1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Azot, ammiak, ularning olinishi va xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
2. Azot, ammiak, ularning olinishi va xossalari.
Tabiatda uchrashi. Azot tabiatda asosan erkin holda uchraydi. Havoda uning hajmiy ulushi 78,09 %, massa ulushi 75,6 % bo`ladi. Oz miqdorda tuproq tarkibida, oqsil moddalar va ko`pchilik tabiiy birikmalar tarkibida bo`ladi. Yer po`stlog`idagi azotning umumiy miqdori 0,01 %. Olinishi. Texnikada azot suyuq havodan olinadi. Azot olish uchun havo suyuq holatga o`tkaziladi, so`ngra bug`latish yo`li bilan uchuvchanligi kamroq bo`lgan kisloroddan ajratiladi. (azotning Tqaynash= -195,8 0C, kislorodning Tqaynash= -183 0C ) Laboratoriyada sof azot ammoniy nitritni qizdirib parchalash orqali olinadi: NH4NO2 = N2↑ + 2H2O Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bog`lovchi chiziq bo`ylab bir-birini qoplaganida hosil bo`ladigan kovalent bog`lanish sigma–σ bog`lanish deyiladi. Orbitallar birikayotgan atomlarning markazlarini bog`lovchi chiziqning ikkala tomoni bo`ylab bir-birini qoplaganida vujidga keladigan kovalent bog`lanish pi–π bog`lanish deyiladi. Azot molekulasida bitta σ–bog`lanish va ikkita π–bog`lanish, hammasi bo`lib uchta bog`lanish mavjud. Fizik–kimyoviy xossalari. Azot–rangsiz, hidsiz, ta`msiz va havodan yengil gaz. 20 0C da 1 l suvda 15,4 ml azot eriydi. Tabiiy azot massa sonlari 14 (99,64 %) va 15 (0,36 %) bo`lgan ikkita barqaror izotopdan tarkib topgan. Azot molekulasi ikki atomdan iborat. Ular orasidagi bog`lanishning uzunligi juda qisqa–0,109 nm. Xona temperaturasida azot faqat litiy bilan bevosita birikadi: N2 + 6Li = 2Li3N Azot turli metallar bilan yuqori haroratda birikib nitridlar hosil qiladi: 3Ca + N2 = Ca3N2 2Al + N2 = 2AlN Azot vodorod bilan yuqori bosim va haroratda katalizator ishtirokida birikadi: N2 + 3H2 = 2NH3 Elektr yoyi haroratida (3000-4000 0C) azot kislorod bilan birikadi: N2 + O2 = 2NO Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiak–NH3 dir. Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so`ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish orqali olinadi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3↑ + 2H2O Sanoatda ammiak azot bilan vodorodni sintez qilish orqali olinadi: N2 + 3H2 ↔ 2NH3, ∆H0 = -92,4 kJ. Ammiak o`ziga xos o`tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (Tqaynash= -33,4 0C). Suvda juda yaxshi eriydi (20 0C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Uning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi. NH3 + H2O ↔ NH3•H2O (NH4OH) ↔ NH4+ + OH- Ammiak kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qiladi: NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4 Ammiak kislorodda va qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi: 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O Katalizator ishtirokida ammiak kislorod bilan ta`sirlashib azot (II)-oksid va suv hosil qiladi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O Qizdirilganda ammiak mis (II)-oksidni qaytaradi, o`zi esa erkin azotga qadar oksidlanadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + N2 + 3H2O Ammoniy tuzlari ammoniy kationi bilan kislota anionidan tarkib topgan. Ammoniy tuzlari ammiakni yoki uning suvdagi eritmalarini kislotalar bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi. Masalan, NH3 + HNO3 = NH4NO3 ; NH3•H2O + HNO3 = NH4NO3 + H2O Ammoniy tuzlari ishqorlar, kislotalar va boshqa tuzlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi: NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3↑ ; 2NH4Cl + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2HCl↑ (NH4)2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NH4Cl Ammoniy tuzlarining hammasi qizdirilganda parchalanadi yoki haydaladi masalan: (NH4)2CO3 = 2NH3↑ + H2O + CO2↑ Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling