikasida 38 % ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil etadi (2005 y.). Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod qilish bilan birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora kuchayib bormoqda. Masalan: Buyuk Britaniya va Italiyada po’latni 2G’3 qismi temir-tersakdan olinadi. Buyuk Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1G’2 qismi makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada alyuminiyning katta qismi ikkilamchi alyuminiydan olinadi. FTI sharoitida texnika va texnologiyaning rivojlanishi 2 yo’ldan iborat: 1.Evolyutsion (mukammallashish) tarqqiyot yo’li. Bunda mavjud texnika va texnologiya tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati ko’payib boradi. Masalan: Dunyodagi eng yirik energiya bloklari va domna pechlari Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi. 50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- yillarga kelib yuk ko’tarish qobiliyati 100,200,300 ming t. 70 yillarga kelib 500,550 ming t. Bo’lgan ulkan tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va Fransiyada qurildi. Hozirgi zamondagi jamiyat hayotini uy-ro’zg’orda ishlatiladigan elektron asboblarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Tranzistor, radiopriyomniklar, televizor, magnitafon, personal EHM, elektron soatlar, elektron o’yinlar tobora keng tarqalmoqda. FTI davridagi texnika va texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy yo’l. Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 ta asosiy yo’nalishda rivojlandi. 1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron hisoblash texnikasi bilan to’ldirish. Elektronlashtirish tufayli ko’p ishlab chiqarish jarayonlari butunlay o’zgaradi. Elektronlashtirish ta’lim sog’liqni saqlash maishiy, uy-ro’zg’or ishlariga tobora ko’proq singib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron jihozlar ishlab chiqarish sanoatning ilm-fanga talabi kuchli bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi. 2.Kompleks avtomatlashtirish. 50 yillarda EHM paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirish boshlandi. 70 yillarda mikro EHM va mikropressiya paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirishni yangi bosqichi boshlandi. Chex yozuvchisi K.Chapek 20 yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan. Hlzirgi vaqtda robot yasash ishlab chiqarishning ilm-fanni talab qiladigan eng yangi tarmoqlardan biri bo’lib qolmoqda. Horijiy dunyoda sanoat robotlari eng ko’p bo’lgan mamlakatlar Yaponiya va Germaniya, Italiya va Fransiyadir. 3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod qilishga yoqilg’i energetika balansi tarkibini mukammallashtirishga energiyaning yangi manbaalaridan tobora ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi. 4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina metallar ishlatiladigan bo’ldi. 5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi. Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham Yaponiya, va Fransiyada rivojlanmoqda. 6.Kosmosning o’zlashtirilishi. Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi mumkin emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob tariqasida boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga axborot haqidagi fan ham hisoblanadi. Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga, ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa mutaxassislar vujudga keladi. Konchilik sanoati xalq xo‘jaligining barcha sohalarini xom ashyo va yoqilg‘i bilan taminlaydi. Konchilik sanoati xom ashyo, yoqilg‘i, qurulish materiallarini etkazib berishi bilan davlatning xalq xo‘jaligini rivojlanishini, texnikaviy yuksalishini va iqtsodiy mustaqilligini taminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Xalq xo‘jaligi moddiy ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarmaydigan sohalarni o‘z ichiga oladi. Xalq xo‘jaligining etakchi va yirik sohasi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati hisoblanadi. Ushbu sanoatning etakchiligi barcha moddiy ishlab chiqarish sohalari iqtisodiyotini rivojlantirishdagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Shu bilan birga texnikaviy yuksalishning asosi hisoblanadi va barcha sohalar uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi. Shu sababli Respublikamizda konchilik sanoatini har tomonlama rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Malumki Respublikamizning barcha viloyatlarida foydali qazilmalarning u yoki bu turlari yani qattiq, suyuq, gazlar mavjuddir. Respublikamiz hududida foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish juda qadim zamonlarda boshlangan. Bunga misol qilib Toshkent viloyatining Ohangaron vohasidagi,Surxondaryo viloyatidagi konlarning lahmlarini olsa bo‘ladi. Angren darasining chap qirg‘og‘ida olimlar tomonidan qadimgi kon lahimlari topilgan. Oqtuproqda oltin qazib olish VII - XII asrlarda amalga oshirilganligini isbotlashgan. Yana Qulota deb nomlangan shaharning qoldiqlarini tekshirilganda, bu erda ming yil oldin odamlarning metall eritish bilan shug‘ullanganliklari malum bo‘lgan. Qidirish ishlari shuni ko‘rsatadiki bu erda tarkibida mis, qo‘rg‘oshin, ruh, oltin, kumush bo‘lgan rudalar qayta ishlangan ekan. Shu bilan birga ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalanish va uni qazib olish ham bir necha asrlarga borib taqaladi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilinsa konchilik sanoati Respublikamizda qadimdan bo‘lgan va tobora rivojlanib borgan. Ayniqsa mustaqillik davrida konchilik sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bir necha yangi konlar ochildi. Mavjud konlar yangi elektromexanik vositalar bilan jihozlanmoqda. Malakali ishchi va oliy malumotli mutaxassislar bilan taminlash uchun bir qancha kollejlar, litseylar va OTM faoliyat ko‘rsatayapti. OTMning faoliyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirilyapti, chet elning ilg‘or OTMlari bilan bir qatorda faoliyat ko‘rsatish uchun harakatlar amalga oshirilmoqda. Nazorat savollari. 1. Kon elektr mexanikasi sohasini bilasizmi? 2. Texnologik mashinalar va jihozlari (konchilik) sohasini bilasizmi? 3. Konchilik sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarni bilasizmi? 4. Hozirgi zamon malakali kadrlarga qo‘yilgan talablar. 5. Fan rivojlanishi va texnika taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish nechanchi asrga to‘g‘ri keladi. 6. Fan ta'li integratsiyasi nechta asosiy hususiyatga ega. 7. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishini bitirgan talabalar kelajakda kon korxonasining qaysi qismida ish faoliyatini olib boradilar? 8. Texnologik mashina va jixozlar (konchilik) yo‘nalishini bitirgan talabalar kelajakda kon korxonasining qaysi qismida ish faoliyatini olib boradilar? Download 430.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling