1 ma’ruza mavzu: Kirish


Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari


Download 33.73 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi33.73 Kb.
#1488568
1   2   3
Bog'liq
1-MA\'RUZA

1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari

Murakkab shaklli muhandislik tuzilmalarining elementlarini sxemalashtirib, oddiy shaklli jismlar ko‘rinishiga keltiriladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:


1. Brus - ko‘ndalang kesimining ikki o‘lchamlari uchinchi o‘lchami (uzunligi) ga nisbatan ancha yuqori tartibda katta jism. Bruslar to‘g‘ri va egri o‘qli bo‘ladilar. Ko‘ndalang kesimlar og‘irlik markazlarining brus uzunligi bo‘ylab geometrik o‘rni brus o‘qini tashkil qiladi. (1.1-shakl)



1.1 - shakl
Agar brus cho‘zilish yoki siqilishga ishlasa - sterjen, buralishga ishlasa - val, egilishga ishlasa - balka deyiladi.
2. Plastinka - ikkita tekis sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, tekis sirtlar orasidagi masofa, ya’ni jism qalinligi, boshqa ikki o‘lchamlariga nisbatan ko‘p marta kichikdir.(1.2-shakl)

1.2 - shakl


3. Qobiq - ikkita egri sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, uning qalinligi, ya’ni sirtlar orasidagi masofa qolgan ikki o‘lchamiga nisbatan ko‘p marta kichikdir. (1.3-shakl)



1.3 - shakl


4. Massiv - uchala o‘lchami bir xil tartibda bo‘lgan jism. (1.4-shakl)



1.4 - shakl

5. Sterjenlarni sharnirlar yordamida tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema ferma deb yuritiladi. Fermani tashkil qiluvchi sterjenlar faqat cho‘zilish - siqilishga ishlaydi.


6. Bruslarni bikr qilib tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema rama deyiladi.
1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar

«Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan hisoblarda ko‘rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo‘lmaydi. Hisob usullari sodda va hisoblarda qo‘llanilishi qulay bo‘lishlari lozim. Ular yetarli aniqlikda va tuzilmaga qo‘yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiridigan bo‘lishlari zarur.


Shu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi.
1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo‘shliqlarsiz to‘ldiradi deb qaraladi.
2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo‘nalishlarida bir xil.
3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo‘yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bo‘lmaydi (zo‘riqmaganlik).
4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yig‘indisiga teng.
5-faraz. Sen-Venan qoidasi (prinsipi). Bu farazga ko‘ra tashqi kuchlarning qo‘yilish nuqtalaridan yetarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bog‘liq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, hisoblarni soddalashtirish maqsadlarida, to‘plangan kuch bilan almashtirish mumkin.
Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatiladi.

Download 33.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling