1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Download 2.43 Mb.
bet135/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ushbu metodning maqsadi, rejalashtirilgan vaqtda ta’lim oluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatini qat’iy belgilash va qayd etib borish, amalda bo‘lgan DTS talablari bilan taqqoslashdan iborat bo‘lib uning vazifalari axborot almashish, bashorat qilish, nazorat qilish, baholash, o‘zgartirishlar kiritish; tashhisli-loyihali bashorat qilishdan iborat. Bu o‘rinda mazkur vazifalar ikki tomonlama xarakter kasb etadi, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi faoliyatlarida bir xilda ahamiyatga ega. Shu jihatdan olib qaralganda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan mavzu – ta’lim jarayonini tashhis qilish - pedagogika fanining muhim bo‘limi sifatida ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagog xodimlarning kasbiy tayyorgarliklarini ularning, bilim, ko‘nikma malaka va metodlarini, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajasini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va kelgusi faoliyatlarini loyihalash yuzasidan aniq tavsiyalar berishdan iborat.


2.Tashhis. Pedagogik tashhis.
Pedagogik tashhis ob’ekti va sub’ekti.
Bir qator metodlar, vosita va usullar yordamida kuzatilayotgan yoki o‘rganilayotgan ob’ektni holati to‘g‘risida olingan axborotlar jarayoni tashhis deyiladi. Tashhisli axborot o‘zida ob’ektning holati, belgilangan me’yorga to‘g‘ri kelishi, uni harakatlarini, rivojlanishi tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ma’lumotlar jarayonga uni tormozlash yoki tezlashtirish, takomillashtirish yoki korreksiyalash, yangilash yoki tuzatish maqsadida asosli aralashish imkonini beradi.
Pedagogik jarayonda tashhis bir marotaba yoki har zamonda qo‘llaniladigan usul emas, chunki u doimiy ravishda insoniyatni o‘zaro bog‘liqlikda, faoliyatidagi muomala munosabatlaridagi, o‘zlashtirish, ijodidagi organizmni rivojlanishi, shaxs xususiyatlarini shakllanishida, ta’sir etishidagi jonli xujayra sifatida namoyon bo‘ladi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling