1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Vodorod, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olinishi. Laboratoriya sharoitida
- Fizik–kimyoviy xossalari.
3. Vodorod, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Tabiatda uchrashi. Vodorod davriy jadvalda birinchi o`rinda joylashgan (Z = 1). Uning atomi eng oddiy tuzilgan: atom yadrosi elektron bulut bilan qoplangan. Elektron konfiguratsiyasi 1s1. Vodorod tabiatda keng tarqalgan–suv, barcha organik birikmalar hamda erkin holda ayrim tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Uning yer po`stlog`idagi miqdori massa jihatdan 0,15 % ga yetadi (gidrosferani hisobga olganda–1 %). Vodorod Quyosh massasining yarmini tashkil etadi. Tabiatda H ikkita izotopi–protiy (99,98 %) va deyteriy (0,02 %) holida uchraydi. Shu sababli odatdagi suv tarkibida ozroq miqdorda og`ir suv bo`ladi. Olinishi. Laboratoriya sharoitida vodorod quyidagi usullar bilan olinadi. 1. Metallni (Zn ni) HCl yoki H2SO4 larning eritmalari bilan o`zaro ta`sir ettirish: Zn + 2H+ = Zn2+ + H2↑ 2. Suvni elektroliz qilish: 2H2O → 2H2 + O2 4H+ + 4e- = H2 │4 │2 2O2- - 2e- = O2 │2 │1 Sanoatda vodorod bir necha xil usullar bilan olinadi. 1. KCl yoki NaCl ning suvdagi eritmalarini elektroliz qilishda qo`shimcha mahsulot sifatida hosil bo`ladi. 2. Konversiya usuli bilan (konversiya–o`zgartirish). C + H2O = CO + H2 CO + (H2) + H2O = CO2 + H2 + (H2) 3. Metanni suv bug`i bilan konversiyalash: CH4 + 2H2O = CO2 + 4H2 4. Metanni Fe yoki Ni katalizator ishtirokida 350 0C ga qadar qizdirish: CH4 = C + 2H2 5. Koks gazini o`ta sovitish (-196 0C ga qadar). Bunday sovitilganda H dan boshqa barcha gazsimon moddalar suyuqlikka aylanadi (kondensatsiyalanadi). Fizik–kimyoviy xossalari. Vodorod–eng yengil gaz (u havodan 14,5 marta yengil), rangsiz, ta`msiz, hidsiz, suvda kam eriydi (1 l suvda 20 0C da 18 ml eriydi), -252,8 0C da suyuqlanadi. Suyuq vodorod rangsiz. Vodorodning massa sonlari 1, 2, 3 bo`lgan protiy - 1H, deyteriy - 2D va tririy - 3T izotoplari mavjud. Birikmalarda vodorod doimo I valentli bo`ladi, oksidlanish darajasi +1, lekin metallarning gidridlarida –1 ga teng bo`ladi. Molekulasi ikki atomdan tarkib topgan. H : H yoki H2, H2 = 2H, ∆H0 = 436 kJ/mol. Vodorod kislorodda yonganda ko`p miqdorda issiqlik chiqadi. H-O alangasining harorati 3000 0C ga yetadi. 2 hajm H bilan 1 hajm O ning aralashmasi qaldiroq gaz deyiladi. Bu gaz qattiq portlaganda suv hosil bo`ladi: 2H2 + O2 = 2H2O Yuqori haroratda H ishqoriy va ishqoriy–yer metallari bilan birikib, oq kristall moddalar–gidridlar hosil qiladi. Gidridlar suv ta`sirida oson parchalanib, tegishli ishqor va vodorodni hosil qiladi: CaH2 + 2H2O = Ca(OH)2 + 2H2↑ Atomar vodorodning reaksiyaga kirishish xususiyati juda kuchli bo`ladi: u xona haroratida metallarning oksidlarini qaytaradi, O, S, P bilan birikadi. H + H = H2, ∆H0 = -436 kJ/mol. Vodorod qizdirilganda ko`pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. Masalan, CuO + H2 = Cu + H2O H2 – 2e- = 2H+ │2 │1 Cu2+ + 2e- = Cu │2 │1 Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling