Javob: Archada olma nima qilsin. 2-savol: Odamlar nega orqaga burilib qarashadi ? Javob


Download 14.64 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi14.64 Kb.
#1138468
Bog'liq
mantiqiy savollar


1-savol:3ta archa o’sardi. Har birida 7tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3tadan olma meva bor . Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi ?
Javob: Archada olma nima qilsin.

2-savol: Odamlar nega orqaga burilib qarashadi ?
Javob: Chunki orqasida ko’zi yo’q .

3-savol: O’n metrlik narvondan sakrab tushib hech bir jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Javob: Narvonning birinchi zinasidan sakrash.

4-savol: Itning bo’yniga 3metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5metr yura oldi. U bunga qanday erishgan?
Javob: Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan.

5-savol: Xonaning qayeriga Qalam qo’yilsa , uning ustidan sakrab bo’lmaydi ?
Javob: Burchakka

6-savol: Bir qurbaqa 30m quduqdan Kunduz 3m yuqoriga , kechalari 2metr pastga harakat etsa , quduqdan necha kunda chiqadi?
Javob: 28 kunda chunki oxirgi kuni orqaga harakat qilmaydi.

7-savol: Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi ?
Javob: 12marta

8-savol: Shunday ikki son topingki , ularning ko’paytmasi 28 bo’lib , kattasini kichkinaga bo’lganda ham 28 chiqsin?
Javob: 28 va 1

9-savol: 4ta besh raqami va arifmetik amallar yordamida 100 hosil qiling !
Javob: (5*5-5)*5=100

10-savol: 12ta odam bir-biri bilan salomlashganda salomlar soni nechta bo’ladi?
(Bitta odamga ikki marta salom berish va o’z-o’ziga salom berish yo’q )
Javob: 11+10+9+8+7+6+5+4+3+2+1=66
Download 14.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling