Muqobil yo’l sifatida ularning barchasini yagona "Huquq ijodkorligi" deb nomlanuvchi mavzuga birlashtirilishini taklif etdi


Download 9.96 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi9.96 Kb.
#1401680

3-kazus
Davlat va huquq nazaqriyasi moduli bo’yicha dars mashg’ulotlari davomida talaba Sobirov “Norma ijodkorligi” , “Qonunchilik texnikasi” va “Yuridik texnika” modularining predmet va metodlari o’zaro bir biriga yaqin hisoblanishini, shu sababli bu modullarni fanlar majmuyi sifatida Davlat va huquq nazariyasi moduli doirasida o’tilishi masadga muvofiq ekanligini bildirib o’tdi.
Muqobil yo’l sifatida ularning barchasini yagona “Huquq ijodkorligi” deb nomlanuvchi mavzuga birlashtirilishini taklif etdi. Biroq talaba Shodiyeva Sobirovning fikriga qo’shilmasligini, Yevropa va AQSH mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalarida “Legal writing” , “Academic writing” modullari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida esa asosan “Norma ijodkorligi” hamda “Yuridik texnika” modullaridan dars mashg’ulotlari olib borilishini tushuntirib berdi.
Norma ijodkorligi”, “Qonun ijodkorligi” va “Yuridik texnika” modullari predmetlarini tahlil eting. Ularning Davlat va huquq nazariyasi bilan bog’liqligini amaliy misollar bilan tushuntirib bering.
Huquq ijodkorligi – bu, eng avvalo, vakolatli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish, ularga o’zgartirish kiritish yoki ularni bekor qilishga qaratilgan faoliyati. O’z navbatida huquq ijodkorligi “Noma ijodkorligini” o’z ichiga oladi. Norma ijodkorligining predmeti xalq xohish-irodasini aks ettirgan umummajburiy xulq-atvor qoidalarini yaratish hisoblanadi. O’z navbatida, ushbu faoliyat davlat va jamiyat qurilishining konstitutsiyaviy asoslariga tayanib, ma’lum bir prinsiplarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi zarur. Ular qatorida ilmiylik, professionalizm, qonuniylik, demokratizm, oshkoralik va tezkorlik kabilarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Huquq ijodkorligi faoliyatida nafaqat yangi huquqiy normalar o’rnatish, balki ilgari chiqarilgan normativ-huquqiy qoidalarni o’zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normani o’rnatish yoki ma’qullash orqali huquqni qo’llash va huquqni qo’riqlashdek serqirra, murakkab jarayonlarga turki beradi. Huquq ijodkorli tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy hujjatlarida aks ettiriladi1
Qonun ijodkorligi haqida so’z borar ekan, uni qanday maqsadlarga yo’naltirilganligini bilib olishimiz zarur hisoblanadi. Qonun ijodkorligi vakolatli davlat organining qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishga qaratilgan, aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Mazkur faoliyat ijodiy jarayo bo’lib, bunda xalqning irodasi aniqlanadi, shakllantiriladi va belgilangan tartibda qonun darajasiga ko’tariladi. Qonun va qonun chiqarish bilan bog’liq faoliyat jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida muhim o’rin tutgan2.
Sh.Sadullayevning fikricha: qonunlarning eng asosiy ijtimoiy vazifasi – jamiyatda tartib, intizom va barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Aynan qonun ijodkorligiga misol keltiradigan bo’lsak, qonun chiqaruvchi hokimyat organi ya’ni Oliy majlis qonunchilik palatasini oladigan bo’lsak, ushbu organ o’z faoliyatidan kelib chiqib qonunni qabul qilish, uni o’zgartirish yoki qo’shimchalar kiritradi, Aynan ushbu yo’l orqali qonun ijodkorligini namoyon etadi. Shuningdek O’zbekiston Rewspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2015-yil 23-yanvardagi qo’shma majlisida asosiy e’tibor qonun ijodkorligi va qonunchilik faoliyatining sifat-samaradorligini oshirishga qaratilgan edi.
Yuridik texnikaga to’xtaladigan bo’lsak, yuridik texnika – bu vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiylashtirish, amaldagilariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish , eskiklarni bekor qilishda hamda individual yuridik hujjatlar, ya’ni huquqni qo’llash hujjatlarni qabul qilish jarayonida foydalanadigan uslublar, usullar, yo’llar va vositalar, shuningdek amaliy ko’nikmalar majmuidan iborat. Aynan yuridik texnikaning predmeti – normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilishda qator amal qilishda qator talablarga amal qilishi va bunday talablar yuridik texnikani qoidalarini qo’llashda namoyon bo’ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, respublikamizning barcha hududida chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni shakli, mazmuni, erkinligi, shaffofligi bilan bog’liq masalalar yuridik texnika bilan amalga oshiriladi1.
Xulosa o’rnida shu e’tirof etish kerakki, Huquq ijodkorligi faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra davlat irodasini ifodalash va rasmiylashtirish bilan bog’liq. Davlat tashkil kuch bo’lsa, huquq yuridik qoida shakliga kirgan irodadir. Huquq ijodkorligi faqat qonun loyihasi yoki huquqiy qarorni ko’rib chiqish va qabul qilish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon davlat organlarining amaldagi huquqiy hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish, eskir gan yuridik normalarni bekor qilish va mavjud normativ hujjatlarni bir tizimga solishga qaratilgan faoliyatini o’z ichiga oladi.



1 X.T Odilqoriyev Davlat va huquq nazariyasi. Darslik – Toshkent “Adolat” 2021. 211-bet

2 Sh.A. Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU, 2022. 154-155-betlar

1 Sh.A. Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: darslik. – Toshkent: TDYU, 2022, 162-163-betlar

Download 9.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling