1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


Download 111.02 Kb.
bet17/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

Savol va topshiriqlar:
1. Tarjima adabiyoti asaon qaysi davrda shakllandi?
2. Sharq tarjimachiligi Yevropa tarjimachiligidan nimasi bilan farq qilardi?
3. Sayfi Saroyi buyuk fors-tojik klassigi Shayx Sa’diyning «Guliston» asarini tarjima qilish bilan o’z oldiga qanday maqsad qo’ygan edi?
Adabiyotlar:
1. Mallayev N. O’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent: O’qituvchi 1976.
2. Sa’diy Sheroziy Guliston. Toshkent: Fan. 2005.
3. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari. Nashrga tayyorlovchilar: N. Rahmonov, H. Boltaboyev. Toshkent


13-ma’ruza.
MAVZU: MANOQIBLAR


Reja:
1. Маnoqiblarning paydo bo`lishi.
2. Manoqiblarning janr tabiati.
3. Manoqiblarning tuzilishi. Manoqiblar va hikoyat janri.
Tayanch so’z va iboralar:
Tazkira
Manoqib
“Yatimat ad-dahr fi mahosili ahli asr”
“Nafahot ul-uns”
Hikoyat

Mumtoz adabiyotning bir o’ziga xos janri “tazkira”lardir. Tazkira – arabcha zikr etmoq, ya’ni eslash, tilga olish degan so’zdan kelib chiqqan. Sharq, jumladan, o’zbek adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr hisoblanadi. Tazkiralarda zikr etiladigan shaxslar haqida muxtasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning ijodi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Ularning asarlaridan namunalar (odatda bir necha bayt hajmida) keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqida umumiy ma’lumotlar berish bilangina cheklanib qolinmasdan, she’riyat va uning nazariy masalalari bilan bog’liq e’htiborga molik fikr-mulohazalar, ma’lum bir davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma’lumotlar ham o’rin oladi.


Adabiyot tarixida shoirlar haqida emas, olimlar va avliyolar haqida ham tazkiralar yaratilgan. Tazkira yozish an’anasi dastlab arab va fors adabiyotida shakllangan bo’lib, keyinroq turkiy adabiyotda ham keng ommalashdi. Tazkiraning eng qadimgi namunasi sifatida Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat ad-dahr fi mahosili ahli asr” (“Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona” XI asr) asari e’tirof etiladi. Turkiy tildagi ilk tazkiralar sifatida Navoiyning “Majolis ul-nafoyis” asri ko’rsatiladi.
Tazkiralar ikkiga bo’linishi ma’lum. Birinchisi, ilmiy tazkiralar bo’lib, ularda shoir va olimlar haqida ma’lumotlar va yuqoridagi fikrlar keltiriladi. Unga tazkira muallifining munosabati bildiriladi. Navoiyning “Majolis ul-nafoyis”, Muhammad Avfiy Buxoriyning “Lubob ul-albob” (“Bilimlar mag’zi”, XII asr), Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro”(XV asr), Meleho Samarqandiyning “Muzakkir ul-ahbob” (XIX) asr kabi asarlarni kiritish mumkin.
Navoiy Majolisun-nafois” tazkirsini 1491-98-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma’lumot keltiriladi. Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ul-shuaro” va Jomiyning “Bahoriston” nomli tazkiralariga havas qilganini aytib o’tib, shunday yozadi: “... chun bu maqsudg’a yetildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisg’a mavsum bo’ldi va majmuig’a “Majolisu-n-nafois” ot qo’yildi”.
7-majlis Amir Temur va 22 nafar iste’dodli temuriy shahzoda haqidagi ma’lumotlar uchraydi. Majlis Temur Ko’ragon nomi bilan boshlanadi. Navoiy Temurning she’riyatga alohida e’tibori borligini aytib o’tadi. “Temur Ko’ragon — agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqe’da o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’oni ming yaxshi bayt aytqoncha bor”... Shohruh Mirzo, Halil Sulton, Abulqosim Bobur Mirzo, Husayn Boyqaroning o’g’illari Sulton Badiuzzamon va Shohg’arib Mirzo, “Latofatnoma”ning muallifi Said Ahmad Mirzo, Ulug’bekning o’g’li Abdulatif Mirzo, Samarqand hukmroni Sulton ali Mirzo va boshqa amirzodalar haqida so’z yuritib, ularning ko’plari turkiygo’y ekanliklarini ta’kidlaydi.
B o b u r M i r z o — darveshvash va foniy sifat va karim ul-axloq kishi erdi. Himmati olida oltunning dag’i kumushning tosh va tufrog’cha xisobi yo’q erdi. Tasavvuf risolalaridin “Lama’ot” bila “Gulshani roz”g’a ko’p mash’uf erdi...
Agarchi turkcha nazmlar ham aytur erdikim, barchag’a qabul erdi. Ammo u bayt ham aningdurkim:
Necha yuzung ko’rub hayron o’layin,
Ilohi, men sanga qurbon o’layin.
Tazkiraning ikkinchi turi “manoqibiy tazkira” deb ataladi. Bu janr tasavvuf adabiyotida keng tarqalgan janr sanaladi. “Manoqib”ning ma’nosi birovni ta’rif-tavsif etish demak. Ya’ni bunday asarlarda nom chiqargan shayxi murshidlarning karomat va holatlari, muridlarga munosabati ta’riflanadi, aniqrog’i, badiiylashtirib, mubolag’ali qilib tasvirlanadi. Natijada, shayxning o’ziga xos obraz-timsoli gavdalantirilgan. Maqsad — shayxning faoliyati, so’zi va ishlarini boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish edi. Bunda naql, rivoyat va hikoyatlar kel-tirish usulidan keng foydalaniladi. Ba’zi hikoyatlaru rivoyat-larni turli “manoqib”larda uchratish mumkin (ko’chib yuruvchi rivoyatlar). Rivoyatlar tarixiy voqealar bilan qo’shib yuborilgan manoqiblar ham bor. Masalan, “Manoqibi hazrati Xoja Bahouddin Naqshband” (Muhammad Boqir asari) nomli manoqib to’rt qismdan iborat:
1) Shayxning tavalludi va tarbiyasi, pirlari;
2) Faoliyati, so’zlari, nasihatlari;
3) Karomatlari;
4) Murid tarbiyasidagi usuli.
Asarda real tarixiy voqealar ham, qo’shimcha badiiy to’qimaga xizmat qiluvchi hikoyatlar ham aks etgan. Ammo tarixiy voqealar ham badiiy usulda bayon etilgan. Natijada, asarda hazrat Bahouddin Naqshbandning go’zal siymosi, ulug’vor ruhoniy rahbar sifatidagi xislatlarini ko’rish mumkin. Yana shuni ham aytish kerakki, so’fiyona hikoyat kitoblari ham anchagina. Shu kabi tazkiralarda ham naqlu rivoyatlar ko’p keltiriladi. Muhim jihatlardan yana biri har bir shayx xislatlariga qarab naql va rivoyatlarning guruhlantirilganidir. Masalan, Robiya Adaviya haqida gap ketganda ishq-muhabbat mavzusida, Ibrohim Adhamga nisbatan taqvodor-dikka oid, Boyazid Bistomiy haqida so’z borsa, bexudlik haqida rivoyatlar keltiriladi. Bunday manoqibiy tazkiralar sirasiga Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarini kiritish mumkin. Bu asar Jomiyning “Nafahot ul-uns” asarining erkin tarjimasi hisoblanadi.
Adabiyotshunos olim N.Ramazonov “Nasoyim”ning o’ziga xos xususiyatlariga doir” maqolasida “Nasoyimu-l-muhabbat” va “Nafahot ul-uns”ni qiyoslar ekan, hazrat Navoiy tazkiraning kirish qismini tarjima qilmasdan, o’zi yozganligini aytadi.
Jomiy asaridan oldin Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” nomli tazkirasi ham mashhur ediki, Navoiy “Nasoyimu-l-muhabbat”da mazkur asardan ham foydalangan. Demak, tazkira tarjimadan orginallikka yaqin maqomda turadi.
Tazkira muqaddima va asosiy qism va xotimadan iborat. Muqaddimada hamd, na’t, asarning yozilish sabablari bilan bir qatorda “Bu toifa sulukida muqaddima tahmidi” va “Bu toifa a’molu af’ol va muomilotu riyozotidan ba’zisini zikr qilmoq” hamda “Avliyoullohga voqe’ bo’lg’on xavoriqu odotu karomat bayoni” deb nomlangan uch kichik bo’lim ham mavjud.
“Bu toifa sulukida muqaddima tahmidi” bo’limida payg’ambarlar odamzodni yaxshi yo’lga solish uchun yuborilganligi, Muhammad alayhisalom risolatidan keyin payg’ambarlik yakunlanganligi, biroq bu ish endi avliyolar zimmasiga tushganligi haqida so’z boradi. “Bu toifa a’molu af’ol va muomilotu riyozotidan ba’zisini zikr qilmoq” bo’limida muallif avliyolik – oriflik maqomining xususiyatlari haqida fikr yuritadi.
“Avliyoullohga voqe’ bo’lg’on xavoriqu odotu karomat bayoni” bo’limida avliyolarning g’ayrioddiy hatti-harakatlari haqida fikr yuritib, valiy zotlarning bir vaqtning o’zida bir necha joyda hozir bo’lish, suv ustida yurish, havoda uchish, kishi ko’nglidagini bilish kabi karomatlarining haq ekanligini aytib o’tiladi. Shundan keyin asosiy qism boshlanadi. Navoiy avliyolarning ba’zilari haqida juda mukammal va ba’zilari haqida aksincha, juda oz ma’lumotlar beradi. U avliyolar sultoni Uvays Qaraniy haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan boshlanadi. U Ollohga yashirin ibodat qilgani sababli qiyomatda yetmish sing farishta Uvays suratiga kiritilar va Qaraniy ular orasida yurib, jannatga kirar emish. Ma’lumki, bu zot payg’ambarimizni biror marta ko’rmasalar-da, ulardan g’oyibona fayz, tarbiyat olgan. Risolada shu sababli qaysi bir muridga o’tgan avliyolar orqali g’oyibona ta’lim berilsa, u uvaysiy deb atalishi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Tazkirada yana avliyolarning hikmatli so’zlari, hayotidagi muhim va asosiy qalamga olingan.



Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling