Hindiston respublikasi


Download 218 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi218 Kb.
#1494158
  1   2
Bog'liq
Hindiston respublikasi


H indiston respublikasi
Hindiston respublikasi — Janubiy Osiyoda joylashgan, Hindiston yarimorolinini katta qismini egallab turgan davlat hisoblanadi.

Rasmiy nomlanishi

Hindiston Respublikasi

Mustaqillik kuni

1947 yyl 15 (Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan)

Rasmiy tili

Hindiy va ingliz

Poytaxti

Dehli

Yirik shaharlari

Kalkutta, Bombey, Dehli, Chennay Bangalor, Nyu-Dehli

Boshqaruv shakli

Parlament respublika

Maydoni

3,29 mln km.kv. (dunyoda 7-o’rinda)

Suv sathidan yuqoriligi

9,5 foiz

Aholi soni (2005)

1,0 mlrd kishi (dunyoda 2-o’rinda)

Zichliga

km.kv. ga 330,7 kishi

Pul birligi

Hindiston rupiysi (INR kod 356)

Internet-domen

.in

Telefon kodi

+91

Soat millari

UTS+5:30




Geografik joylashuvi. Hindiston, g’arbda; Pokiston, shimoli-sharqda; Xitoy, Nepal va Butan, sharqda; Bangladesh va Myanma bilan chegaradoshdir. Undaya tashqari Hindiston janubi-g’arbda Maldiv orollari, janubda Shri-Lanka va janubi-sharqda Indoneziya bilan dengiz orqali chegaradoshdir. Hindistonning, Djammu va Kashmir shtatlari Afg’oniston bilann chegaradoshdir. Mamlakatni Hind okeani, Araviya dengizi va Bengal bo’g’ozi suvlari yuvib turadi. Hindiston tarkibiga, Andaman va Nikobar orollari shuningdek Araviya dengizining jamubi-sharqiy qismidagi Lakkadiv, Amindiv va Minikoy orollari kiradi. Hindiston yarimorolining katta qismini Dekan yassi tog’lari, shimolda — Hind-Gang tekkisliklari va yerning eng baland tog’lari bo’lgan — Himaloy va Qoraqorum egallaydi. Iqlimi tropik, shimolda — tropik mussonlidir. Yanvar oyida adirlardagi o’rtacha havo harorat shimolda: 15° S daraja, janubda esa may oyida: 28-35° S darajani tashkil etadi. Asosiy daryolari — Gang, Braxma-putra, Hind. Mamlakatni katga qismini; tropik o’rmonlar, savanna va ajiriqlar o’sib yotgan cho’llar tashkil etadi.
Hindistonning maftunkor tabiati
Ma’muriy taqsimlanishi. Ma’muriy jihatdan 25 ta shtat va 7 ta markazga bo’ysungan ittifoq h ududlardan iboratdir.
Aholisi va dini. Aholining 72 % ni — hind-ariy xalqlari, 25% — dravidlar va 3 % gacha bo’lgan xalqni — mo’g’ul irqi vakillari tashkil etadi. Davlat tillari — ingliz va hindiy. Aholining yarmidan ko’p qismi, rasmiy tildan tashqari mahalliy tilda so’zlashishadi (shtatlarning rasmiy 17 ta tili va 700 ga yaqin mahalliy dialekt). Aholining asosiy qismini induistlar — 82 % ni, musulmonlar, 11 % ni, xristianlar — 2 % ni sikxlar — 2 % ni buddistlar, taxminan — 0,7 % ni tashkil etadi.

Hindistonning mahalliy xalqi
Siyosiy tizim. Hindiston, federativ respublika hisoblanadi. Davlat boshlig’i — prezident. Shtatlarning qonunchilik hokimiyati va parlamentning ikkala palatasidan tarkib topgan saylovchilar kengashi tomonidan saylanadi. Ikkipalatali parlament — qonunchilik hokimiyatidan tashkil topgan. Shtatlar Kengashi va Milliy Majlisdan tashkil topgandir. Ijroiya hokimiyatini prezident tomonidan tayinlangan, Bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Mamlakatda ko’ppartiyaviylik tizimi amal qiladi. Hindiston shtatlari mamlakatning asosi hisoblanib, til borasida keng huquq va shaxsiy qonunchilik hokimiyatlariga asoslangan yirik ma’muriy-hududiy birlashmalari hisoblanadilar. Joylardagi ijroiya hokimiyati boshlig’i lavozimiga prezident tomonidan tayinlangan gubernator o’tkaziladi. Prezident tomonidan t ayinlanadigan Bosh sudya va eng ko’pi 17 a’zolar bo’lgan sudyalar Hindistonning Oliy sudini tashkil etishadi. Mustaqillikni qo’lga kiritgach, Hindiston Hamdo’stlik tashkilotiga kirib, BMTning a’zolaridan biriga aylandi.

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling