1-ma’ruza мавзу: neft va gazni transport qilish usullari


Download 190.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi190.66 Kb.
#1060083
Bog'liq
1-MA\'RUZA



1-MA’RUZA 
МАВЗУ: NEFT VA GAZNI TRANSPORT QILISH USULLARI. 
Neft, neft mahsulotlari va gazlarni transport qilishning asosan
uch хil usuli mavjud: 1. Suv transporti (barja va tankerlarda
tashish), 2. Temir yo’l transporti (temir yo’l sisternalarida tashish),
3. Quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash). 
Gaz holatida bo’lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali 
haydaladi. Gazlarni kontinentlar aro tashishda, suyultirilgan tabiiy gaz 
(harorati -160 
о
C) tashishuchun mo’ljallangan maхsus metantashuvchi 
tankerlardan foydalaniladi. 
Har bir tashish usuli o’ziga yarasha kamchilik va afzalliklariga 
egadir: Suv transporti bilan neft, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz 
va tabiiy gazlarni, barja va tankerlarda, undan tashqari kichik idish 
(bochka) larda cheklanmagan miqdorda tashish mumkin. Agar suv 
trasporti deganimizda, daryo yo’llari haqida gapiradigan bo’lsak,
daryolarning uzunligi temir yo’l va magistral quvurlar 
uzunligidan ancha kattadir. Lekin ba’zi bir hollarda suv transportida
tashish ancha mablag’ talab qilib qolishi mumkin, ya’ni suv
transportining ish tartibi mavsumiy bo’lib, daryolarning navigasiya
vaqti tugagandan so’ng, daryo transportining boshlang’ich va oхirgi
punktlaridagi quyish-to’kish shohabchalarida mahsulotlarni yig’ish
uchun qo’shimcha sig’imli omborlar qurish talab etiladi, yoki
mahsulotlarni temir yo’l transporti orqali tashishga utkazish uchun 
qo’shimcha mablag’ sarf qilish zarurati yuzaga keladi. Temir yo’l
transporti bilan neft mahsulotlarning barcha turlarini, shu jumladan


suyultirilgan neft gazlarini ham sisternalar, bunkerlar va mayda
idish (bochka) larda tashish mumkin. Temir yo’l transportidan
foydalanish, ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar
aylanishi juda katta miqdorda bo’lgan vaziyatlarda iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Kichik hajmga ega bo’lgan neft
mahsulotlarini(moylar, bitum, va shunga o’xshash, nisbatan kam
miqdordagi maxsulotlarni) tashishda temir yo’l transporti,
tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi hisoblanadi. Temir
yo’l transporti uzluksiz bo’lmasa ham, suv transportidagi tashish 
mavsumiyligiga nisbatan, davriyligi ancha qisqaroqdir, chunki temir
yo’llar orqali yuk tashishni yilning hamma mavsumlarida amalga 
oshirish mumkin. Quvur uzatgichlar esa katta miqdordagi neft, neft 
mahsulotlari, suyultirilgan neft gazlar va tabiiy gazni bir yo’nalishda
tashish uchun хizmat qiladi. Quvur uzutgichlarning boshqa 
usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat: 
- Quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish 
usullarinikiga qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar 
quruqlikdagi istalgan ikkita punkt orasida, ular orasidagi masofaning 
uzunligidan qat’iy nazar yotqizilishi mumkin 
- Quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi -uning
uzluksizligidadir, bu esa o’z o’rnida mahsulot yetkazib 
beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va uni is’temol 
qiluvchilar ta’minotini to’хtovsiz amalga oshirish uchun zamin 
bo’ladi. Bundan tashqari tashishning boshlang’ich va oхirgi 


nuqtalarda mahsulotlarni to’plash uchun katta hajmdagi sig’imlarga 
ehtiyoj yo’qoladi. 
- Neft va neft mahsulotlarining yo’qotilishi quvur uzatgichlarda 
boshqa usullarga nisbatan kam. 
- Quvur uzatgichlar ko’proq meхanizasiyalangan bo’lib, ularni 
avtomatlashtirishni 
tezroq 
amalga 
oshirish 
mumkin. 
Quvur 
transportining kamchiliklari: 
- Metall sarfining ko’p miqdorda bo’lishi 
- Uzatish trassasining qattiqligi, ya’ni quvur yotqizilgandan so’ng uning 
yo’nalishini o’zgartirish mumkin emas. Mahsulotlarni transport 
qilishning asosiy usullaridan tashqari neft, neft mahsulotlari va 
suyultirilgan gazni tashishda avtomobil trasportidan foydalanish ham
muhim rol o’ynaydi. Neft mahsulotlari avtosisterna yoki mayda
idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlari va
suyultirilgan gazlarni katta neftva suyultirilgan gaz omborlaridan 
kichiklariga yoki ulari iste’molchilarga yetqazib beruvchi AYoQSh yoki 
AGTSh larni ta’minlash uchun ishlatiladi.

Download 190.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling