Kulrang cho`yan tarkibidagi C grafit holida bo`ladi va sindirilganda kulrang tusli bo`ladi. Texnikada u quyish (mashinalarning og`ir qismlari, maxoviklar) uchun ishlatiladi. Oq cho`yan tarkibida C asosan Fe3C holida bo`ladi. Oq cho`yanning hammasi po`latga aylantirish uchun ishlatiladi.
Po`lat ikki xil bo`ladi–qattiq va yumshoq po`lat. Qattiq po`latda C ning miqdori 0,3-1,7 % bo`ladi. Yumshoq po`latda 0,3 % gacha C bo`ladi. Po`lat oson bolg`alanadi va prokatka qilinadi. Tez sovitilganda u qattiq, sekin sovitilganda esa yumshoq bo`ladi. Hozirgi kunda metallurgiyada legirlangan po`latlar, xrom-nikelli, xrom-molibdenli, xrom-vanadiyli, xrom-volframli, marganesli po`latlar ishlab chiqariladi. Ulardan texnikada, turmushda va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlarida keng ko`lamda foydalaniladi.
Cho`yanni qayta ishlab po`latga aylantirishning asosiy usullari Marten usuli, elektrotermik usul, Bessemer usuli va Tomas usullari hisoblanadi.
Cho`yan, po`lat va temir–qora metallar–Ozbekiston xalq xo`jaligida juda katta ahamiyatga ega. U mamlakatimizni industrlashtirishning asosi, qishloq xo`jaligini rivojlantirish va Vatanimiz mudofaa quvvatini oshirishning garovidir.
Takrorlash uchun savollar.
1. Xrom metali qanday usul bilan olinadi va u qanday xossalarga ega?
2. Xromning asosiy birikmalari va tuzlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Temir tabiatda qanday holda uchraydi va qanday xossalarga ega?
4. Temirning oksidlari va gidroksidlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Cho`yan qanday olinadi hamda tarkibi qanday moddalardan iborat?
6. Po`lat qanday olinadi hamda tarkibi qanday moddalardan iborat?
7. Qanday usullar yordamida cho`yan po`latga aylantiriladi?
Mavzuga oid tayanch iboralar.
d-elementlar, f-elementlar, koks, cho`yan, po`lat, domna, shixta, koloshnik, raspar, gorn, flyus, sementit.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O`qituvchi», 1996.
3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |