Azotning kislorodli birikmalari
Download 40.91 Kb.
|
azotning kislorodli birikmalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azot (I) oksidi.
- .. .. .. ..
- H O N N O H
- Azot (II) oksid.
- Azot (III) oksidi
- Azot (IV) oksidi.
- Azot (V) oksidi
Aim.uz Azotning kislorodli birikmalari Azotning kislorodli birikmalari N2O, NO, N2O3, NO2, N2O4 va N2O5 hisoblanadi. Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona haroratida barqaror. Azot(I) oksidi molekulasi chiziqli tuzilishga ega: N …… N …… N 112,6 nm 118,6 nm Markaziy azot atomi ikkita sp gibrid orbitallarga ega.N2O molekulasi ozroq bo’lsa ham dipol momentiga ega, shuning uchun suvda ozroq eriydi. Azot(I) oksdidi ammoniy nitratini qizdirib olinadi: NH4NO3 = N2O + 2H2O N2O aktivligi kam, lekin qizdirilsa metallar bilan ta’sir etadi: Cu+N2O= CuO+N2 Yuqori haroratda oltingugurt va uglerodni ham oksidlaydi: C+ 2N2O = CO2+2N2 S+ 2N2O = SO2+N2 Yuqori haroratda(700oS) N2O parchalanadi: 2N2O= 2N2+O2 N2O ga tegishli giponitrit kislotasi(H2N2O2) ma’lum. Bu oksid betaraf oksid va u suv bilan ta’sirlashmaydi. Shuning uchun giponitrit kislota bilvosita usullar bilan olinadi. Giponitrit kislota quyidagicha tuzilishga ega: .. .. .. .. H O N N O H .. .. Giponitrit kislotasi gidroksilaminga nitrit kislotasini ta’sir etib olinadi: NH2OH+HNO2= H2N2O2+ H2O Agar kumush giponitritiga ham kuchli kislotalar ta’sir etganda giponitrit kislota olish mumkin: Ag2N2O2+2HCl= H2N2O2+ 2AgCl H2N2O2 erkin holda uchramaydi. U ikki asosli kislota :K1=10-8, K2=10-12. Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag2N2O2; PbN2O2. N2O tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. U “kuldiruvchi gaz” ham deyiladi, chunki u bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo’lib kula boshlaydi. Kattaroq dozada ishlatilsa kishi oqriqni sezmaydi. Ana shu tufayli jarrohlik amaliyotida narkoz sifatida kislorod bilan aralashtirib qo’llaniladi. Uning eng yaxshi tarafi organizm uchun bezararligidir. Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz. U befarq oksid hisoblanadi. Bog’lanish tartibi 2,5. Unda uch elektronli boglanish mavjud. Bu gaz harorat ta’siriga chidamli. Lekin 100oS da parchalanadi: 3NO=N2O+NO2 NO azot va kislorodning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladigan yagona oksididir. Reaksiya elektr yoyi ta’sirida amalga oshib, qaytar tarzda sodir bo’ladi. 3000 oS da darhol muvozanat yuzaga keladi. N2 + O2 2NO NO ammiakni Pt va Rh aralashmasi katalizatorligida oksidlash jarayonida ham hosil bo’ladi: 4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O NO labatoriyada quyidagi usullarda olinadi: 2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O 3Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O NO ham kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantiradi: SO2 + 2NO= SO3+ N2O NO ga galogenlar ta’sir etib nitrozil galogenidlar hosil bo’ladi: 2NO + Cl2=2NOCl nitrozilxlorid hosil bo’lib (u sariq rangli). Shunga o’xshash NOF va NOBr birikmalar ham ma’lum. Juda kuchli oksidlovchilar( K2Cr2O7 va K2Cr2O7) ta’sirida NO nitrat kislotagacha oksidlanadi: 10NO+6KMnO4+9H2SO4=6MnSO4+10HNO3+3K2SO4+4H2O NO havo kislorodi bilan oson oksidlanib qo’ng’ir tusli gaz NO2 ni hosil qiladi: 2NO+O2=2 NO2 NO turli komplekslarda ligand sifatida qatnashadi. [Fe(NO)4], [Fe(NO)4I2], [Co(NO)4]. Past haroratda NO qattiq holatga o’tib dimer - N2O4 hosil qiladi. NO nitrat kislota olishda ishlatiladi. Azot (III) oksidi. Juda beqaror oksid, u zangori rangli va qattiq holda past haroratda barqaror. 3,5 oS da parchalanadi. Azot(III) oksidi molekulasining tuzilishi(41-rasm) quyida keltirilgan. O-N-O bog’lari orasidagi valent burchaklar 120oS. N=O bog’ining uzunligi 0,121 nm, N-N bog’ining uzunligi bo’lsa 0,186 nm ni tashkil etsa, N-O bogining uzuligi esa 0,114 nm ni tashkil etadi.
41-rasm. Azot (III) oksidi molekulasining tuzilishi. NO2 ga NO ta’siri etilib qaytar sharoitda olinadi: NO2+NO= N2O3 Laboratoriyada kaliy nitritiga sulfat kislota eritmasi ta’sir etib N2O3 olsa bo’ladi: 2KNO2+H2SO4=K2SO4+N2O3+H2O HNO2 kislotaning oksidi N2O3(nitrit angidrid) hisoblanadi. N2O3 ning ishqorlar bilan ta’siridan nitritlar hosil bo’ladi: N2O3+2KOH=2KNO2+H2O Odatda nitritlar olish uchun nitratlar qizdiriladi. Bu reaksiyada kislorod ham hosil bo’ladi: NaNO3=2NaNO2+O2 Laborotoriyada N2O3 mishyak(III) oksidiga nitrat kislota ta’sirida olinadi: As2O3 + 2HNO3 + 2H2O= 2H3AsO4 + N2O3 Nitrit kislotada markaziy azot atomi sp2 gibridlangan(42 rasm), O-N-O burchagi 120 oS. N-O- bog’ining uzunligi 0,117 nm bo’lsa, H-O bog’ining uzunligi 0,096 nm ga teng. 42-rasm. Nitrit kislota molekulasining tuzilishi.
Nitrit kislota tuzlariga sulfat kislota eritmasini ta’sir ettirish orqali nitrit kislotasini olish mumkin: NaNO2 + H2SO4= NaHSO4 + HNO2 Nitrit kislotasi faqat eritmada mavjud lekin uning tuzlari ma'lum. Nitrit kislota kuchsiz elektrolit K=7·10-4. U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi. Kislorod ishtirokida oksidlanadi: 2HNO2 + O2= 2HNO3 U disproporsialanish reaksiyalariga kirishadi: 2HNO2= NO + NO2 + H2O KJ, H2S ishqoriy metallarning amalgamasi bilan nitrit kislotasi oksidlovchi xossasini namoyon etadi: H2S + 2HNO2 = 2H2O + S + 2NO 2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = J2 + 2NO + 2K2SO4 + 2H2O Kuchli oksidlovchilar ta’sirida nitritlar qaytaruvchilik xossasini namoyon etadi va nitratlargacha oksidlanadi: 5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5NaNO3 + 2MnSO4 + K2SO4 + 3H2O Fe2+ ioni qaytaruvchi bo’lgani uchun nitritlar oksidlovchi bo’lib NO gacha qaytariladi: 2FeSO4 + 2KNO2 + 2H2SO4 = Fe2(SO4)3 + K2SO4 + 2NO + H2O Nitrit kislota tuzlari zaharli moddalardir. NaNO2 stenokardiyada tomirlarni kengaytiruvchi modda sifatida tavsiya etilgan. Azot (IV) oksidi. NO2 qo’ng’ir tusli zaharli gaz modda. NO2 - sovutilganda qizil-qo’ng’ir suyuqlikka aylanadi. Suyuqlanish harorati 22,45ºS sovutilsa borgan sari sarg’ish oq, keyin rangsiz bo’ladi. -11,2ºS rangsiz kristall hosil qiladi. Isitilganda uning rangi o’zgarib to’qlashadi, 140ºS da qo’ng’ir rangli bo’ladi. NO2 ni aralash angidrid deyish mumkin, chunki u suvda eritilganda HNO2 va HNO3 hosil bo’ladi: 2NO2 + H2O= HNO3 + HNO2 NO2 ishqorlarga ta’sir ettirilganda ham nitritlar va nitratlar hosil bo’ladi: 2NO2 + 2NaOH= NaNO3 + NaNO2 + H2O HNO2 beqaror kislota hisoblanib, uning parchalanishidan nitrat kislota va NO hosil boladi: 3HNO2= HNO3 + 2NO + H2O NO2 issiq suv bilan ta'sirlashganda: 3NO2 + H2O= 2HNO3 + NO Agar NO2 ga kislorod ishtirokida suv ta’sirlashsa u to’la HNO3 ga aylanadi: 4NO2 + O2 + 2H2O= 4HNO3 NO2 kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi. U uglerod, azot, oltingugurt, vodorod va metallarni oksidlaydi: 7H2 + 2NO2 = 4H2O + 2NH3 Kuchli oksidlovchilar Br2, F2 bilan u qaytaruvchi: 2NO2 + F2 + 2H2O= 2HNO3 + 2HF NO ning olinish usullari: NO ning kislorod ishtirokida oksidlanishi: 2NO + O2= 2NO2 Nitratlarning parchalanishi(Pb(NO3)2, Ba(NO3)2, Cu(NO3)2): 2Pb(NO3)2= 2PbO + 4NO2 + O2 Mis metaliga suyultirilgan sulfat kislota ta’sir etib: Cu + 4HNO3= Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O NO2 -11,2oS dan , to 140oS gacha NO2 va uning dimeri(N2O4) aralashgan holda bo’ladi. NO2 paramagnit xossaga ega va uning molekulasi burchakli tuzilgan. Suyuq N2O4 ga 5 mPa bosimda 75oS da suv kislorod ta’sir ettirilsa kons. nitrat kislota hosil bo’ladi: 2N2O4+2H2O+O2= 4HNO3 Agar reaksiya ishqoriy muhitda o’tkazilsa nitratlar hosil bo’ladi: 2N2O4+4NaOH+O2=4NaNO3+2H2O Azot (V) oksidi- nitrat angidrid, rangsiz kristall modda, gigroskopik. N2O5 olish uchun nitrat kislotaga P2O5 ta’sir ettiriladi: 2HNO3 + P2O5 = 2HPO3 + N2O5 N2O5 nitrat kislotaning angidridi hisoblanadi. Uning suvda erishidan nitrat kislota hosil bo’ladi: H2O + N2O5 = 2HNO3 N2O5 beqaror modda u xona haroratida parchalanadi va NO2 va O2 hosil qiladi: 2N2O5 = 4 NO2 + O2 Natriy nitrat holatida oz miqdorda atmosferadagi elektr razryadi paytida ham hosil bo’ladi. Download 40.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling