1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Download 2.43 Mb.
bet131/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Muammoli izlanish metodlari.
Muammoli izlanish turidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta’lim metodidir. Bu metodlar asosida o‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri quyidagicha umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati
turli topshiriqlar asosida -muammoli holatda ishtirok
muammoli holat yaratish; etish va muammoni qabul qilish;
muammoni hal etishga oid
farazlarni aytishni taklif etish; -farazlarni aytish;
farazlardan mosini muammoni -tanlangan farazni muammoni
bajarishga tatbiq etish; so‘rash bajarilishiga tatbiq etish;
xulosalar chiqarishga ko‘maklashish; -xulosalar chiqarish;
chiqarilgan xulosalarni
amaliyotga tatbiq etish yo‘lla- -xulosalarni amaliyotga tat-
rini ko‘rsatish; biq etish;
Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo‘llanilmaydi. Muammolarni qo‘yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. SHuningdek, ma’ruza o‘qib turgan paytda turli o‘quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko‘rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperemental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko‘ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.
Muammoli hikoya-o‘rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo‘yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo‘lidir.
Muammoli ma’ruza-ma’ruzadan oldin o‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma’ruza oxirida o‘quvchilar oldiga muammolar qo‘yish yo‘li bilan ta’lim maqsadiga erishishdir. O‘quv materialining asosiy qismini ma’ruza vositasida, nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo‘yish yo‘li bilan ham o‘rgansa bo‘ladi.
Keyingi paytlarda maktablarda muammoli amaliy ishlar, masalan, optikadan laboratoriya ishi, ilmiy tadqiqot ishlari (tarixiy materiallarni tasnif etish, u yoki bu geografik tumanga tabiiy va iqtisodiy geografiya nuqtai nazaridan tasnif yozish) keng o‘rin olmoqsa. Bular bolalarbop eksperemental (sinov) tadqiqot metodlaridir. Ko‘rinadiki, muammoli-izlanish metodlari bilimlarni og‘zaki bayon etish, ko‘rgazmali metodlar bilan birga qo‘shib olib borilganda o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.
Mustaqil ishlash metodlari
Mustaqil ishlar ta’limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o‘tkaziladigan, o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intelektual va amaliy topshiriqlardir.Hozirgi paytda mustaqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.
Darslikdagi qoidalar va ta’riflar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi qoida va ta’rifni o‘qish va ularga oid omillarni ajratish; o‘qituvchi bergan, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra to‘plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarshy; darslikning ayrim betlarini tanlab o‘qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo‘lllari to‘g‘risida qisqacha xisobot tayyorlash; qoida, ta’riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga izoh yozish; darslik, o‘quv qo‘llanmalarni va qo‘shimcha adabiyotlardan o‘rganilgan mavzu doirasida omil to‘plash; ma’ruza, hikoya, suhbat paytida o‘qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta’rif aniqliklariga chog‘ishtirish.
Darslikdagi amaliy materiallar ustida mustaqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diogramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasiii tuzish.
Mashg‘ulotlarda turli mustaqil ishlarni bajarish bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. Mustaqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o‘quvchilarni mustaqil ishlashga tayyorlash; mustaqil ishlarning tushunarli bo‘lishi; mustaqil ish uchun etarli vaqt ajratish; mustaqil ish natijasini tekshirish.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling