1 ma’ruza mavzu: Kirish


Download 33.73 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi33.73 Kb.
#1488568
  1   2   3
Bog'liq
1-MA\'RUZA

1 - MA’RUZA




Mavzu: Kirish


Reja:
1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy tushunchalar.
1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari.
1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar.

Таянч сўз ва иборалар


Фаннинг вазифалари, мустаҳкамлик, бикрлик, устворлик. Қисқача тарих. «Назарий механика» билан зиддиятлар. Тузилмалар элементлари: брус, пластинка, қобиқ, массив, стержен, вал, балка, ферма, рама. Фаразлар: тузилишнинг узлуксизлиги, бир жинслилик, изотроплик, зўриқмаганлик, таъсир-ларнинг мустақиллиги, Сен-Венан қоидаси.


Muammoli vaziyat savol yoki
topshiriq

Ҳисоб схемаси танлашда иншоот элементларининг кераксиз қисмларини ташлаб юборилади ва қалинликлар этиборга олинмайди. Буни боиси нимада?
Маъруза матнларини диққат билан ўқиб чиқсангиз бу саволларнинг ечимини топасиз.


1.1. «Materiallar qarshiligi» fani haqida asosiy
tushunchalar

«Materiallar qarshiligi» fani umummuhandislik fani hisoblanib, konstruksiyalar (tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustahkamlikka, bikrlikka va ustvorlikka hisoblash usullarini o‘rgatadi.


Mustahkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida yemirilishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.
Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformasiyalanmaydigan va yemirilmaydigan jismlar mavjud emas. Masalan, og‘irligi 75 kg bo‘lgan kishi oddiy qurilish g‘ishtini bossa, uning balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda g‘ishtning ikki qo‘shni atomi bir - biriga taxminan 1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (210-14 sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=110-8 sm.
Shotlandiyadagi Fort ko‘rfazidagi uzunligi 3 km bo‘lgan osma ko‘prikni tutib turuvchi po‘lat arqonlarning doimiy deformasiyasi taxminan 0,1 prosentni, ya’ni 3 m ni tashkil qiladi. Yuklanmagan holda po‘lat atomlari orasidagi masofa deyarli 2Å ni tashkil qilsa, bunda ular taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar.
Muhandislik tuzilmalarining meoyoriy ishlashlarini taominlash uchun ularning qismlarining deformasiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o‘lchamlarining o‘zgarishini, chegaralash zarur bo‘ladi. Bikrlik - muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida deformasiyalanishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.
Muhandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o‘zlarining dastlabki muvozanat holatlarini saqlash qobiliyatlari ustvorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar ta’sirida o‘zining dastlabki muvozanat shaklini va deformasiyalanish tarzini sifatan o‘zgartirmasligi uning meoyoriy ishlashida nihoyatda muhimdir.
Muhandislik tuzilmalariga qo‘yiladigan mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik talablari iqtisodiy talablar bilan ziddiyatli yechimlarga ega. Chunki, birinchi uchta talablarni qondirish uchun materialni ko‘proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» hisob usullari yordamida bu ziddiyatli talablar kesishuvli yechimlarga keltiriladi.
«Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley (Italiyaning Paduye shahridagi o‘quv yurtining matematika professori) ishlari bilan bog‘lashadi. Ba’zi manbalarda Italiyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ham ba’zi hisoblarni bajarganligi ko‘rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott, Dyugamelp, Sh. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler, D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyayev, S. Ponomarev, V. Feodospyev, o‘zbek olimlaridan M. O‘razboyev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q. Abdurashidov va boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta ahamiyatli bo‘ldi.
Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Fransiyada 1826 yilda nashr qilindi.
Ayni paytda ham ushbu fanning hal qilishi zarur bo‘lgan masalalarining yetarliligini ta’kidlash lozim.
Bu fan o‘z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada hal qiladi. Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bog‘liq. Shu bilan birga ular orasida ba’zi masalalarga turlicha yondoshish ham mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni absolyut qattiq deb hisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformasiyalanishlari ham nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to‘plangan kuchni ta’sir chizig‘i bo‘yicha, juft kuchni o‘z ta’sir tekisligida ko‘chirish qoidalarini deformasiyalanuvchi jismlar mexanikasida qo‘llab bo‘lmaydi.



Download 33.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling