Tayanch tushunchalar: korreksiya, korreksiyalash, faoliyat, korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalsh bosqichlari, korreksiyalash shartlari. Korreksion faoliyat mazmuni


Download 1.81 Mb.
bet1/5
Sana22.02.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1220277
  1   2   3   4   5
Bog'liq
korreksion pedagogika strategiyalarni modellarini tuzish

Korreksion pedagogika strategiyalarni modellarini tuzish Reja 1. Koreksion faoliyat(korreksiyalash) mazmuni. 2. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari. 3. Fanlarning o’zlashtira olmaslik va uni pedagogik tuzatish bosqichlari 4. Fanlarni o’zlashtira olmaslikni korreksiyalsh. .


Tayanch tushunchalar:
korreksiya, korreksiyalash, faoliyat, korreksion faoliyat, tamoyil, korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalsh bosqichlari, korreksiyalash shartlari.
1. Korreksion faoliyat mazmuni. To’liq holda korreksion faoliyatning mohiyati “Korreksion pedagogika”(Maxsus pedagogika) fani negizida ochib berilgan. “Korreksion pedagogika”(Maxsus pedagogika) pedagogik turkum fanlar orasida alohida o’rin tutadi. “Korreksion pedagogika”(Maxsus pedagogika)-rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o’rganuvchi fan.
Korreksiyon pedagogika”(Maxsus pedagogika)-rivojlanishda yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, imkoniyatlari cheklangan bolalarni rivojlantirish jarayonini boshqarishni o’rganuvchi fan. Ushbu fan jismoniy va aqliy rivojlanishda orqada qolgan bolalarni parvarishlash, ularga individual ta’lim berish, tarbiyalsh orqali ularni rivojlantirish masalalarini o’rgatadi.
 Maxsus pedagogikning muhim sohalari
Muhim sohalar
Surdopedagogika va surdopsixologiya
(eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni
rivojlantirisho‘qitish va tarbiyalashni
o‘rganadi)
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya 
(ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va 
rivojlantirishni o‘rganadi)
Oligofrenopedagogika va 
oligofrenopsixologiya (aqli zaif bolalarni o‘qitish, tarbiyalash 
va rivojlantirishni o‘rganadi)
Logopediya va nutqiy buzilishlar
psixologiyasi(nutqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash 
va rivojlantirishni o‘rganadi)
Maxsus pedagogika va maxsus psixologiya (tayanch-harakat apparatning murakkab nuqsonlarini o‘rganadi)
Maxsus pedagogika uzoq yillar davomida pedagogika oliy ta’lim muassasalarining “Defektologiya” (yunoncha”defectus”-nuqson, kamchilik, “logos” fan, ta’limot) fakultetlarida o’qitilib kelingan. Zamonaviy sharoitda “Maxsus pedagogika” fani “Inkyuziv ta’lim” degan nom bilan ham atalmoqda. Inklyuziv ta’lim(ing.”inclision”-o’z ichigs olish, kiritish, uyg’unlashtirish) davlat siyosati bo’lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli(tarbiyasi og’ir, yetim bolalar, turli xil kasalliklarga chalingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus yordamga muhtoj bolalarni sog’lom tengdoshlari bilan birga umumta’lim muassasalarida o’qitish va tarbiyalashni ko’zda tutadi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling