1-мa’ruza mavzu: Paxta tozalash mashinasоzligi ishlab chiqarishni tashkil etishning ayrim xususiyatlari Reja


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1053115
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza (2)




1-МA’RUZA 
Mavzu: Paxta tozalash mashinasоzligi ishlab chiqarishni tashkil etishning ayrim 
xususiyatlari 
Reja: 
1. Paxta sanoati mashinasоzligining tarixi, bugungi kundagi ahvoli va istiqbollari. 
2. Paxta tоzalash mashinasоzligi ishlab chiqarishini tashkil etishini ayrim xususiyatlari. 
 
Tayanch so’z va iboralar: paxta, chigit, momiq, tolali chiqindilar, tola, paxta 
tozalash, jinlash, linterlash, arra, kolosnik, texnologik mashina to‘qimachilik 
mashinalari. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G.I. Mirоshnichenkо, Paxtani dastlabki ishlash mashinalarini lоyihalash asоslari, 
M. 1972. 
2. А.Q.Usmonqulov “Mashinalarni loyihalash asoslari” fanidan ma’ruzalar kursi. 
Toshkent ТТYeSI, 2009 y 172 bеt. 
3. 
www.sifat.uz
 
4. 
www.paxta.uz
 
 
Asosiy ma’lumotlar 
Paxta sanoati mashinasоzligining tarixi, bugungi kundagi ahvoli va istiqbollari. 
Paxta tozalash sanoati, asosan paxta tolasini chigitdan ajratib, jami 5 turdagi 
maxsulotni ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Bu maxsulotlar quyidagilardir: 
1. Paxta tolasi; 
2. Momiq (lint); 
3. Urug‘lik chigit; 
4. Texnikaviy chigit; 
5. Tolali chiqindilar. 
 



Paxta tozalash korxonasida chigitli paxtadan ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
Inson paxta o‘simligini ekib, undan foydalana boshlaganiga 5 ming yildan oshgan. 
Arxiologik qazilmalarning guvohlik berishiga ko‘ra eramizdan 3 ming yil avval 
Hindiston xududida paxta ekilgan va uning tolasidan mato to‘qilgan. Dastlab paxtaga 
ishlov berish, uning chigitini ajratish, ip qilib yigirish, mato to‘qish, undan kiyim tikish 
jarayonlari qo‘lda bajarilgan. Paxta tolasini chigitdan ajrituvchi eng dastlabki uskuna 
charka, deb atalib u eramizdan avvalgi 2-3 asrlarda Hindistonda yaratilgan. Bizda u 
“chig‘iriq” deb ataluvchi va hozirgi kunda ham qishloq joylarda xonadonlarda va 
muzeylarda uchrab turadigan uskuna o‘sha “charka”ning ajdodi hisoblanadi. 1-rasmda 
charka va undan foydalanayotgan odam aks etgan bo‘lib, bu rasm tarixiy manbalar 
asosida yaratilgan. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, paxtani dastlabki ishlash 
mashinalari va mashinasozligi tarixi eramizdan avvalgi 2-3 asrlarga to‘g‘ri keladi, desak 
yanglishmagan bo‘lamiz. 
Charka yog‘ochdan tayyorlangan bo‘lib, 2 ta biri-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda 
aylanadigan g‘o‘lalardan iborat. Uning ishlash prinsipi oddiy: pastki g‘o‘la paxta 
tolasini o‘zi bilan ilashtirib uskunaning ikkinchi tomoniga olib o‘tadi. Yuqorida 
joylashgan g‘o‘la esa oradagi tirqish kichik bo‘lgani uchun chigitni to‘xtatib qoladi va 
o‘zi bilan birga aylantirib, tolasidan ajralishiga yordam qiladi. Natijada tola chigitdan 
ajraladi – jinlash jarayoni sodir bo‘ladi. Charka va chig‘iriq hozirgi kundagi valikli jin 
mashinalarining ajdodi hisoblanadi va ulardagi asosiy ishchi organ – valik (g‘o‘la) 
zamonaviy mashinada ham saqlab qolingan. Bu xildagi mashinalarning eng katta 
Chigitli 
paxta 
100% 
Tola 
Lint 
Chigit 
Tolali 
chiqindi 
32-34% 
1-8% 
56-60% 
1-3% 



kamchiligi – mehnat unumdorligining pastligi bo‘lib, bu kamchilik ularning ishlatilish 
miqyosini cheklab qo‘ydi va ular asosan ingichka tolali paxta uchun ishlatilmoqda. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling