Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib , ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siqchalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil bo‘ladi. - Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib , ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siqchalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil bo‘ladi.
- Parlarning tiplari: 1-rul (dum) pari, 2-qoquvchi par, 3-qoplovchi par, 4-ipsimon par, 5- cho‘tkasimon par, 6- patli par.
Qushlar boshini 1800 dan, 2700 gacha (yapaloq qushlar) aylantira oladi. Suyaklari juda yupqa, voyaga yetgan qushlarda bosh suyaklari orasidagi egatlar deyarli yo‘q. Qushlarning bosh skeletidagi muhim xususiyat knetizmning mavjudligidir (2-rasm). Kinetizm, ya’ni yuqorigi jag‘ning boshga nisbatan harakatchan joylashuvi tumshuqning xilma-xil harakatlarni amalga oshirishiga qulaylik yaratadi. Qushlarda shakllangan streptognatizm ularning katta oziqa bo‘lagini ushlashi va yutishini yengillashtiradi. - Qushlar boshini 1800 dan, 2700 gacha (yapaloq qushlar) aylantira oladi. Suyaklari juda yupqa, voyaga yetgan qushlarda bosh suyaklari orasidagi egatlar deyarli yo‘q. Qushlarning bosh skeletidagi muhim xususiyat knetizmning mavjudligidir (2-rasm). Kinetizm, ya’ni yuqorigi jag‘ning boshga nisbatan harakatchan joylashuvi tumshuqning xilma-xil harakatlarni amalga oshirishiga qulaylik yaratadi. Qushlarda shakllangan streptognatizm ularning katta oziqa bo‘lagini ushlashi va yutishini yengillashtiradi.
- Quzg‘unning bosh skeletidagi kinetizm mexanizmining sxemasi. Aylanalar bilan harakatchan bo‘g‘imlar ko‘rsatilgan: 1 - ustki tumshuqning bukilish zonasi, 2 - ustki tumshuqning tanglay apparati bilan birikishi, 3 - jag‘ bo‘g‘imi, 4 - kvadrat-bosh suyagi bo‘g‘imi.
- Qushlarning oshqozoni ikki bo‘limdan, ya’ni bezli oshqozon va muskulli oshqozondan iborat. Bezli oshqozondan ovqat hazm qilish shiralari ajralib chiqib, bu yerda oziq ayrim kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi. Oshqozonning ikkinchi muskulli bo‘limi devorlarida kuchli muskullar rivojlangan. Kaptarda va boshqa donxo‘r qushlarda bu bo‘limning ichki yuzasi burmali muguz qoplamaga ega. Oshqozon muskul devorlarini qisqartirib qushlar yutgan toshlar va boshqa qattiq jismlarni harakatga keltiradi. Natijada oziq toshlarga va muguzli oshqozon devoriga ishqalanib yumshoq bo‘tqaga aylanadi va bunday ovqat 12-barmoqli ichakka o‘tadi. 12-barmoqli ichakka oshqozon osti bezi birlashgan bo‘ladi. Oshqozon osti bezi va jigar ajratadigan o‘t suyuqligi 12 – barmoqli ichakka tushadi, natijada oziq bu suyuqlik ta’siriga uchrab, bir necha halqali uzun ingichka ichakka va undan qisqa orqa ichakka o‘tadi. Orqa ichak nisbatan kalta, u yo‘g‘on va to‘g‘ri ichaklarga aniq ajralmagan. Ko‘pgina qushlarda ingichka ichak bilan yo‘g‘on ichak qo‘shiladigan joyda bir juft ko‘r o‘simta, ya’ni ko‘richak bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar kabi, qushlarda ham to‘g‘ri ichak kloakaga ochiladi. Kloakaga siydik yo‘li va ko‘payish organlarining yo‘li ham ochiladi. Qushlarda har xil ovqatlarni hazm qilishi turli vaqtda kechadi.
- Kaptarning hazm qilish sistemasi: 1- qizilo‘ngach; 2-qalqonsimon bez; 3-bezli oshqozon: 4-jigar; 5-muskulli oshqozon; 6-o‘n ikki barmoqli ichak. 7- oshqozon osti bezi; 8- o‘t yo‘li; 9- ingichka ichak, 10- to‘g‘ri ichak, 11- ko‘richak 12- taloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |