Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Qahrabo, elektrlangan, elektron, elektr suyuqligi, elektr zaryadlari, musbat zaryad, manfiy zaryad, o’tgazgichlar, dielektriklar va yarim o’tgazgichlar haqida tushuncha, elektroskop va elektrometr tushunchasi, nuqtaviy zaryad, buralma tarozi, o’zaro tasirlashuv, elektr maydoni. Asosiy savollarga oid muammolar:
Musbat va manfiy zaryadlarni hosil bo’lishini bilish;
Elektr ta’sir kuchini mexanikadagi ta’sir kuchidan farqini bilish;
1. Kirish. Elektr va magnetizm fanining maqsad va vazifalari.
«Elektr va magnetizm» fani maqsadi tabiatdagi elektr va magnetizm hodisalarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o’rganishdan iborat, shuningdek umumiy fizika kursining keyingi bo’limlari-optika, atom fizikasi va nazariy fizikaning elektrodinamika qismini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu fandan olingan bilimlar va ko’nikmalar, «Radioelektronika asoslari», elektrodinamika fanlarini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish uchun, hamda fizika fanini bir qator maxsus kurslarini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi. Fanni o’rganishdagi asosiy vazifalar ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. SHuningdek, o’qitishning interaktiv uslublari va vositalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |