Metodning maqsadi
Download 61.99 Kb.
|
Doc1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodning maqsadi
“SWOT-tahlili” metodi S-(strenght) !kuchli tomonlari Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. !to’siqlar T-(threat) !imkoniyatlari O-(opportunity) W-(weakness) !zaif,kuchsiz tomonlari Namuna: Power point 2016 dasturining SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushuring.
“Tushunchalar” metodi Metodning maqsadi: mazkur metod o‘quvchilar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi: ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi; o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda); o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar; belgilangan vaqt yakuniga etgach o‘qituvchi berilgan tushunchalarning to‘g‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi; har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi. Namuna: “Power Point tayanch tushunchalar tahlili”
“Брифинг” metodi “Brifing”- (ing. briefing-qisqa) biror-bir masala yoki savolning muhokamasiga bag‘ishlangan qisqa press-konferensiya. O‘tkazish bosqichlari: 1. Taqdimot qismi. 2. Muhokama jarayoni (savol-javoblar asosida). Brifinglardan trening yakunlarini tahlil qilishda foydalanish mumkin. SHuningdek, amaliy o‘yinlarning bir shakli sifatida qatnashchilar bilan birga dolzarb mavzu yoki muammo muhokamasiga bag‘ishlangan brifinglar tashkil etish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilar yoki tinglovchilar tomonidan yaratilgan mobil ilovalarning taqdimotini o‘tkazishda ham foydalanish mumkin. “Klaster” metodi Klaster texnologiyasini individual va guruhda ishlaganda qo‘llash mumkin. Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas. 1. Katta o‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning o‘rtasiga ochqich so‘z yoziladi. 2. O‘quvchilar xayoliga kelgan ushbu so‘z bilan bog‘liq so‘z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar. 3. Yangi g‘oyalar paydo bo‘lishi bilan xayoliga kelgan so‘zlarni ham darhol yozib qo‘yishadi. 4. So‘larni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. Klasterlar texnologiyasini foydalanish uchun bir qator qoidalarga rioya qilish zarur: 1. Hayolga kelgan hamma narsani fikrlarning sifatiga e’tibor bermasdan yozib borishi. 2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik. 3. Vaqt tugaguncha, iloji boricha to‘xtamasdan yozish. 4. Imkon darajasida ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik. “FSMU” texnologiyasi “FSMU”– (fikr, sabab, misol, umumlashtirish) metodi munozarali masalalarni hal etish hamda o‘quv jarayonining bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash, o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Bu metod yangi mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, o‘zlashtirish, umumlashtirish, talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini yozma shaklda, dalil va isbotlar bilan ifodalashga undaydi. Savol: MS PowerPoint 2013 va Power Point 2019 amaliy dasturlarining asosiy farqlari?
“T-sxema” ko’rinishidagi vazifa Agar ular yozilgan fikrga qo‘shilsalar, birinchi ustunda “+“ aks holda uchinchi ustunda “-“ belgisini qo‘yadilar.
“Insert” metodi Download 61.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling