5-Ma’ruza : Jahon transporti Reja: Quruqlik transporti, suv transporti, havo transporti
Download 1.1 Mb.
|
5-Ma’ruza Jahon transporti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil transporti. Avtomobil transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega.
5-Ma’ruza : Jahon transportiReja:1.Quruqlik transporti, suv transporti, havo transporti2.Asosiy transport yo’llari.3.Yuk va yo’lovchi tashish hamda xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirishda transportning o’rni.
Jahonda temir yo’llarning umumiy uzunligi tahminan 1,2 mln.km.ga teng. Shuning yarmi oltita davlat (AQSh, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya)ga to’g’ri keladi.Temir yo’llarning zichligi bo’yicha G’arbiy Yevropa davlatlari va AQSh yetakchilik qiladi. Temir yo’llarning zichligi deganda 100 km2 maydonga to’g’ri keluvchi temir yo’l uzunligi tushuniladi. Bu ko’rsatgich G’arbiy Yevropada 10 km.ni tashkil qiladi. Rivojlangan davlatlarda temir yo’llarning asosiy qismi elektrlashtirilgan.Avtomobil transporti. Avtomobil transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega.Avtomobil transporti yuk aylanmasining deyarli yarmi sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi. Avtomobil transportining yuk aylanmasi bo’yicha AQSh birinchi, Rossiya ikkinchi o’rinda turadi.Avtomobil transporti eng avvalo sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport yo’llari bilan bog’laydi, shahar va shahar atrofidagi yuklarning asosiy qismini tashiydi, qisqa (100 km.) va uzoq masofalarga yuk tashishda qulay, yuklarni bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi.Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling