№1-ma'ruza: mavzusi: suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Reja
) suv resurslarining cheklanganligi va o‘ta notekis tarqalganligi
Download 35.66 Kb.
|
Suv resurslari. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Gidrotexnika -hozir.org
1) suv resurslarining cheklanganligi va o‘ta notekis tarqalganligi;1) suv resurslarining cheklanganligi va o‘ta notekis tarqalganligi;2) suv resurslari cheklangan sharoitda suvga bo‘lgan talabning tobora, ortib borishi, suv ta’minotining yomonlashuvi;3) suv resurslariga bo‘layotgan tabiiy va sun’iy ta’sirlar ostida suvga bo‘lgan ehtiyoj tufayli qarama-qarshilikning ortib borishi;4) mintaqamizdagi yangi ekalogik va iqtisodiy-siyosiy sharoitda suvdan foydalanish bilan bog‘liq masalalarda keskinlikning ortib borishi.Bu holat nafaqat respublikamizdagi suvdan foydalanuvchilar bilan, balki qo‘shni davlatlar orasidagi suv bilan bog‘liq munosabatlarda o‘z aksini topmoqda. Chegaralangan suv resurslaridan foydalanish holatining tahlili va uning kelajagi shuni ko‘rsatib turibdiki, kelgusida suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarishning oqilona yo‘llarini qidirib topish eng dolzarb muammo bo‘lib qoladi. Bugungi kunda respublikamizda mavjud suv resurslarining deyarli 90 foizi dehqonchilik maqsadlarida, 4,1 foizi kommunal-maishiy sohasida, 2,2 foizi sanoatda, 1,7 foizi baliqchilikda, 1,6 foizi qishloqlar suv ta’minoti uchun ishlatiladi.Barcha sohalarda bo‘lgani kabi mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘lidagi islohotlarni chuqurlashtirishga katta e’tibor qaratilayotganligi ayni muddaodir. Lekin, maqsadga to‘la erishish yo‘lida jamoatchilik, eng avvalo suv resurslari bilan faoliyati bevosita bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar va barcha iste’molchilar suv resurslaridan foydalanishga bo‘lgan o‘z munosabatlarini tubdan o‘zgartirishlari lozim bo‘ladi.4. Gidrotexnika inshootlarining tasnifi, gidrouzellar va gidrotizimlar, ularning ishlash sharoitlari va loyihalashning umumiy masalalari.Maxsus inshootlar, jihozlar va qurilmalar yordamida suv resurslaridan xalq xo‘jaligi ehtiyojlarida foydalanish va suvning zararli ta’sirlariga qarshi kurashishni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan va texnikaning tarmog‘iga gidrotexnika deb ataladi. Bevosita suv xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshiradigan muhandislik inshootlari gidrotexnikaviy yoki gidrotexnika inshootlari deb ataladi. Gidrotexnika inshootlari yordamida har xil suv xo‘jaligi tadbirlari amalga oshiriladi, suv sathi va suv sarfi rostlanadi, uni manbadan ma’lum sifatda va istalgan vaqtda kerakli miqdorda olib, zarur joylar (ekin maydonlari, gidroelektrstansiyalar va h.k.)ga yetkazib beriladi, muz va cho‘kindilar va h.k. o‘tkazib yuboriladi. Gidrotexnika inshootlari, odatda, asosiy belgilari: ishonchlilik kategoriyasi (foydalanish sharoitlari va kapitalligi); maqsadli vazifasi; o‘ziga xos belgilari, masalan, konstruksiyasi; joylashgan o‘rni va h.k. ga ko‘ra tasniflanadi. Download 35.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling