1-ma’ruza mavzu. Mustahkamlikka hisoblashning asosiy tushunchalari. Reja
Mustahkamlikning birinchi nazariyasi
Download 1.36 Mb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlikning ikkinchi nazariyasini
Mustahkamlikning birinchi nazariyasi dastlab XVII asrda Galiley tomonidan taklif etilgan bo‘lib, u ko‘pincha eng katta normal kuchlanish nazariyasi deb yuritiladi.
Mustahkamlikning birinchi nazariyasi materialda chegaraviy kuchlanish holati paydo bo‘lishiga eng katta normal kuchlanish sabab bo‘ladi degan gipoteza (tahmin)ga asoslangan; bu nazariyaga ko‘ra quyidagi shart bajarilishi kerak: Ϭ1ekv= Ϭ1- Ϭm (1) Bu yerda Ϭ1 — tekshirilayotgan murakkab kuchlanish holatidagi jism (detal)ning eng xavfli nuqtasidagi bosh kuchlanishlarning eng kattasi; Ϭm — material uchun joiz normal kuchlanish bo‘lib, uning qiymati mazkur materialdan yasalgan namunani oddiy cho‘zilish (siqilish)ga sinash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu nazariyaning asosiy kamchiligi shundan iboratki, (1) ifoda tarkibida Ϭ2 va Ϭ3 bosh kuchlanishlar ishtirok etmaydi. Boshqacha aytganda, murakkab va oddiy kuchlanish holatidagi jismlar go‘yoki bir xilda qarshilik ko‘rsatadilar. Vaholanki, amalda bunday emas — materialning mustahkamligiga Ϭ2, Ϭ3 lar ham katta ta’sir ko‘rsatadilar.Masalan, har tomonlama (gidrostatik) bosim ostida siqilayotgan sement kubik mustahkamlik chegarasidan bir necha barobar katta kuchlanishga ham yemirilmasdan bardosh bera oladi. Bu holda kubikning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati birinchi nazariya bo‘yicha aniqlanganiga nisbatan ancha yuqoridir. Birinchi nazariya mo‘rt materiallarni cho‘zishga sinashda tasdiqlangan. Hozirgi vaqtda bu nazariya ishlatilmaydi, u faqat tarixiy ahamiyatgagina ega, xolos. Mustahkamlikning ikkinchi nazariyasini birinchi marta 1682-yilda Marriot taklif qilgan bo‘lib, u eng katta nisbiy cho‘zilish nazariyasi degan nom olgan. Mustahkamlikning ikkinchi nazariyasi materialda chegaraviy kuchlanish holati paydo bo‘lishiga eng katta cho‘zilish sabab bo‘ladi degan gipotezaga asoslangan; bu nazariyaga muvofiq quyidagi shart bajarilishi lozim. Ԑmax=Ԑ1 < Ԑm (2) Bu yerda Ԑ1— tekshirilayotgan murakkab kuchlanish holatidagi jismning eng xavfli nuqtasidagi bosh nisbiy deformatsiyalarning eng kattasi (Ԑ1 > Ԑ2 > Ԑ3); Ԑm — materialning oddiy cho‘zilish (siqilish)dagi joiz normal kuchlanishi Ϭm ga tegishli nisbiy deformatsiyasi. Guk qonuniga asosan: (a) (b) Oxirgi ifodalarni e’tiborga olib, shartini ikkinchi nazariya bo‘yicha mustahkamlik sharti quyidagi ko’rinishda ifodalaniladi. (3) Bu nazariyaning birinchi nazariyadan afzalligi shundaki, (3) shartda barcha bosh kuchlanishlar ta’siri e’tiborga olingan. Ammo bu nazariyaning hali ba’zi natijalari tajribada to‘liq tasdiqlanmagan. Masalan, bu nazariyaga muvofiq, o‘zaro tik ikki yo‘nalishda siqilayotgan kubikning mustahkamligi bir tomonga qarab siqilayotgan kubikning mustahkamligidan yuqori bo‘lishi kerak. Lekin bu xulosa tajribada tasdiqlanmaydi. Ikkinchi nazariyaning natijalari faqatgina mo‘rt materiallar uchun tajribada tasdiqlangan. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling