1 ma’ruza. Mavzu: Mantiqiy tizimlarni tuzilishi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1106226
Bog'liq
1-maruza



1 - ma’ruza. 
Mavzu: Mantiqiy tizimlarni tuzilishi. 
1. Mantiq algebrasining asosiy tushunchalari 
2. Mantiqiy avtomatlashtirish tizimlarining tuzilishi va amalga oshirishning 
texnik vositalari.
3. TAKRORLANUVCHI, EMAS va VA funksiyalarning matematik 
ko’rinishi. 
Хalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mehnat unumdorligi bilan mos 
ravishda avtomatlashtirish darajasining o’sishi elektr qurilmalari sxemalarining 
murakkablashuviga olib keladi. Bu sxemalardagi asosiy qurilma rele hisoblanadi. U 
qoidaga binoan, elektr signallarining ko’payishi, kuchayishi va bloklash uchun 
xizmat qiladi. Relelar ishining ishonchligi esa yuqori emas. Relening 
qo’zg’aluvchan elementlari deyiladi, tebranishdan vintli birikmalarning mexanik 
mustaxkamligi buziladi, kontaktlar kuyadi va xokazo. Shuningdek tashqi omillar, 
ya’ni xaroratning ko’tarilishi, chang, agressiv muhit ta’siri metall narsalarning 
oksidlanishiga, elektr ulanishning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari rele juda 
hajmdor qurilma. U ishlayotganda shovqin va tebranishlar tarqatadi. Ular katta 
og’irlikka va inersionlikka ega. Zamonaviy elektronikada rele qurilmalari o’rniga 
ularning vazifasini to’la bajara oladigan kontaktsiz elementlar qo’llaniladi. Releli va 
kontaktsiz sxemalarda signalning o’tishi maxsus matematik apparat yordamida 
yoziladi. Bu to’g’rida quyida tushuncha beriladi. Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi 
turli mantiqiy bog’lanishlarni o’rganadi va faqat ikkita qiymat xaqiqiy “I” va sohta 
“O” bilan ish ko’radi. Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor. 1. 
Mantiqiy ko’paytiruv, ya’ni kon’yunksiya “VA”. 2. Mantiqiy qo’shuv, ya’ni 
diz’yunksiya “YoKI”. 3. Mantiqiy inkor “YO’Q”. Logika algebrasi - bu 0 va 1 
qiymatlarini qabul qilib, o’zgaruvchan kattaliklar o’rtasidagi bog’liqliqni 
o’rganadigan analiz va sintez matematik apparatidir. Bu ikkita qiymatga har hil 
o’zaro qarama-qarshi hodisalar, shart va holatlar qo’yiladi. Masalan, kontaktning 
ulanishi-1, kontaktning ajralishi-0: signal mavjudligi-1, signalning yo’qligi-0: yopiq 
zanjir-1, ochiq zanjir-0. Bu yerda
shuni nazarda tutish kerakki, 0 va 1 raqamlari 
miqdoriy nisbatni anglatmaydi va son ham emas, balki ular simvol hisoblanadi. 
Logik o’zgaruvchi deb faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi kattalikka 
aytiladi. Logik funksiya deb-argumentlari kabi faqat 0 va 1 qiymatlarni qabul 
qiluvchi funksiyaga aytiladi. Logik funksiyalarda kirishdagi va o’zgaruvchi 
qiymatlarning turli xil amallari termalar deyiladi. Kirishdagi o’zgaruvchilar 
qiymatlari va logik funksiyalar qiymatlari termasi funksiyaning haqiqiylik jadvali 


deyiladi. Jadvaldan foydalanishning afzalligi shundaki, funksiyaning matematik 
yozuvi, uning tarkibini hamma vaqt ham yaqqol ko’rsatavermaydi. Quyida asosiy 
funksiyalar to’g’risida bayon berilgan 
1. 
«ТAKRORLOVChI» «ТAKRORLOVChI» funksiyasining matematik 
ko’rinishi y= k ⋅ x bo’lib, bu ifoda logik elementning chiqish signali y kirish signali 
x dan k marta farq qilishini anglatadi. Bunda ularning ishoralari bir xil. Bunday 
elementlar kirish signalini kuchaytiruvchi va bo’luvchilar hisoblanadi. 
2. “EMAS ” “ EMAS ” funksiyasi logik inkor deyiladi va matematik 
ko’rinishi quydagicha: y= x- . Bu ifoda elementning chiqishdagi y signali, 
kirishdagi x signali bo’lmaganda mavjudligini va aksincha bo’lishini 
anglatadi. 


3. “ VA ” “VA” funksiyasi logik ko’paytirish yoki konyuksiya deyiladi va 
matematik y = x1 . x2 ko’rinishda ifodalanadi. Bu funksiya logik 
elementning kirishdagi x1 va x 1 10 1 1 4 13 y HL x y х 0 0 1 1 у y HL х 
1 10 1 14 13 80 x2 signallari faqat bir vaqtda paydo bo’lgandagina, 
chiqishdagi y signali hosil bo’lishini anglatadi. 


Тexnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ARS larda nazorat qilinayotgan 
kattaliklarni topshirilgan satxda; yoki kattaliklarni topshirilgan funksiya bo’yicha 
o’zgartirish yoki kirish signali o’zgarilishi bilan boshqarish signallarini hosil qilish 
uchun tizimlardan topshirish va taqqoslash vositalari keng qo’llanadi. Тopshirish 
vositasi (zadatchik) - boshqarilayotgan kattalikni topshirilgan belgiga o’rnatish 
uchun xizmat qiladi. Тopshiruvchi qurilmalar beradigan signalining xarakteriga 
qarab ikki asosiy sinfga: analogli va raqamli qurilmalarga bo’linadi. Analogli 
qurilmalar o’z navbatida, uzluksiz va diskret topshiruvchi qurilmalarga ajraladi. 
Diskretlik vaqt bo’yicha xam, ishlab chiqiladigan signalning qiymati bo’yicha ham 
bo’lishi mumkin. Raqamli topshiruvchi qurilmalar diskretli signallar ishlab 
chiqaradi. 
Nazorat savollar 
1. Mantiqiy avtomatlashtirish tizimlarining tuzilishi va amalga oshirishning 
texnik vositalari.
2. TAKRORLANUVCHI, EMAS va VA funksiyalarning matematik 
ko’rinishi qanday holatda bo‘ladi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling