1. Qushlar sinfiga xos umumiy xususiyatlar


Download 1.8 Mb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1397214
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qush ochiq dars uchun

Nafas olish organlari.

  • Havo o‘pkaga burun teshiklari, og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, traxeya va 2 ta bronx orqali o‘tadi. Kaptarning og‘zini ochib qaralsa, tilining orqasida yoriq borligini ko‘rish mumkin. U ustki hiqildoqqa tutashadi. Ustki hiqildoq 3 ta – uzuksimon va bir juft cho‘michsimon tog‘aylardan tashkil topgan. Hiqildoq halqa tog‘aylar bilan o‘ralgan traxeyaga ulanadi. Traxeya qushning butun bo‘yni bo‘ylab, qizilo‘ngachdan oldinda joylashgan. Traxeyaning pastki qismida pastki hiqildoq bo‘lib, u ovoz apparati vazifasini bajaradi. Shu apparat tufayli qushlar har xil ovoz chiqarishi va sayrashi mumkin. Traxeya o‘ng va chap o‘pkalarga kiradigan 2 ta bronxga bo‘linadi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan joyda o‘rnashgan va tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o‘xshash bo‘ladi (156 - rasm). Qushlarning o‘pka tuzilishi sudralib yuruvchilarnikidan o‘pka to‘qimalarida bronxlarning va qon tomirlar kapillyarlari juda ingichka tarmoqlarining o‘ralashib ketganligi bilan farq qiladi. Bronx tarmoqlarining bir qismi o‘pka orqali o‘tadi va uning tashqarisida yupqa devorli havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari qush tanasining turli qismlarida (ichki organlar va muskullar o‘rtasida, teri ostida va hatto, skeletining naysimon suyaklari ichida) joylashadi. Ularning umumiy hajmi o‘pka bo‘shlig‘i hajmidan qariyb 10 marta katta bo‘ladi. Havo xaltachalari qush tanasining zichligini kamaytiradi, uchish vaqtida ichki organlarini qizib ketishdan saq-laydi. Qushlar har xil holatda turlicha nafas oladi.

Qon aylanish sistemasi.

  • Qushlar qon aylanish sistemasining asosiy xarakterli xususiyatiga, avvalo, ular yuragining nisbatan katta va to‘rt kamerali bo‘lishi, ya’ni 2 ta yurak bo‘lmasi va 2 ta yurak qorinchasining borligi, yurakning chap yarmida arteriya qoni va o‘ng yarmida vena qoni bo‘lishidir. Qushlar qon aylanish sistemasining sudralib yuruvchilar qon aylanish sistemasidan asosiy farqi, ularning arteriya qoni hech qachon vena qoni bilan aralashmaydi. Chap yurak qorinchasidan faqat bitta o‘ng aorta yoyi chiqadi. Qushlarda ham ikkita, ya’ni katta va kichik qon aylanish doiralari bor. Chap yurak qorinchasidan boshlanadigan katta qon aylanish doirasidan arterial qon arteriyalar orqali butun gavdaga tarqaladi va u yerda venoz qonga aylanib, venalar orqali o‘ng yurak bo‘lmasiga tushadi (159-A-rasm). Bu quyidagicha boradi, ya’ni arterial qonli chap yurak qorinchasidan aorta o‘ng yoyi chiqqan zahoti undan bir juft nomsiz arteriyalar ajraladi. So‘ngra aorta o‘ng tomonga egilib, umurtqa pog‘onasiga yetgach dum tomonga orqa aorta nomi bilan yo‘naladi va undan ichki organlarga arteriyalar chiqadi. Dumg‘aza bo‘limida orqa aorta yirik-yirik juft son va quymich arteriyalarini hosil qiladi va kichikroq dum arteriyasi shaklida davom etadi. Nomsiz arteriyalar bo‘yinning yon tomonlariga yetgach, umumiy uyqu, o‘mrov osti va ko‘krak arteriyalariga bo‘linadi. Yurakning o‘ng qorinchasidan umumiy o‘pka arteriyasining tomiri chiqib, chap va o‘ng o‘pkalarga venoz qon olib boruvchi ikkita o‘pka arteriyalariga tarmoqlanadi.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling