1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 345.5 Kb.
bet4/41
Sana08.05.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1446690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
KIMYO REFERATLAR

Takrorlash uchun savollar.

  1. Metallmaslar davriy jadvalda qanday ravishda joylashgan?

  2. Metallmaslar qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi?

  3. Tabiatda vodorod qanday hollarda uchraydi?

  4. Vodorod qanday fizik-kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?

  5. Suv qanday fizik-kimyoviy xossalarga ega?

  6. Og`ir suv qanday fizik-kimyoviy xossalarga ega?

Mavzuga oid tayanch iboralar.
Metallmaslar, metallar, amfoter elementlar, protiy, deyteriy, tritiy, konversiya usuli, koks gazi, qaldiroq gaz, metall gidridlari, distillangan suv, qurituvchilar, og`ir suv.
Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.
2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.
3. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Anorganik kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.
4. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.
6. S. Masharipov, I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.
2-Ma`ruza.
Mavzu: Azot va fosfor. Mineral o`g`itlar.
Reja.

  1. Azot guruhchasining umumiy tavsifi.

  2. Azot, ammiak, ularning olinishi va xossalari.

  3. Azot oksidlari, nitrat kislota va uning tuzlari.

  4. Fosfor, oksidlari, fosfat kislotalar va ularning tuzlari.

  5. Mineral o`g`itlar.

Yangi darsning bayoni.
1. Azot guruhchasining umumiy tavsifi.
Azot guruhchasiga azot–N, fosfor–P, surma–Sb, mishyak–As va vismut–Bi elementlari kiradi. Bular davriy jadval V guruhining p–elementlaridir. Ular atomlarining tashqi energetik pog`onasida 5 tadan elektron bo`ladi–ns2 np3. Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasi +5 ga, quyi oksidlanish darajasi –3 ga teng, ba`zan +3 oksidlanish darajasida ham bo`ladi.
2. 1-jadval. Azot guruhchasi elementlarining xossalari.



Xossalari

N

P

As

Sb

Bi

1.
2.
3.

4.
5.


6.

Tartib raqami
Valent elektronlari
Atomining ionlanish energiyasi, eV
Nisbiy elektrmanfiyligi
Birikmalarida oksidlanish darajasi

Atom radiusi, nm



7
2s22p3
14,5

3,07
+5,+4,


+3,+2,
-3,-2,-1
0,071

15
3s23p3
10,5

2,1
+5,+4,


+3,-3,
-2
0,13

33
4s24p3
9,8

2,2
+5,+3,


-3

0,15


51
5s25p3
8,6

1,82
+5,+3,


-3

0,16


83
6s26p3
7,3

1,67
+5,+3,-3


0,18


N +7)2 )5 1s22s22p3 P +15)2 )8 )5 1s22s22p63s23p3
Azot guruhchasidagi elementlar H bilan RH3 tarkibli birikmalar, O bilan R2O3 va R2O5 tarkibli oksidlar hosil qiladi. Masalan, NH3–ammiak, PH3–fosgen, N2O3 va N2O5–azot oksidlari, P2O3 va P2O5–fosfor oksidlari.
Guruhchada tartib raqami ortishi bilan metallmaslik xossalari susayadi, metallik xossalari esa kuchayadi. Guruhchadagi elementlarning xossalari bir-biridan keskin farq qiladi. M: azot–metallmas (x=3,07), vismut–metall (x=1,67).

Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling