1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Kompyuterlarnuing amaliy dasturlari, imkoniyatlari, vazifasi, tarkibi va strukturasi. Ta’lim tizimida dasturiy vositalardan foydalanish asoslari


Download 213.9 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi213.9 Kb.
#246209
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (4)


1-ma’ruza

Mavzu: Kirish. Kompyuterlarnuing amaliy dasturlari, imkoniyatlari, vazifasi, tarkibi va strukturasi. Ta’lim tizimida dasturiy vositalardan foydalanish asoslari

Axborot -atrof-muxit ob'еktlari va hodisalari, ularning o`lcham-lari va holatlari to`g`risidagi ma'lumotlardir. Axborot insonlar o`rtasida ma'lumotlar ayiriboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayiriboshlashni ifoda etadigan umummiliy tushunchadir[8].

Informatika fani axborot tabiat hodisalari yoki ob'еktlar to`g`risi-dagi tasavvurimizni o`zgartiruvchi o`zaro kontsеptual bog`liq ma'lumot-lar, ko`rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informa-tikada axborotlar bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham qo`lla-niladi[8].

Ma'lumotlarga faqat saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olinadi-gan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlarga biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imko-niyati tug`lsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborot-ni foydalaniladigan ma'lumotlar dеb atasa ham bo`ladi.

Masalan, qog’ozga tеlеfon raqamlarini ma'lum tartibda yozib, birovga ko`rsatgansiz,u buni biror axborot bеrmaydigan ma'lumot sifatida qabul qiladi. Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomining faoliyati turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga aylanadi.

Matnli, sonli, grafikli va tovushli axborotlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun berilganlar shaklida taqdim qilinishi lozim.

Berilganlar–kompyuterda qayta ishlanishi mumkin bo’lgan shakl-da ifodalanadigan axborotlardir. Buyruq–u elementar instruksiya bo’lib, unda kompyuterning u yoki bu amalni bajarishi ifodalaniladi. Protses-sorni biror-bir operatsiyani amalga oshirishi uchun bitta buyruq emas, balki bir – nechta buyruqlar ketma-ketligini bo’lishi zarur bo’ladi.

Berilganlarni kompyuterda dasturli qayta ishlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1) kompyuterni tashqi xotirasida saqlanuvchi dastur bajarilishi uchun ishga tushirilganda u operativ xotiraga yuklanadi;

2) protsessor dastur buyruqlarini berilgan ketma-ketlikda o’qiydi va uni

bajarishni amalga oshiradi;

3) qayta ishlash jarayonida qayta ishlangan berilganlar, protsessor

tomonidan operativ yoki tashqi xotiraga yozilib boriladi;

4) protsessor chiqarish qurilmasi berilganlariga so’rovlar yuborishi va o’zida qayta ishlangan berilganlarni chiqarish qurilmalariga uzatishi mumkin.

Dasturlar-bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir.Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo’ladi.

Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to’plami tushuniladi.

O’z o’rnida dasturiy ta’minot– kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo’ladi.

Aniq kompyuterni qo’llanish sohasi undagi dasturiy ta’minot-ning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Kompyuterning apparat va das-turiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o’zaro harakatda bo’ladi.

Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o’z-o’zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi.

Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o’zaro aloqa mavjud bo’ladi, ko’plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi.

Kompyutеrning dasturiy ta'minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta'minot (ADT)dir[14]. Bunga asosiy sabab - kompyutеrlardan inson faoliyatining barcha sohalarida kеng foydala-nishi, turli prеdmеt sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishidir

Amaliy dasturiy ta’minot o’zida aniq bir vazifani bajaruvchi amaliy dasturlar majmuini mujassamlashtiradi. Tabiiyki amaliy dasturiy ta’minotlar va tizimli dasturiy ta’minotlar orasida bevosita o’zaro aloqa mavjud bo’ladi.

Dunyoda kompyuter texnikasini jadal rivojlanishi, dasturiy mahsulotlarni ham shunday jadallik bilan rivojlanishiga olib keldi. Dunyoda kompyuterlarni ommaviylashuvini dasturiy ta’minotlarsiz tassavur qilib bo’lmay qoldi.

Kompyuterlarning rivojlanishini tijorat sohasini apparat ta’minoti (hardware) va dasturiy ta’minoti soft (software) kabi ikkita katta qismlarga ajratilishiga olib keldi.

Dunyoda Microsoft, Oracle, Sun, Borland kabi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar yuzaga keldi. Hisoblash texnika vositalarini tezkorlik bilan rivojlanishi va kompyuterlarning qo’llanish sohalarini tobora kengayib borishi dasturiy ta’minotlar evolyusiyasi jarayonini tezlashtirdi[11].

Agar oldin dasturiy ta’minotlarning asosiy kategoriyalari (operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi) barmoq bilan sanarli bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib u tugal bir rivojlanish tomoniga o’zgardi. Yangi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishda tugal bir yangi bo’lgan yondoshuvlar yuzaga keldi. Bu jarayon talab qilinadigan dasturiy mahsulotlar bilan bozordagi amaldagi dasturiy mahsulotlar-ning nisbatini keskin o’zgarishiga olib keldi.

Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo’lgan dasturlar kiradi. Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi.

Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.

Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.


Download 213.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling