1.2.Amaliy dasturlar paketi va uning tarkibiy dasturlari
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u bundan keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega.
Amaliy dastur ta’minot (application software) – bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo’ljallangan va do’stona foydalanuvchi interfeysiga ega bo’lgan dasturiy ta’minotdir.
Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat ta’minoti bilan bevosita o’zaroaloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |