1 ma’ruza mavzu: Kirish


Download 33.17 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi33.17 Kb.
#1177097
  1   2
Bog'liq
1-maruza

1 - MA’RUZA


Mavzu: Kirish


REJA:
1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar.
1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari.
1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar.

Tayanch so’z va iboralar
Fanning vazifa-lari, mustahkamlik, bikrlik, ustvorlik. Qisqacha tarix. «Nazariy mexanika» bilan ziddiyatlar. Tuzilmalar elementlari: brus, plas-tinka, qobiq, massiv, sterjen, val, balka, ferma, rama. Farazlar: tuzilishning uzluksiz-ligi, bir jinslilik, izotroplik, zo’riqmaganlik, ta’sir-larning mustaqilligi, Sen-Venan qoidasi.


Muammoli vaziyat savol yoki
topshiriq

Hisob sxemasi tanlashda inshoot elementlarining keraksiz qismlarini tashlab yuboriladi va qalinliklar etiborga olinmaydi. Buni boisi nimada?
Ma’ruza matnlarini diqqat bilan o’qib chiqsangiz bu savollarning echimini topasiz.



1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar
«Materiallar qarshiligi» fani umummuhandislik fani hisoblanib, konstruktsiyalar (tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustvorlikka hisoblash usullarini o‘rgatadi.
Mustahkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida emirilishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.
Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformatsiyalanmaydigan va emirilmaydigan jismlar mavjud emas. Masalan, og‘irligi 75 kg bo‘lgan kishi oddiy qurilish g‘ishtini bossa, uning balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g‘ishtning ikki qo‘shni atomi bir - biriga taxminan 1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (210-14 sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=110-8 sm.
Shotlandiyadagi Fort ko‘rfazidagi uzunligi 3 km bo‘lgan osma ko‘prikni tutib turuvchi po‘lat arqonlarning doimiy deformatsiyasi taxminan 0,1 protsentni, ya’ni 3 m ni tashkil qiladi. Yuklanmagan holda po‘lat atomlari orasidagi masofa deyarli 2Å ni tashkil qilsa, bunda ular taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar.
Muhandislik tuzilmalarining me’yoriy ishlashlarini ta’minlash uchun ularning qismlarining deformatsiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishini, chegaralash zarur bo‘ladi. Bikrlik - muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida deformatsiyalanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.
Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o‘zlarining dastlabki muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustvorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar ta’sirida o‘zining dastlabki muvozanat shaklini va deformatsiyalanish tarzini sifatan o‘zgartirmasligi uning me’yoriy ishlashida nihoyatda muhimdir.
Muhandislik tuzilmalariga qo‘yiladigan mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik talablari iqtisodiy talablar bilan ziddiyatli echimlarga ega. CHunki, birinchi uchta talablarni qondirish uchun materialni ko‘proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» hisob usullari yordamida bu ziddiyatli talablar kesishuvli echimlarga keltiriladi.
«Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley (Italiyaning Padue shahridagi o‘quv yurtining matematika professori) ishlari bilan bog‘lashadi. Ba’zi manbalarda ital’yan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ham ba’zi hisoblarni bajarganligi ko‘rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott, Dyugamelp, Sh. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler, D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyaev, S. Ponomarev, V. Feodospev, o‘zbek olimlaridan M. O‘razboev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q. Abdurashidov va boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo‘ldi.
Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Frantsiyada 1826 yilda nashr qilindi.
Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo‘lgan masalalarining etarliligini ta’kidlash lozim.
Bu fan o‘z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada hal qiladi. Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bog‘liq. Shu bilan birga ular orasida ba’zi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni absolyut qattiq deb hisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformatsiyalanishlari ham nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to‘plangan kuchni ta’sir chizig‘i bo‘yicha, juft kuchni o‘z ta’sir tekisligida ko‘chirish qoidalarini deformatsiyalanuvchi jismlar mexanikasida qo‘llab bo‘lmaydi.



Download 33.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling