Hindiston respublikasi


Download 218 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi218 Kb.
#1494158
1   2
Bog'liq
Hindiston respublikasi

Iqtisodiyoti. Hindiston — agrar-industrial mamlakat hisoblanadi. Iqtisodiyoti har tomonlama rivojlangan. Davlat sektori, mudofaa sanoati, atom energetikasi, temir. io’l va dengiz transporti, aviasiya va aloqada yetakchi o’rinlarni egallab keladi. Hindiston kosmik va yadro qurollar bo’yicha ey yetakchi davlatga aylana oldi. Qishloq xo’jaligida mayda xo’jaliklar yetakchi o’rin egallaydi. Hindiston shakar-qamish, araxis, choyt djut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinlarni egallab keladi. Shuningdek, kauchuk, qahva va shirinliklar ishlab chiqariladi. Chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik rivojlangan. Mamlakatda ko’mir, temir rudasi, boksit, neft, marganes va h.k. qazilma boyliklarining zahiralari ko’p. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmasevtik sanoat, mashinasozlik kabi tarmoqlar tobora rivojlanib bormokda. Eksport uchun: mashina, uskunalar, dasturiy ta’minot, kiyim-kechak, jun va undan tayyorlangan mahsulotlar, kimyo mollari, djut mollari, temir rudasi, choy, qahva, ziravorlar, keshyu yong’oqlari, konserva, baliq va dengiz mahsulotlari, brilliantlar yetkazib beriladi. Turizm sohasida Hindiston katta ahamiyatga ega. Import orqali esa: neft, mashina va transport uskunalari, oziq-ovqat o’simlik yog’i, mineral o’g’itlar, zargarlik mollarini ba’zi turlari va qora metallar olib kiriladi. Asosiy savdo hamkorlari — AQSh, Yevropa hamjamiyati mamlakatlari, Rossiya, Yaponiya, Iroq, Eron, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari.
Hindiston poytaxti Dehli shaxri
T arixi. Eramizdan avvalgi II ming yilliklarda «ariy» qabilalari Hindistonga ko’chib boradi va shimoliy Hindistonda bir qancha qullarni sotish bilan shug’ullanuvchi davlatlar vujudga keladi. Eramizdan avvalgi VI asrlarda, Magadx shahri, eng yirik hind mamlakatlaridan biri hisoblanardi. Eramizdan avvalgi 327—325 yillarda shimoliy Hindistonga, Iskandar Zulqarnayn qo’shinlari bostirib keldi. XV asrlar oxirida Hindistonda birinchi portugaliya xalqlari yashaydigan jamoalar paydo bo’la boshladi. 1526 yili buyuk Mo’g’ullar shimoliy Xindistonni bosib olishdi. 1613 yili birinchi ingliz faktoriyalari ochildi. 1793 yili shimoliy Hindistonga forsiylar (shoh Nodir) bostirib kelishdi. 1763 yili inglizlar, Bengaliya va butun janubiy Hindistonni bosib olishdi. 1858 ,yili Hindiston to’laligicha inglizlarning nazorati ostiga o’tdi. 1919 yildan to 1922 yilgacha, 1930 dan va 1932 yilgacha mamlakatda ikkita fuqarolar urushi bo’lib o’tdi (Maxatma Gandi) va mustamlakachilarning taziqi susaya boshladi. Hindiston ikkala jahon urushlarida, Buyuk Britaniya tomonida turib kurashganlar. Ikkinchi jahon urushidan so’ng ingliz hukumati Hindistonga dominion huquqini berishga majbur bo’ldi. Hindiston Ittifoqi davlat tepasyga kelgan Hindiston milliy kongress hukumati Hindiston mustaqilligini e’lon qildi. 1947—1949 yillardati Hind-Pokiston urushlaridan so’ng Hindiston Kashmir shtatining katta qismiga ega bo’ldi.
1950 yili Hindiston Ittifoqi, Hindiston Respublikasiga aylandi.1971 yildagi Pokiston bilan Sharqiy Pokiston hududida bo’lib o’tgan urushdan so’ng Bangladesh Xalq Respublikasi tashkil etildi. 1984 yilda Bosh Vazir Indira Gandi o’ldirib ketildi. 1991 yid esa terroristlar qo’li tomonidan uning o’g’li — Bosh Vazir Radjiv Gandi o’ddirildi. 1999 yilda Hindiston va Pokiston yadro qurollariga ega bo’ldilar. Kosmik dasturlarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling