Ekstraksiya. Qurituvchilar. Erituvchini yo‘qotish
Download 206.39 Kb. Pdf ko'rish
|
L-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq aralashmalardagi moddalar ekstraksiyasi va ajratish
Ekstraksiya. Qurituvchilar. Erituvchini yo‘qotish Organik va noorganik birikmalarni, shuningdek turli tabiatli organik moddalar aralashmalarini ajratish uchun ekstraksiyadan keng foydalaniladi. Ekstraksiya obyekti qattiq moddalar, suyuqliklar aralashmasi bo‘lishi mumkin. Suyuq aralashmalardagi moddalar ekstraksiyasi va ajratish Suvli eritmalardan organik birikmalarni ekstraksiyalab organik fazani noorganik fazadan ajratish jarayoni laboratoriya amaliyotida muhim hisoblanadi. Ko‘pchilik sintez usullarida organik erituvchi- lardagi reaksion aralashmani suv yoki asos, kislota yoki noorganik tuzlarning suvli eritmalari bilan qayta ishlash orqali bajariladi. Bunda ko‘pchilik halaqit beruvchilar, qo‘shimcha mahsulotlar cho‘kmalari ajratiladi va kerakli mahsulotni pH ning ma’lum qiymatida maqbul ajratishni ta’minlaydi. Ajratishda aralashmaga kerakli miqdorda suv bilan aralashmaydigan organik erituvchi qo‘shiladi va ajratish voronkasidan foydalanib noorganik va organik fazalar bir-biridan ajratiladi. Ajratish voronkasi bilan ishlashdan oldin voronka vakuumli moy bilan moylanadi (kam mahsulotni ifloslamaydigan miqdordagi). Agar voronka teflon yoki polipropilen jumrakka ega bo‘lsa moylash talab etilmaydi. Keyin ajratuvchi voronkaga eritma, kerakli hollarda erituvchi ham quyiladi (eritmaning 1/5 hajmidan 1/3hajmigacha). Voronkadagi suyuqlik hajmi uning 3/4 qismidan oshmasligi lozim. Ajratish voronkasining og‘zi tiqin (moylash talab etmaydigan polipropilen yoki polietilen tiqinlar qulay) bilan yopiladi va bir qo‘l bilan voronka og‘zi tiqin bilan qo‘shib, ikkinchisi bilan jumrak ushlanadi. Voronka jumragi aralashtirish jarayonida yuqoriga qilib ushlanishi lozim. Voronka tiqinli tomonini pastga qiya qilib tutgan holatda bosimni tenglashtirish uchun jumrakni oching. Keyin voronka sekin silkitiladi, aralashtiriladi va jumrak ochiladi. Voronkada organik erituvchi bug‘lari va ajralayotgan gazlar chiqarib turilganda chayqa-tish ancha samarali bo‘ladi. Neytrallanish reaksiyasini o‘tklazishda masalan, kislotali organik qatlamni suv bilan yuvishda birinchi navbatda chayqatish bir tartibda bo‘lishi kerak. Bu jarayonni o‘tkazishda natriy gidrokarbonat eritmasi kam-kamdan qo‘shiladi va shisha tayoqcha bilan ajratish voronkasining ichidagi aralashma aralashtiriladi. Bunda karbonat angidridning kuchli ajralishi kuzatiladi! Natriy gidrokarbonat eritmasining hammasi qo‘shib bo‘lingandan so‘ng voronka bir necha marta chayqatiladi va voronka ichida ajralayotgan karbonat angidrid hosil qilgan bosim jumrakdan chiqarib turiladi. Chayqatib bo‘lingan ajratish voronkasi shtativning aylana halqasiga qo‘yilib, ikki suyuqlik qatlami to‘liq ajralguncha kutiladi. Ajralish tugagandan keyin voronka og‘zidagi tiqin olinadi va tartibli holatda ikki qatlam ajratiladi: paski qatlam jumrak orqali, yuqori qatlam ajratish voronkasi og‘zidan quyib olinadi. Noorganik aralashmalardan to‘liq qutilish uchun organik faza 2-3 marta kam miqdordagi suv bilan yuviladi. Suvli fraksiyalar birlash- tirilib, suv bilan aralashmaydigan erituvchida ekstraksiya qilinadi. Ekstraksiya uchun erituvchi sifatida dietil efiri, geksan, benzol, dixlormetan, xloroform va b.qlardan foydalaniladi. Etiruvchi tanlashda uni ajratilayotgan mahsulotni yaxshi eritishi va past temperaturada qaynashi kabi xususiyatlari asosiy mezon qilib olinishi kerak. Uglevodorodlar va galogenhosilalarni ekstraksiyasi uchun geksan va benzoldan foydalaniladi. Qutbli birikmalar qutbli organik erituvchilar – efir, dixlormetan, xloroform (kislotali reaksion aralash-malar uchun efirni qo‘llash tavsiya etilmaydi) da ekstraksiya qilinadi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanadi, ekstraktlar birlashtiriladi, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suvda yuviladi va keyin faqat asosiy organik fazalar birlashtiriladi. Xlororganik erituvchilar (CCl 4 , xloroform, dixlormetan va h.z.) suvdan og‘ir va odatda pastki qavatda, suvdan yengil eituvchilar (efir, benzol, geksan) esa – yuqori qavatda bo‘ladi. Suvli eritma zichligi bilan organik faza zichligi teng bo‘lib qoladigan oraliq holatlar ham bo‘lishi mumkin. Bunda ikki qavatdan qaysi suvli qavat ekanligini aniqlashtirish lozim. Buning uchun qaysidir bitta qavatdan bir necha tomchi olinib suvli probirkaga solinadi. Bunda suvli qavatdan olingan namuna suvda to‘liq eriydi. Ekstraksiyani amalga oshirishda sintezlanayotgan modda pH muhitiga bog‘liq holda ikki fazadan qaysida bo‘lishini hisobga olish kerak; ko‘plab organik birikmalarni organik aralashmalardan ularni suvli fazaga o‘tkazish yo‘li bilan tozalash mumkin. Karbon kislotalar ham ishqorli eritmalar ta’sirida karboksilatlarga aylantirib, keyin esa olingan suvli eritmani kislotali muhitga o‘tkazib ajratiladi. Keyin erkin kislotalar organik erituvchilarda ekstraksiyalanadi. Xuddi shunday ketma-ketlikda kuchli noorganik kislota va asoslar eritmalari ta’sirida aminlar ajratiladi. Download 206.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling