- Mavzu: Qushlar (aves) sinfi
1.Qushlar sinfiga xos umumiy xususiyatlar. - 1.Qushlar sinfiga xos umumiy xususiyatlar.
- 2.Tashqi tuzilishi. Teri qoplami va teri hosilalari.
- 3.Skeleti va muskullari.
- 4.Ovqat hazm qilish, nafas olish va qon aylanish tizimlari.
- 5.Nerv tizimi va sezgi a’zolari.
- 6.Ayiruv va jinsiy a’zolari.
1.Tanasi pat va par bilan qoplangan; - 1.Tanasi pat va par bilan qoplangan;
- 2. Nerv sistemasi va xatti-harakatlari murakkab;
- 3. Gomoyoterm va tana harorati yuqori;
- Oldingi oyoqlari qanotga aylanganligi sababli uchish qobiliyatiga ega;
- 5. Modda almashinuvi jadal;
- 6. Tuxum qo‘yib ko‘payadi;
- 7. Tanasida bezlar rivojlanmagan (quymich bezidan tashqari);
- 8. Jag‘lar o‘rniga tumshuq shakllangan va tishlar yo‘q;
- 9. Skeleti o‘ziga xos (suyaklari pnevmatik, qovurg‘alari o‘simtali, tos suyagi ochiq tipda, ilik suyagi, ko‘krak toji suyagi);
- 10. Yuragi to‘rt kamerali, qon aylanish tizimi takomillashgan;
- 11. Nafas olishda o‘pkadan tashqari havo xaltachalarining ham ishtirok etadi.
- 3.Gavda haroratining doimiy yuqori bo‘lib turishi (gomoyotermik)
- 1.Qushlarning ko‘ruv va eshituv organlarining yaxshi taraqiiy etganligi
- 5.Havoda oson harakatlanishni ta’min etadigan va differensiyallangan murakkab pat qoplamining yuzaga kelganligihavoda uchish uchun yordam qilib, qushlarning tarqalishi va oziq topishiga keng imkoniyatlar ochib bergan murakkab moslamalar kompleksi borligidir.
- 2.Bosh miyasining murakkab rivojlanganligi
- 4.Qushlarning yuragi to‘rt kamerali bo‘lishi,
- Kaptarning gavdasi ham boshqa qushlarnikiga o‘xshab pat va parlar bilan qoplangan. Tanasi tuxumsimon shaklda, boshi kichkina va yumaloq. Boshining oldingi tomonida tumshug‘i bor, tumshug‘i ikki qismdan, ya’ni yuqorigisi - tumshuq usti va pastkisi - tumshuq ostidan iborat. Tumshug‘i shox parda bilan qoplangan suyak jag‘laridan tuzilgan. Hozirgi yashab turgan qushlarda tishlari bo‘lmaydi. Bu esa ularning uchishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tana massasini yengillashtiradi. Qushlar tumshug‘i yordamida oziq yig‘adi, ko‘pchiligi oziqni tumshug‘i bilan maydalaydi, uya quradi, dushmanlardan o‘zlarini himoya qiladi. Umuman qushlar tumshug‘ining kattaligi va shakli oziq turiga qarab turli qushlarda har xil bo‘ladi.
- Tumshug‘i asosida burun teshiklari joylashgan. Boshining ikki yonida yirik ko‘zlari bo‘lib, ularda ustki va pastki qovoqlardan tashqari yumgich pardalari ham bor. Ko‘zlaridan orqaroqda birmuncha pastda patlari orasida quloq teshiklari joylashgan. Ayrim qushlar (qirg‘ovul, qur)ning boshida go‘shtdor hosilalari- taroq va halqalar bo‘ladi. Umuman, qushlarning gavdasi (kaptar, qarg‘a, chumchuq) nisbatan kichik boshi, uzun harakatchan bo‘yni, tuxumsimon tanasi hamda bir juftdan oyoq va qanotlardan iborat. Havoda ular boshini oldinga chiqarib, oyoqlarini tanasiga tortib yoki orqaga uzatib uchadi. Bunda ularning tanasi havo qarshiligiga kamroq uchraydigan shaklga keladi. Qushlarning dumi kichrayib, go‘shtdor kichkina do‘mboqqa aylangan, bu do‘mboqda yelpig‘ichdek yozila oladigan uzun-uzun serbar patlar bo‘ladi. O‘zgarib, qanotga aylangan oldingi oyoqlari lotincha «Z» harfi shaklida bo‘ladi, ya’ni bu oyoqlarining uchta asosiy bo‘limi bir-biriga nisbatan biror burchak ostida turadi va shunga ko‘ra butunlay yozila olmaydi
- 80-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi:
- 1 – bosh; 2 – bo‘yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq;
- 6 – ostki tumshuq; 7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi;
- 10 – barmoqlar; 11 – ilik
- 1 – yelka suyagi; 2 – bilak
- suyagi; 3 – panja suyaklari;
- 4 – muskullar; 5 – birinchi
- tartib qoqish patlari; 6 –
- ikkinchi tartib
- qoqish patlari
Do'stlaringiz bilan baham: |