1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


Download 111.02 Kb.
bet14/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

...Sadaf ichra tizilmnsh tishlari dur,
Tishiniig sho’lasi durga berur nur.
Ajoyibroq iki la’li badaxshon,
Ko’rarman bo’lmish ul dur uzra g’alton!
Qaroqi jodusi ko’rganni o’rtar.
Yomon ko’zluk ko’zni kun birla o’rtar.
Tilin tebratsa ul, el ko’ngln ovlar,
So’zi afsun mengiz tillarni bog’lar..,
Shirin portreti tasvirida «yuzi shirin, so’zi shirin, o’zi ham» singari xilma-xil badiiy usul va vositalarni ishlatgan shoir uning ma’naviy go’zalligini, sadoqatli yor ekanligini hamda ma’rnfatparvar hukmdor sifatida olib borgan faoliyatini tasvirlashda ham xilma-xil badiiy lavhalar, obrazlar ajrata bilgan. Xisravning farmoni bilan Besutun tog’ida tosh kesib, yo’l ochayotgan Farhod hijron alamida o’rtanib, Shirin tasviriga qarab bunday deydi:
...Kim: «E ko’iglumga ig, ignmga ham em,
Boshimg’a mung, yana boshimg’a marham.
Saning ishqing meni bu ishka eldi,
Keturdi ushbu tosh kesmakka soldi.
Bu yanglig’ ranjim ortti, ish uzadi,
Qarorim qolmadi, sabrum yiradi.
San anda bir og’ir gavhar mengizlik,
Turursan toshlar orasinda gizlik,
Ush andnn o’tru men bu tosh kesarmai,
Guhar ilkimga kirgay teb kusarman».
Bu so’zlarni o’shul suratqa aytur,
Javob etmay yana ingrayu qaytur...
Qutb bayt va misralarning mumkin qadar originalga yaqin bo’lishiga intiladi, u ko’p vaqt Nizomiy misralarini aynan (yoki deyarli aynan) tarjnma qilishga erishadi. Shu bilan birga, Qutb Nizomiy misralarining mazmunini saqlagani holda, ulardagi ayrim murakkab ifodalarni sodda va ravon ifodalar bilan almashtirib, kitobxonga xiyla yengillik tug’diradi. Masalan, u Nizomiyning:
Fasiha k-o’ suxan chu ob gufti,
Suxan bo o’ bo suturlob bigufti
murakkab ifodali baytini soddalashtirib:
Fasihikim ravon so’z so’zlar erdi,
So’zin andin uyolib gezlar erdi,—
deb tarjima qiladi.
Shunday qilnb, Qutb doston tarjimasining mumkin qadar originaliga yaqin bo’lishiga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Biroq Qutb yashagan tarixiy sharoit, kitobxonlarning, ehtiyoji undan «Xisrav va Shirin»ga ayrim o’zgarish va yangiliklar kiritishni ham talab qilar edi. Bunga amal qilgan Qutb «Xisrav va Shirin»ga ayrim o’zgarish va yangiliklar kiritadi, originalga ijodiy yondashib, uni erkin tarjima qiladi. Shunga ko’ra, u dvstonning muqaddimasida:
Nizomiy nazmi yanglig’ tuz so’zungni,
Anii bilgut xoningg’a bu uzungvi...
Qozoatek qaynab-ush savdo pishurdum,
Nizomiy bolidin halvo pishurdum,
degan edi.
Biroq Qutb “Xisrav va Shirin”ga o’ziga xos o’zgartish va yangiliklar kiritdi?
Qutb “Xisrav va Shirin”ga Oltin Urda hayotiga doir lavhalar bazm, ov, to’y, motam va boshqa marosyamlar, davrning saroyi hayoti, turli xil urf-odatlar tasvirini ifodalab, dostonni o’z davriga yaqinlashtirdi, unga yangi boblar qo’shdi; Nizomiy dostonidagi XII asr hayotigagina taalluqli bo’lgan ayrim momentlarni qisqartirdi, ba’zi boblarni chiqarib tashladi yoki bir-biriga qo’shib yuboradi, ularshi tahrir qiladn, o’zbek xalq maqollari aa ta’birllarini kiritadi oryaginal obrazlar va badiiy til vositalarni yaratadi va hokazo...
Oltin O’rda aholisining ko’pchilik qismi chorvachilik va ovchilik bilai shug’ullanar edi. Binobarin, Qutb tarjamasida, Nizomiy dostonidan farqli o’laroq, shahar hayoti bilan birga, chorvachilik va ovchilyak ham keng o’rin oladi; tarjimon dostonni chorvachilar va ovchilar hayotiga doir epizodlar, lavhalar va detallar bilai boyitadi. Masalai, Qutb dostonida tasvirlanishicha, Xusrav biriyachya marta Armanistonga kelganida Mehinbonu uni hashamatli saroyida emas,balki dalada, maysazor bir yerda kutib oladi va ziyofat qiladi (Bu epizod orginalda yo’q). Qutb dostonida qahramonlarning qilich-qalqon bilan qurollanganligi, ularning doim otda yurishi, zo’r chavandoz ekanligi ta’riflanadi. Nizomiy ov tasvirini emas, ov haqidagi o’z mulohazalarini ifodalasa, Qutb ov manzarasini, jumladan, lochin bilan ov qilish marosimini batafsil tasvirlaydi.
Qutb saroy tantanalari va marosimlari, jumladan, saroy ziyofatlari tasvirida ham o’zi yashagan daarni ko’zda tutib, dostonning originalidan birmuncha chekinadi, unga o’zgarishlar va yangi detallar kiritadi: Qutbda may qimizga o’xshash boshqa bir yachimlik bilan almashtiridadi, qo’buz asosiy cholg’u asbobi qilib beriladi, cholg’uvchilarning hammasi ham qo’buzchilar deb yuritiladi, ovqatlar xili va nomi ham o’zgartirilidi ka hokaeo.
Qutb tarjimasida Nizomiy dostonidan farq qiluvchi boshqa o’rinlar ham uchraydi; Masalan, Nizomiy Xisravning taxtga chiqish manzarasini uniig mol-mulki, shon-shavkati ta’rifi bilan boshlasa, Qutb Xisravnnng adolati va saxovati kabi fazilatlarini tasvirlashdan boshlaydi va bu bilan u Xisrav obrazidan kutilgan asosiy maqsadni yanada kuchaytyarib ta’kidlaydi.
Qutb «Xisrav va Shirii» tarjimasda originalidagi ayrim boblarni, masalan, dostonning oxirgi qismidagi «Chihil qissa az «Kalila va Dimna» («Kalila va Dimna»dan qirq qissa»), «Natijai afsonai Xisrav va Shirin» («Xisrav va Shirin afsonasining natijasi»), «Meьroji Muhammad», «Dar nasixati farzayadi xud Muhammad» («Az farzandim Muxammadga vasihat bayonida») va boshqa boblarni bermaydi. Aftidan, tarjimon bu boblar dostonning asosim vovealar va mohiyatn bilan bevosita bog’liq bo’lmagani uchui ularni chiqarib yuborgan. Qutb dostonga ayrim epizod va detallar bnlan byarga yangn boblar him qo’shdb. Dostonnnng muqaddimasidagi «Shahzoda Tinibekxon madhi», “Malika marhuma Xonmalik madhi” va “Kitob nazm qilmoqqa sabab bayonini ayur” boblari shular jumlasiga kiradi.
O’zbek tarjima adabiyotidagi to’ng’ich asarlardan biri bo’lgan “Xisrav va Shirin” o’zbek adabiy tili va o’zbek adabiyotining taraqqiyotida ham muhim bir boylik bo’lib qo’shiladi. Keyingi asrlarda Nizomiy asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish an’anasi davom etdi va rivojlantirildi. Haydar Xorazmiy (XV asr), Nizomiyning “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi” dostonini o’zbek tiliga erkin tarjima qilgan bo’lsa, Ogahiy (XIX asr) Nizomiyning “Haft paykar” (“Yetti go’zal”) dostoinini nasriy yo’l bilan tarjima qildi.

Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling