1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Tashhis va nazorat qilishning mantiqiy izchilligi


Download 2.43 Mb.
bet53/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

6. Tashhis va nazorat qilishning mantiqiy izchilligi.
O‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini tashhislash, nazorat qilish, tekshirish va baholash ularni o‘rganish qaysi sitsemalilik va izchillikda o‘rganilgan bo‘lsa, xuddi shunday mantiqiy izchillikda amalga oshirilishi kerak.
Tekshirish tizimida birinchi zveno o‘quvchi bilim darajasini dastlabki aniqlash, o‘rganishdan iborat. Odatda bunday tekshirishdan kutilgan maqsad o‘quvchi bilim va ko‘nikmalarida mavjud xatolarni aniqlash va keyingi bilim bosqichiga tayyorlashdan iborat. Ikkinchi zveno bu har bir mavzuni o‘rganish jarayonidagi joriy tekshirishdan iborat. Ushbu tekshirishni har bir darsda amalga oshirib borilsada, lekin o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturidagi ayrim elementlarni o‘zlashtirishni tashhis qilish imkoniyatini beradi. Joriy tekshirishning bosh vazifasi o‘rgatuvchi xarakterga ega. Bunday teshirishning shakl va metodlari materiallarni mazmuni, uning murakkablik darajasi, o‘rgatuvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasi o‘qitishning daraja yoki maqsadi aniq shart-sharoitlarga turlicha bo‘lishi mumkin. Uchunchi zvenoning o‘ziga xosligi bilim, ko‘nikmalarni qayta tekshirishdan iborat. YAngi materiallarni o‘rgana borib o‘quvchilar oldingi materiallarni takrorlaydilar. Qayta tekshirish bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, lekin o‘quv jarayoni dinamikasini xarakterlash, o‘zlashtirishni mustahkamlash darajasini tashhis qilish imkoniyatini bermaydi. Tizimda to‘rtinchi zveno o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini butun bir bo‘lim yoki o‘rganilayotgan kursni katta mavzulari bo‘yicha davriy tekshirishdan iborat. Bunday tekshirishning maqsadi - o‘quv materialini tuzilishi elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tashhis etishdan iborat. Ushbu davriy tekshirishning vazifasi - sitsemalashtirish va umumlashtirishdan iborat. Ushbu davriy tekshirishning vazifasi sitsemalashtirish va umumlashtirishdan iborat.
Beshinchi zvenoning tekshirishni tashkil qilishdan maqsadi - butun didaktik jarayonni barcha bosqichlarida o‘qituvchilarning egallagan bilim qo‘nikmalarini yaxlit tarzda tekshirishdan iborat. O‘zlashtirish bo‘yicha yakuniy hisob-kitob har bir chorak oxirida va o‘quv yili yakunida o‘tkaziladi. Ushbu tekshirish olingan natijalarni o‘quv yili davomida olgan bilim, ko‘nikmalarni sifatini qo‘yilgan maqsadga erishganlik nuqtai nazardan tashhis qilish kerak.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling