1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Kremniy, uning olinishi, xossalari, oksidlari
Download 357.5 Kb.
|
1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fizik–kimyoviy xossalari.
- Kremniy (IV)–oksid
3. Kremniy, uning olinishi, xossalari, oksidlari,
silikat kislota va uning tuzlari. Tabiatda uchrashi. Kremniy kisloroddan keyin Yerda eng ko`p tarqalgan element. U yer po`stlog`i massasining 27,6 % ni tashkil etadi. Tabiatda asosan SiO2 va silikat kislotaning tuzlari–silikatlar holida uchraydi. Kremniy birikmalari o`simlik va hayvonlar organizmida bo`ladi. Olinishi. Sanoatda kremniy elektr pechlarda SiO2 ni koks bilan qaytarish orqali olinadi: SiO2 + 2C = Si + 2CO Laboratoriyalarda qaytaruvchilar sifatida Mg yoki Al lardan foydalaniladi: SiO2 + 2Mg = Si + 2MgO 3SiO2 + 4Al = 3Si + 2Al2O3 Eng toza kremniy kremniy tetraxloridni rux bug`lari bilan qaytarish orqali olinadi: SiCl4 + 2Zn = Si + 2ZnCl2 Fizik–kimyoviy xossalari. Kristall kremniy–shishadek yaltiroq, to`q kulrang modda. Kremniy juda mo`rt, zichligi 2,33 g/sm3. Ko`mir kabi qiyin suyuqlanadi. Kremniy uchta barqaror izotopdan–28Si (92,27 %), 29Si (4,68 %) va 30Si (3.05 %) lardan tarkib topgan. Kremniy odatdagi sharoitda ancha inert, bevosita ftor bilan reaksiyaga kirishadi: Si + 2F2 = SiF4 Kislotalar bilan ta`sirlashmaydi, lekin u ishqoriy metallarning gidroksidlarida erib, silikat hamda vodorod hosil qiladi: Si + 2NaOH + H2O = Na2SiO3 + 2H2↑ Elektr pechda yuqori haroratda qum bilan koks aralashmasidan kremniy karbid SiC (karborund) olinadi: SiO2 + 2C = SiC + CO2 Kremniyning metallar bilan hosil qilgan birikmalari silitsidlar deyiladi. Silitsidga HCl ta`sir ettirilganda kremniyning vodorodli birikmasi–silan SiH4 olinadi. Silan–qo`lansa hidli zaharli gaz, havoda o`z-o`zidan alangalanib ketadi. Si + 2Mg = Mg2Si Mg2Si + 4HCl = 2MgCl2 + SiH4↑ SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O Maydalangan kremniy kislorod bilan qizdirilganda yonnib, kremniy (IV)–oksid hosil qiladi: Si + O2 = SiO2 Yuqori haroratlarda kremniy ko`pcilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. Kremniy (IV)–oksid qumtuproqham deyiladi. Bu qiyin suyuqlanadigan qattiq modda, tabiatda ikki xil ko`rinishda keng tarqalgan: 1) kristall qumtuproq–kvars minerali va uning har xil turlari (tog` billuri, xalsedon, agat, yashma, kremen) holida bo`ladi; kvars qurilishda va silikat sanoatida keng ko`lamda foydalaniladigan kvarsli qumlarning asosini tashkil etadi; 2) amorf qumtuproq tarkibi SiO2•nH2O bo`lgan opal minerali holida bo`ladi; uning tuproq shaklidagilari diatomit, trepel (infuzor tuproq); suvsiz sun`iy amorf qumtuproqqa silikagel misol bo`la oladi, u natriy metasilikatdan olinadi: Na2SiO3 + 2HCl = 2NaCl + H2SiO3 H2SiO3 = H2O + SiO2 1710 0C da kvars suyuqlanadi. Suyuqlangan massa tez sovitilganda kvars shisha hosil bo`ladi. Kengayish koeffitsiyenti kichik, shuning uchun cho`g` holigacha qizdirilgan kvars shisha suv bilan tez sovitilganda darz ketmaydi. Undan laboratoriya shisha idishlari va ilmiy tadqiqotlar uchun asboblar tayyorlanadi. Kimyoviy xossalari jihatidan SiO2 kislotali oksidlar qatoriga kiradi. U qattiq ishqorlar, asosli oksidlar va karbonatlar bilan birga suyuqlantirilganda silikat kislotaning tuzlari hosil bo`ladi: SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O SiO2 + CaO = CaSiO3 SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2 Kremniy (IV)–oksid bilan faqat ftorid kislotagina reaksiyaga kirishadi, shu reaksiya yordamida shishaga ishlov beriladi: SiO2 + 4HF = SiF4 + 2H2O Suvda SiO2 erimaydi va suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shining uchun silikat kislota silikat kislota tuzlariga kislotalar ta`sir ettirib olinadi: Na2SiO3 + 2HCl = H2SiO3 + 2NaCl K2SiO3 + H2SO4 = H2SiO3 + K2SO4 H2SiO3–juda kuchsiz kislota, suvda kam eriydi. Qizdirilganda karbonat kislota kabi oson parchalanadi. Ikki asosli kislota bo`lgani sababli bosqich bilan dissotsilanadi: H2SiO3 = H2O + SiO2 H2SiO3 ↔ H+ + HSiO3- HSiO3- ↔ H+ + SiO32- Silikat kislotaning tuzlari silikatlar deyiladi, masalan, CaSiO3 yoki CaO•SiO2–kalsiy silikat, Na2SiO3 yoki Na2O•SiO2–natriy silikat. R2O•SiO2 tarkibli silikatlar (bunda R2O–Na2O yoki K2O) eruvchan shisha deyiladi, ularning suvdagi konsentrlangan eritmalari esa suyuq shisha deb ataladi. SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2 SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O Yer qobig`i SiO2 bilan turli xil silikatlardan tarkib topgan. Tabiiy silikatlarning tarkibi va tuzilishi murakkab bo`ladi. Ba`zi tabiiy silikatlarning tarkibi quyidagicha: dala shpati K2O•Al2O3•6SiO2, asbest 3MgO•2SiO2•H2O, slyuda K2O•3Al2O3•6SiO2•2H2O, kaolinit Al2O3•2SiO2•2H2O Tarkibida Al2O3 ham bo`ladigan silikatlar alyumosilikatlar deyiladi. Tog` jinslari va yer yuzasidagi minerallar harorat, so`ngra namlik va karbonat angidrid ta`sirida nuraydi, yani asta-sekin yemiriladi. Masalan, dala shpatining yemirilishi: K2O•Al2O3•6SiO2 + 2H2O + CO2 = Al2O3•2SiO2•2H2O + K2CO3 + 4SiO2 Yemirilishning asosiy mahsuloti kaolinit–oq gilning asosiy tarkibiy qismi. Tog` jinslarining nurashi natijasida gil, qum va tuzlarning qatlamlari hosil boo`ladi. Download 357.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling