Shunga ko‘ra pedagogikada tashhisning obyekti bo‘lib nafaqat ijtimoiy muhit, yaxlit pedagogik jarayon hisoblanadi, balki shuningdek, ushbu jarayonning asosini tashkil etuvchilari ham unga ob’ekt hisoblanadi. Pedagog bolalarning yosh, psixofiziologik o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni ham chuqur bilmog‘i zarur.
Pedagog bolalarni turmush tarzi, o‘zlashtirishi va xulq-atvori, qiziqishi, qobiliyati, turli faoliyatlari, psixik xususiyatlari, oilaviy holati va boshqa sifatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat holati va ushbu jamoaning uyushganligi va uni keyingi taraqqiyoti to‘g‘risida malumotlarni egallashga va u o‘z navbatida shaxsni har tomonlama rivojlanishi imkoniyatini berishga ishonch hosil qilish haqidagi ma’lumotlarni ham beradi.
Tashhisli o‘rganishning mustaqil ob’ekti sifatida o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi va o‘qitish natijalari va axloqiy muxit holati, jamoada bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning aqliy rivojlanishi, tanqidiy fikrlash darajasi ham hisoblanadi. Pedagogik tashhis ob’ekti sifatida o‘quvchi faoliyati, uning erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, ularni ob’ektiv va sub’ektiv sabablari o‘rganiladi. Pedagog faoliyatining o‘ziga xos tomonlari ijodkorligi, mustaqil xulosa chiqara olishi, ishbilarmonligi, boshqaruv faoliyatining o‘ziga xos tomonlari o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatidagi o‘zaro munosabatlar ham hisobga olinadi. Shuningdek, tashhis ob’ekti bo‘lib yaxlit pedagogik jarayon ham hisoblanadi. O‘qituvchi tomonidan ta’lim va tarbiyaning barcha asosiy mexanizimlari samarali ishlayotganini, ota-onalar jamoatchiligi va ijtimoiy muhitning ta’sir jarayonini ham tahlil, ham tashhis etishi juda muhimdir.
Tashhis jarayonining sub’ekti bo‘lib, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan sotsiolog, tibbiyot xodimlari, psixologlari, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonining bevosita ishtiroklari ham hisoblanadi.
Pedagogik tashhis funksiyalari ichida birinchi o‘ringa strategik-axborotli, taktik-korreksion va bashoratli funksiyalar ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |