1-ma’ruza Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va taraqqiyоt bosqichlari, asosiy yo’nalishlari Reja


Download 111.02 Kb.
bet16/20
Sana03.02.2023
Hajmi111.02 Kb.
#1151415
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-ma’ruza Mavzu O‘zbek mumtoz adabiyоtining shakllanishi va tar

Avvalgi bob: salotmi siyrati ichinda turur,
Ikkinchi bob: fuqaro axloqi ichinda turur.
Uchinchi bob: qanoat fazilati ichinda turur.
To’rtinchi bob: sukut foydasi ichinda turur.
Beshinchi bob: ishq dag’i yigitlik sifati ichinda turur.
Oltinchi bob: qariliq dag’i zaifliq snfati ichnida turur,
Yetgiyachi bob: tarbiyat ta’siri ichinda turur,
Sakkizinchi bob: suhbat adablari ichinda turur.
Shayx Sadiy “Hunarga eg’a bo’lgan donishman kishi uchun xayotda ikki umr kerak, tokim birida tajriba hosil qilsin, ikkinchisida shu tajriba asosida ish ko’rsin”, degan edi. Sa’diynnyag o’ei buni boshidan kechirdi. Yoshlik va yigitlik yillarini sayohat va izlanish bilan o’tkazdi, keksalik va qarilik ayyomida o’tmishi va hayot tajribalarini badiiy asarlarida aks ettirib, ijod etishga berildi.
“Guliston” taraqqiyparvar fikr-mulohazalarni, insondo’stlik, ezgulik, do’stlik, sadoqat kabi umumbashariy motivlarni ilgari suradi, muhitining ayrim illatlarini dadillik bilan fosh qiladi, kishilarga o’git, pand-nasihat beradi. Sayfi Saroyi mana shu g’oyaviy motivlarni tur-kiy xalqlar orasida targ’ib qilish bilan Shayx Sa’diyning ovoziga jo’r bo’ladi.
“Guliston”da mamlakatning va el-yurtning taqdiri birinchi navbatda podshonint faoliyati va uning ma’naviy dunyosi bilan bog’lab talqin qilinadi. Dukmdorlarni adolatga yo’llash, odillarni ta’rif-tavsif etish va zolimlarni qoralash “Guliston” niig muhim g’oyaviy motivi bo’lib, shu g’oyani badiiy mujassamlashtiruvchi ko’pgina hikoya va tamsillar keltiriladi, maqol va hikmatlar beriladi:
Zulm qilsa malik raiyatqa,
Lojaram mamlakat xarob bo’lur.
***
Kim zulm elin uzatsa sultoi bo’lurmi, bo’lmas,
Qo’ylarga qurt hargiz cho’pon bo’lurmi, bo’lmas.
***
Ketsa jahon viloyatin tark etib humoy,
Boyqush ko’lankasiga kishi kelmagi muhol.
***
Sig’ar bnr hujraga o’n nkki mehmon,
Bir iqlima sig’ishmas ikki sulton.
Sa’diy va Sayfi Saroyi karam va saxovatni maqtyay, baxillikni qoralab, kishilarni himmatli va saxovatli bo’lishga chaqiradilar, ezgulik va shafqat-muruvvatni ta’riflaydilar. Birovlarinng yukini ko’tarib, mushkulini osoi etgan eshakmiya mardumozorlardan avlo bilib:
...Eshak ul odamiydin yaxshiroq kim,
Qilur doim kishining ko’ngdin ozor,— deyiladi.
“Guliston”da ovqat me’yori, o’zini tuta bilish va boshqa axloq-odob masalalari haqida ham qnmmatli o’gitlar bor. Ilm-ma’rifat va olimlarga e’tiqod, ehtirom masalalari “Guliston”dan sezilarli o’rin olgan. Ilm-ma’rifat kishining uzug’ fazilati va boyligi. Kishi hamma narsani yo’qotishi, o’g’irlatib qo’yishi mumkin. Lekin ilm-ma’rifat aslo yo’qolmaydi. Amyao ilm bo’lib unga amal qilmasa — u johildir:
So’zung bu durur kim men falon olimman,
Chun yo’q amaling yana hamoya johilsan.
“Guliston” xudbinlik, kibr-havo, maqtanchoqlik va nasl-nasab yoki amal bilan kerilish illatlarini ham qattiq qoralaydi.
“Guliston” ajoyib hikoyalar majmuasidir. “Guliston” hikoyalari hajm jihatidan juda kichik, lekin mazmunan boy, ibratln hikoyalardir. Bu hikoyalar insofsizlik va adolatsizlikni, nodonlik va jaholatni qoralaydi, olijanob insoniy fazilatlarnn targ’ib etadi. Ularda No’shiravon, Hotam, Mahmud, Ayoz va boshqa tarixiy nomlar bilan yuritilunchi obrazlar, yarim tarixiy, yarim afsonaviy shaxslar obrazlari berilgan. No’shiravon haqidagi hikoyalardan birida ovga chiqqan shohning ovqat uchun haqini to’lab bir xonadondan tuz olishini bayon qilar ekan, hikoyani «qissadan hissa» chiqarib, quyidagi misralar bilan tugatadi:
Raiyat bog’ining sulton olib yesa bir olmasin,
Yuz ormudin yegay bir qul birini ilmaynn tishka.
Buyursa besh yumurtkani olurg’a kuch bila sultoi,
Navkarlari tutub sanchar yigirma kozni bir shishka.
Sarfi Saroiy tarjimasidan keyin bir qator o’zbek mutarjim va shoirlari, ijodkorlari ham “Guliston”ga murojaat qilishgan. Ogahiy (XIX asrning ikkinchi yarmi) va XX asrda ham Mullo Murodxo’ja va boshqalar tomonidan bir necha bor o’zbek tiliga o’girilgan.

Download 111.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling