(1.1-jadval).
Orol dengizi havzasi yer resurslari (ming.ga) 1.1-jadval
Orol dengizi havzasida mavjud suv resurslari. Havzadagi suv resurslari yer ustidagi va yer ostidagi kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy, shuningdek, antropogen kelib chiqishiga ega qaytar suvlardan iboratdir. Barcha suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tegishli.
Yer usti oqimining shakllanishi. Mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, uning hududini yer usti oqimini uchta asosiy zonaga bo‘linishi hisoblanadi: 1) oqimning shakllanishi zonasi (tog‘li viloyatlarda to‘yinishi viloyati); 2) oqimni o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasi; 3) delta zonasi. Odatda, oqimning shakllanish zonasida sezilarli antropogen o‘zgarishlar yo‘q, biroq yirik to‘g‘onlar va suv omborlari qurilishi tufayli bu zonaning chegarasida daryoning quyida joylashgan (uchastkalari) qismi uchun oqim rejimi keskin o‘zgarib ketadi. Oqimning o‘tkazish (tranzit) va tarqalish zonasida daryolar hamda suv yig‘ish hududi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir xo‘jaligi sanoat va qishloq xo‘jaligi (dalalarni sug‘orish) uchun daryolardan suv olish hamda tuzlar, kimyoviy unsurlar va boshqa suvni ifloslantiruvchilar tarkibida mavjud bo‘lgan oqova suvlarni daryolarga tashlanishi bilan izohlanadi.
Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik sersuv daryosi hisoblanadi. Uning uzunligi daryoning boshi (manbayi) Panj bilan birgalikda 2540 km ni tashkil etadi. Panj ikkinchi irmoq Vaxsh bilan qo‘shilgandan boshlab Amudaryo deb ataladi.O‘rta qismida Amudaryoga uchta yirik o‘ng irmoqlar (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherobod) va bitta chap irmoqga quyiladi. Shundan boshlab to Orol dengizigacha Amudaryo birorta ham irmoqqa ega emas. Daryo to‘yinishi, asosan, qor va muzlarning erigan suvlari hisobiga bo‘lib, shunga ko‘ra eng ko‘p suv sarfi yilning yoz oylari, eng kichik suv sarfi esa yanvar-fevral oylariga to‘g‘ri keladi. Oqimning yil davomida bunday taqsimlanishi daryo suvidan sug‘orish maqsadlari uchun juda katta qulaylik yaratadi. Amudaryo Kerkidan Nukusgacha tekislik bo‘ylab oqib o‘tar ekan, o‘z oqimining katta qismini bug‘lanish, shimilish (filtratsiya) va sug‘orishga sarf qiladi. Loyqaligi bo‘yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda esa oldingi o‘rinlardan birida turadi. Amudaryoning asosiy oqimi Tojikiston hududida shakllanadi, so‘ngra Afg‘oniston bilan O‘zbekistonning chegarasi bo‘ylab oqadi, Turkmanistonni kesib o‘tadi va O‘zbekiston hududida Orol dengiziga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |