1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja
Download 111.02 Kb.
|
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 10-ma’ruza. Mavzu:XALQ KITOBLARI Reja
- Tayanch so’z va iboralar
Savol va topshiriqlar:
1. Xalq kitoblari va ularning paydo bo’liishi haqida qanday fikrlarni bilasiz? 2. Qanday xalq kitoblarani eshitgansiz? 3. Xalq kitoblari qadimda xalq ma’naviyatini o’stirishda nechog’lik ahamiyatga ega bo’lgan, deb o’ylaysiz? 4. Afsonalar, asotirlar va rivoyatlar xalq kitoblarining g’oyaviy-badiiy saviyasiga nechog’lik ta’sir o’tkazgan? Adabiyotlar: 1. Ibohim Adham qissasi. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1991. 2. Abo Muslim jangnomasi. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1992. 3. Qissai Mashrab. Xalq kitoblari seriyasidan. Toshkent: Yozuvchi, 1992. 4. Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O’qituvchi 1976. 10-ma’ruza. Mavzu:XALQ KITOBLARI Reja: 1. “Ibrоhim Аdhаm” va “Аbu Muslim jаngnоmаsi” аsаrlаrida muayyan ta’limot g`oyalarining badiiy ifoda topganligi. 2. Kеyingi аsrlаrdа yarаtilgаn хаlq kitоblаri. 3.“Qissasi Mashrab”. Хаlq kitoblari badiiyati. Tayanch so’z va iboralar: Og’zaki adabiyot Yozma ijod Xalq kitoblari Kitobat Afsona, rivoyat Asotir Qadim O’rta asrlarda xalq orasida muallif noma’lum bo’lgan yozma adabiyot yodgorliklari – xalq kitoblari paydo bo’lgan. Bu isteloh ilk bora XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida olmon olimi Gyorres tomonidan qo’llanilgan bo’lsa ham, aslida qissaxonlik, dostonxonlik - keng ma’noda kitobxonlikdan iborat ulkan ma’naviy, ma’rifiy an’ana Sharqda, xususan O’rta Osiyoda ilk O’rta asrlardayoq keng tarqalgan. Xalq kitoblarining o’qiladigan asosiy joy – hamma vaqt odam gavjum bo’ladigan Sharq bozorlari hisoblangan. Biror yumush bilan bozorga borgan kishilar sershox gujum soyasida o’tirib, bor ovozi bilan yo yoddan, yoki qalin kitoblardan o’qilayotgan qissa yoki dostonlarni eshitib, bir oz bo’lsa-da huzur olganlar. Xalq kitoblarining asosiy xususiyatlaridan biri – xalq kitoblarining muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz hatti-harakatlari misolida butun xalqning tarixini ideallashtirib ko’rsatishda ko’zga tashlanadi. Xalq kitoblaridagi mana shu ulkan umumbashariy ruhni ko’p yillar to’g’ri anglamaslik, ularga qarshi kurashish natijasida xalqimiz ma’naviyatini naqadar pasaytirganligi ma’lum. O’zbek adabiyotshunosligida xalq kitoblarining asosiy xususiyatlari, janr tabiati haqida ikki xil qarash mavjud: Birinchisi shuki, xalq kitoblari alohida janr bo’lib, u qissa deb yuritiladi. Bunday qarashga ko’ra xalq kitoblarini tashkil etuvchi ulkan material janr nuqtai nazaridan faqat qissa janriga mansub. Ikkinchi xil qarashga ko’raxalq kitoblari qissa, doston kabi janrlardan tashkil topgan. Binobarin, “xalq kitoblari” atamasi mazkur ikki janrga mansub asarlarning manbalari va hayotiy-estetik vazifasini anglatadi, xolos. Bizning nazarimizda ikkinchi qarash haqiqatga yaqindir. Chunki xalq orasida yuzaga kelgan turli-tuman syujetlarning o’qilishi, badiiy ijod bilan shug’ullanuvchi shaxslar tomonidan ayrim qayta ishlashlar, sayqal berishlar orqali kitobat qilinishi xalq kitoblarini yuzaga keltirgan. Xalq kitoblaridagi mavzular qamrovi ham tarixiy, ham jug’rofiy, ham axloqiy, ham siysiy jihatlari juda kengdir. Unda muqaddas “Qur’oni karim” syujetlari bilan aloqador Yusuf qissasidan tortib, Abo Muslim jangnomasigacha, avliyoyu anbiyolardan tortib, Jamshid, Rustamu dostongacha, Ahmad zangidan tortib, Iskandar haqidagi qissagacha – barchasi xalq kitoblari uchun barhayot mavzu bo’lib hisoblanadi. Mavzu ko’lamining ham eniga, ham bo’yiga bu qadar keng va chuqur bo’lishining o’zi xalqimiz madaniyati tarixidajuda ham ulkan ahamiyat kasb etganligidan dalolat beradi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi tarixida xalq kitoblarining ajoyib namunalari behisob. Ularning aksariyati butun musulmon dunyosi uchun alohida ahamiyat kasb etadi, aksariyati esa elimiz, xalqimizningbahodirona o’tmishini, bosqinchilarga qarshi, ozodlik uchun olib borgan mardona kurashini ta’rifu tavsif etadi. Bunday asarlarning yana bir o’ziga xos xususiyati, ularning asosini muayyan shaxs (Abo Muslim, Ibrohim Adham yoki Boborahim Mashrab) yoki voqea-xodisa (Abo Muslim qo’zg’oloni bilan bog’liq) haqidagi rivoyat va qissalar tashkil etishidir. Asarda real tarixiy voqealar ham, qo’shimcha badiiy to’qimaga xizmat qiluvchi hikoyatlar ham aks etgan. Ammo tarixiy voqealar ham badiiy usulda bayon etilgan. Bunga “Qissai Mashrab”, “Bobo Ravshan”, “Ibrohim Adham” nomli asarlarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Yana shuni ham aytish kerakki, so’fiyona hikoyat kitoblari ham anchagina. Shu kabi tazkiralarda ham naqlu rivoyatlar ko’p keltiriladi. Muhim jihatlardan yana biri har bir shayx xislatlariga qarab naql va rivoyatlarning guruhlantirilganidir. Masalan, Robiya Adaviya haqida gap ketganda ishq-muhabbat mavzusida, Ibrohim Adhamga nisbatan taqvodorlikka oid, Boyazid Bistomiy haqida so’z borsa, bexudlik haqida rivoyatlar keltiriladi. Nasriy qism nihoyasida esa qahramon nomi yoki faoliyati bilan bog’liq namunalar berib boriladi. Ko’p o’rinlarda she’riy asarlar rivoyat va qissalar mazmuniga mos kelmaslik hollari odatiy hodisa hisoblanadi. Shunday manoqiblardan tuzilgan xalq kitoblaridan biri – “Qissai Mashrab” hisoblanadi. Ko’pgina tadqiqotchilar “Qissai Mashrab”dagi rivoyatlar “shoir shaxsi buzib ko’rsatilgan” yoki “Mashrab haqidagi aqlga sig’maydigan, ishonish qiyin bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan” deb yoziladi. Bizningcha, “Qissai Mashrab” tipidagi xalq kitolariga kiritilgan asarlar o’zbek folklorining tarixiy rivoyat va tarixiy afsona janriga mansub hikoyalar hisoblanadi. Binobarin, qissadagi shoir to’g’risidagi xalq rivoyatlari va afsonalarining Pirmat Setoriy tomonidan jamlanib, badiiy jihatdan qayta ishlanib, kitobat qilingan namunalaridir. Keyinchalik el orasida tarixiy nasr namunasi sifatida ommalashib ulgurgan bu rivoyat va afsonalarxalq og’zaki ijodiyotining mahsuli bo’lib, bizgacha asosan yozma va og’zaki tarzda yetib kelgan. Roviylar shoir haqidagi rivoyatlarni sevib kuylaganlar, o’zining butun umrini haqiqatga yetishish yo’lida aziyat chekishga sarflagan Mashrabning befavo olamda ma’naviy tubanlik, razolat, aqliy najosatga botgan insonlarga – podsholardan tortib qozigacha, soxta olimu vafosiz obidgacha, o’g’ridan tortib nobop dehqongacha bo’lgan naftar-g’azabi, Haq ishqi yo’lidagi sobit imoni el-ulus orzu-umidlarining ifodasi ifodasi yanglig’ tobora majoziylashib, afsonaviylashib borgan. “Qissai Mashrab”dagi hikoyat va rivoyatlar O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi folklori an’analari asosida yaratilgan. Roviylar goh el orasida aytilib yurgan mashhur hikoyatlarni Mashrab nomi bilan bilan bog’lab, qayta ishlashgan bo’lsalar, ba’zida shoirning g’ayritabiiymo’jizalarga boy sarguzashtlarini (masalan o’tda yonmasligini, Xizr bilan uchrashashi, suv ostiga kirib, ancha vaqt turib qolishi, o’z taqdirini oldindan karomat qila olishi kabi) tasvirlarda xalqimizning mifologik tasavvurlaridan foydalanganlar. Ayrim qissa va diniy rivoyatlar syujeti esa bevosita Mashrab haqidagi rivoyatlarga singdirib yuborilgan. Ba’i bir xalq kitoblarining muallif taxminiy holda bayon etilgan o’rinlar ham uchraydi. Jumladan, arab, fors va turkiy adabiyotlarda tengi yo’q deb ulug’lanadigan xalq qahramoni Abu Muslim Marvaziy haqidagi “Abo Muslim jangnomasi” deb nomlangan xalq kitobining muallifi Abutohir ibni Husayn ibni Ali ibni Muso Tasturiy deb qayd etiladi. Xalq kitoblarining yana bir asosiy xususiyati unda xalq afsonlari, asitir va rivoyatlarining qo’llanilishidir. Jumladan, “Qissai Mashrab”dagi Mulla Bozor oxund bilan Mashrab o’rtasidagi munozarada Odam Ato va uning nasli haqidagi diniy afsonadan foydalanilgan. “Alqissa, Mulla Bozor oxund Mashrabning oshiqona so’zlarini eshitib, ofarinlar qilib, Mashrabning haqqiga duoi hayrlar qildilar. Andin so’ng aydilar: “Ey o’g’lum, ato va anoing xizmatlarida bo’lg’il!” shoh Mashrab aydilar: “Oshiqning atosi va anosi bo’lmas, ey oxunim! Sizdin bir savolim bor. Agar javob bersangiz, atom birla anom xizmatlarida bo’lsam, bo’layin”. Oxund aydilar: “O’shal kunikim Xudoyi taolo Hazrati Odam alayhissalomni o’z qudrati kamilasi birla paydo qilib, yer yuziga tushirdi, anda Hazrati Odam alayhissalom aydilar: “Maning pushti kamarimdin farzandlar paydo qilib, olamni to’ldirg’aysen, andog’ ersa, alarning ruhlarini manga ko’rsatgil!”, deb. Xudoyi taolodin nido keldi: “Ey, odam, o’ng qo’lingga qaragil!” Hazrati Odam alayhissalom qaradilar ersa, tamom oq kiyingan arvohlarni ko’rdilar. Aydilar: “Xudovando bular kimlardir?” nido keldiki: “Ey Odam, bular sening solih farzandlaringning arvohlaridur!”. Yana farmon bo’ldiki: “Yo, Odam, so’l qo’lingga qaragil!” Hazrati Odam alayhissalom qaradilar ersa, tamom qora kiyingan arvohlarni ko’rdilar, aydilar “Xudovando bular kimlardir?” nido keldiki: “Ey Odam, bular kofir farzandlaringning arvohlaridur!” ey, oxundim. O’shal paytda menim ruhim qaysi tarafda erdi? As’hobi yaminda erdimu, yo as’hobi shimolda erdimu? Agar darhaqiqat o’ng tarafda bo’lsa, men xotirjam bo’lib, subhu shom ato-anomning xizmatlarida bo’layin!”, dedilar. Odam Ato haqidagi bu qadimiy rivoyat syujet qissa tarkibiga ko’chganda muayyan poetik o’zgarishlarga uchragan bo’lib, qachonlardir ro’yi zaminga yaxshi va yomon odamlarning paydo bo’lishini, o’ng-chap, oq-qora, ezgulik-yovuzlik kabi tushunchalarning mohiyatini izohlashga xizmat qilgan bu asotir mashrabning zukkoligini, teran fikr sohibi ekanliginiishonarli tarzda tasvirlash maqsadida keltirilgan. Umuman olganda, xalq kitoblari o’zbek xalq og’zaki ijodining va yozma adabiyotning takomilga yetishida ulkan ahamiyat kasb etdi. Download 111.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling