1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


Download 111.02 Kb.
bet5/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

Hazrati Muso chu bilsa ilmi zot,
Boz qilg’ay ro’zu shab Hizrini yod.
Xizr bila kecha-kunduz, ey Muso,
Ishq bila Xizrga bo’lgil fano. (101-b.)
Hazrati Muso zot ilmini (Xudo haqdagi ilmni) bilsa ham, kechayu kunduz Hizrni (ya’ni ustozni) yod qilgan – eslagan edi, ya’ni unga intilgandi. Sen ham Muso kabi Hizr ya’ni ustoz bilan kecha-kunduz birga bo’lishga intil, deydi Mashrab o’quvchisiga qarata va natijada ishqu ixlos bilan ustozga fano bo’lgin, ya’ni unga singib ket, chunki u Haqqa fano bo’lgan, ya’ni singib ketgan zotdir, sen ham uning vositasida Haqqa fano bo’lasan, deya uqtiradi.
Yuqoridagi satrlarda muallif tasavvufdagi “robitai shayx” nazariyasidagi fikrdan foydalanadi. Ya’ni ushbu nazariyada aytilishicha, solik avvalo shayx ruhiga fano bo’lishi va keyin uning vositasida Yaratganga fano bo’lmog’i mumkindir. Biz tahlil qilayotgan baytda esa shoir o’z o’quvchisiga murojaat qilib, mana shunday fanolikni targ’ib qilmoqda.
Navbatdagi hikoyatda Mashrabi soniy yana Qur’oni karimga murojaat qiladi. Bu safar u Muso va cho’pon qissasini tasavvufiy talqini keltiradi. Bunda u cho’ponni – komil inson darajasiga ko’taradi. Uning shakkoklik qilib aytgan so’zlarini (Xudoga qarata “sening chorig’ingni tikay, qo’ylaringni boqay” va hokazo deganlarini) komil insonlarning ramzu ishoratlar bilan so’zlashi bilan muqoyasa qiladi. (103-104-betlar.) Muso va ajdaho (Fir’avn sehrgarlarining jodulari) haqidagi qissada ham xuddi shunday tasavvufona talqinni ko’ramiz. Unda tasvirlanishicha, Ajdaho Musoni yutib yuboradi. Shunda:
Urdi shahpar birla Jibril ul zamon,
Ajdaho o’ldi, Muso qoldi amon.
Ya’ni Musoni yutib yuborgan ajdahoni Jabroyil shahpar bilan uradi. Natijada ajdaho o’lib, uning ichidan Muso omon-eson chiqib keladi. Endi ushbu hikoyatning tasavvufona talqiniga e’tibor beraylik:
Ajdahoing – nafs, ruhungdur –Muso,
Jabrail ishqu jafo qilmas, vafo. (106-b)
Ajdaho – nafs, ruhing esa – Musodir, Jabroyil esa ishqdir, degan shoir tasavvufiy ishqni nafsni yengishga va hatto ruhni yutib yuborgan ajdahodek nafsni ham tarbiyalashga qodir ulug’ qudrat deb baholaydi.
Turkiy yozma yodgorliklar orasida Nosiruddin Burhoniddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” deb nomlangan nasriy payg’ambarlar to’g’risidagi ilk turkiy tazkira bo’lganligi bilan ahamiyatlidir. Unga asos qilib muallif albatta, Qur’oni karimda keltirilgan bir qator rivoyatlarni oladi. Qur’onda bo’lmagan tafsilotlarni boshqa rivoyatlardan, Abu Is’hoq Nishopuriyning “Qisas ul anbiyo”sidan, islomga oid kitoblardan keltiradi. Asar badiiy adabiyot namunasi sifatida ham ahamiyatlidir. Sababi unda tafsirlar, hikoyatlar oddiy bayonchilik uslubida bo’lmay, obrazli tilda so’zlaydigan badiiy asar talablariga javob beradigan holda yaratilgan. Bu haqda adabiyotshunos olim I. Ostonaqulov quyidagilarni yozadi: “Qisasi Rabg’uziy” boshdan-oyoq bir syujet chizig’iga ega bo’lmagan asar. O’ttiz uch payg’ambar, to’rt sahoba, yetti tarixiy shaxs va adabiy qahramonlar to’g’risidagi mustaqil qissalardan iborat bir necha hikoyat va rivoyatlardan tashkil topgan bo’lib, har bir mustaqil hikoyat yoki rivoyat mazmun jihatidan asosiy qissaga bog’lanadi.” «Qisasi Rabg’uziy» («Kisasu-l-anbiyo») asarining yaratilish.
Ushbu manba 72 qissadan iborat bo’lgani uchun “Qisas”, ya’ni qissalar nomi bilan yuritiladi. Asarning dastlabki qissasi kosmogoniya, ya’ni Yer, Suv, Borliq va Mavjudotlarning yaratilishiga oid bo’lib, ularning Yagona Yaratuvchisi haqida so’z yuritadi, uning qodir qudratini ulug’laydi. So’ngra esa nabilar tarixi beriladiki, bu tarix ma’lum ma’noda Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarining yaratilishiga sabab bo’lgan, buyuk shoir o’z asarida yuqoridagi qissalardan unumli foydalangan.
Asardagi Nuh, Ya’qub, Yusuf, Sulaymon, Dovud v.b. qissalari qahramonlarining jahon badiiyati xazinasidan o’rin olishida ular hayotiga oid qissalarning ahamiyati katta. Muallif ularni ravon til bilan hikoya qiladi, xalqqa tushunarli bo’lgan ibora va poetik vositalarni faol qo’llaydi. Shuning uchun ham Rabg’uziy qissalari asrlar davomida xalqimizning sevimli asarlari sifatida madaniyatimiz xazinasida o’rin olgan.
Asarning nafaqat badiiy jihati, balki g’oyaviy-ta’limiy ahamiyatini belgilashda “O’zbek adabiyoti tarixi”ning ushbu xulosasi o’rinlidir: “...real tabiatga bo’lgan muhabbatni kuylab, dunyoviy ishlarga bo’lgan rag’batni ifoda etgan, ayni paytda cheklangan axloq-odob ko’rinishlarini tanqid qilib, unga yuksak e’tiqodlarni qarshi qo’ygan “Qisasi Rabg’uziy” asari davr adabiyotida o’ziga xos o’rin tutadi”.
Bu kabi e’tirof va iqtiboslar Rabg’uziy qissalarining hozirgi kun uchun ham asqotarli ekanini ta’kidlaydi. Bu asar talaba yoshlarimizning adabiyot fanidan olgan bilimlarini to’ldiradi, ularni ezgulikka, pok va halol yashashga chorlaydi. Zero, taraqqiyot sari dadil odimlayotgan mustaqil yurtimizda yaratilgan nasriy asarlar Vatan tarixini o’rganishda, hamyurtlarimizning ma’naviy komillik yo’lidagi harakatlarida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.


Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling