1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
Ma’naviy-ijodiy metodlar
Inson ma’naviyatining shakllanishi juda murakkab jarayon. Insonning ma’naviy sifatlarini shakllantirshda oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol’ o’ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularni olqishlari bolani mustaqilfikrlashga va mustaqilish boshlashga ishonchini uyg’otadi. Ustozlar, ota-onalar boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va ularni to’g’ri yo’naltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi yoshlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Sen o’zing uddalay olasan, bunga qurbing etadi, deb ishontirish va bu ishonchni “Ma’naviy-ijodiy metod” orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch bosqichda amalga oshiriladi: a) o’quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish; b) o’quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holdamasala qo’yish, hamda ularga suyanib masalalarni tahlil qilish; v) o’rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqilfikr yuritib xulosa olishga erishish. Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini tushunadilar. Faqatbuning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iqtidorini anglay bilishi kerak. Ilm olish, odatiylik, aqlni peshlash, o’z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo’lish kabi fazilatlarga faqatmehnat qilish va bilim olish, o’qib-o’rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
Ma’ruza davomida informaciyani og’zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida diqqatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari, argumentlash, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshqalardan foydalaniladi. ^ Suhbat metodi: Og’zaki bayon qilishning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng ko’p qo’llaniladigan samarali usullardan biridir. Ko’pincha bu usul savol-javob usuli hamdeb yuritiladi. Dars berish jarayonida o’tilayotgan mavzu yuzasidan kirish asosiy va yakunlovchi qismlarda suhbat, savol-javob metodi qo’llaniladi. Suhbat metodida atroflicha o’ylangan savollar yordamida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi suhbatni ko’zda tutib, u o’quvchini faktlar tizimini yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o’zlashtirishga olib keladi. Ta’limning ko’rgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bo’linadi. ^ 1. Illyustraciya metodi: – plakat, xarita, doskadagi rasm, olimlarning portretlari, suratlar va boshqalarni ko’rsatishni ko’zda tutadi. 2. Namoyish qilish metodi – asboblar, tajribalar, texnik qurilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog’liq. Namoyish qilish metodiga bog’liq kinofilmlar va diafilmlar ham kiradi. Ta’limning amaliy metodlari: yozma mashqlar, ona tili va chet tili, matematika va boshqa fanlar bo’yicha topshiriqlarni bajarish mashqlari kiradi. Xuddi shuningdek, laboratoriya tajribalari, ustaxonalarda, o’quv-ishlab chiqarish cexlari, o’quvchilar brigadalarida mehnat topshiriqlarini bajarishlari hamta’limning amaliy metodidir. Ta’lim vositalari: ta’lim maqsadini amalga oshirish yo’lida xizmat qildirayotgan metodlarni muvaffaqiyatli chiqishida ishlatiladigan o’quv asboblaridir. Ular issiqlik sig’imini o’lchash asbobi, komp’yuterlar,EHMlar, logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil o’quv asboblaridan tashkil topadi. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling